O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
1-kurs majmua

Til va tafakkur 
«Tafakkur
-obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol 
in’ikosi jarayoni,insonning fikrlash qobiliyati»(OʻTIL)boʻlib fikrlash jarayonida 
egallagan bilim , koʻnikma va tushunchalarga asoslanadi.Tafakkur inson sezgi 
organlari va hislari yordamida aniqlangan belgilarni idrokda yanada mustah-
kamlabgina qolmay, ularning ichki xusisiyatlarini, qonuniyatlarini, mohiyatini 
anglashga xizmat qiladi.Muayyan mantiqiy bilish
-voqelikni inson ongida haqqoniy 
(adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy roʻl oʻynaydi. «Tafakkur yordami 
bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali biz yakka, konkret 
predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz.Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun 
avvalo u haqda tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha 
hosil qilishda umumiy qonun va tushunchalardan foydalaniladi. Masalan, suv 
molekulasi vodorod va kislorod atomlaridan iborat boʻlgan murakkab kimyoviy 
modda ekanligini bilamiz.Bu oʻrinda «murakkab kimyoviy modda», «vodorod»va 
boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga 
moslashtiramiz.»
Tafakkur va fikrlash jarayoni bilish nazaryasi, psixologiya va nevrofziologiya, 
shuningdek kibernetikada aqliy amaliyotlarni texnik modellashtirish masalalari 
bilan 
boʻgʻliq shakllarda oʻrganiladi.Tafakkur individual (subyektiv) va ijtimoiy 
boʻlishi mumkin.Har bir inson oʻziga xos fikrlash qobiliyatiga ega, lekin u hech 
qachon jamiyat ongi, qoidalari va tafakkuridan ayri holda yashay olmaydi. 
Biz tafakkurning til bilan zich alaqadorligi xususidagi ta’kidni takror va takror 
eslatib oʻtishimiz zarur.Tafakkur til shaklida voqelanadi,tilning oʻzi tafakkur 
hamdir . Aniqki, hech birimiz oʻz fikrlash qobiliyatimizni tilsiz tasavvur
etolmaymiz 

til vositasida biz oʻylaymiz, fikrlaymiz. Biologik nuqtai nazardan 
odam fikrlovchi hay-von, ya’ni tafakkur qobiliyati insonni hayvondan 
ajratadi.Tafakkur esa til, soʻz orqali yuzaga chiqadi. 
Shu bois Mir Alisher: 


Insonni soʻz ayladi judo hayvondin,
Bilkim, 
guhari sharifroq yoʻq ondin.
deb soʻzni shuncha ulugʻlaydilar.
OʻTILda «til»tushunchasiga quyidagi izoh keltiriladi:»Fikr ifodalash va oʻzaro 
aloqa quroli boʻlib xizmat qiladigan tovushlar, soʻzlar va grammatik vositalar 
sistemasi.» Bu ta’rifda tilnin
g komunakativ vazifasiga urgʻu beriladi.Boshqa 
manbalarda esa tilning abstratik, umumlashgan gnoseologik munosabati ham 
e’tiborga olinadi.»YAzik nerazrivno lsvyazan s mishleniem sotsial’nim sredstvom 
xraneniya i peredachi informatsiib odnim iz sredstv u
pravleniya chelovecheskim 
povedeniem(SES) Umuman olganda, til va tafukkur muammosi juda keng 
qamrovli masala hisoblanadi, bu boradi yaratilgan koʻplab tadqiqotlar yorqin 
dalildir. 
Tilsiz tafakkur boʻlmaydi. Biz istagan predmet, voqea yo hodisa haqida t
il 
vositasisiz, hech boʻlmaganda undovlarsiz oʻz fikrimizni , tushunchalarimizni 
ifodalay olmaymiz. Obyektiv voqelik inson ongida aks etar ekan, u soʻzlar orqali 
belgilanadi, soʻzlarda shakllantiriladi va til
-
ong xazinasining boʻlim va 
boʻlimchalarida ist
agan vaqtda osonlikcha topish va foydalanish uchun eng qulay 
tarzda joylashtiriladi, muhrlanadi. Misol uchun yogʻayotgan qorga qarab:Qor 
yogʻyapti yoki Qor singari birikmalar tasavvurimizdan oʻtadi. Demak, til birliklari 
nafaqat « Qor yogʻyapti.» kabi fikrni yetkazish, uzatish uchun, balki uni tafakkurda 
aks ettirish, qabul qilish shakllantirish va xotirada saqlashga xizmat qilmoqda. 
Bizning tafakkurimiz shu darajada til bilan birikib, bir
-biriga singib, omuxtalashib 
ketganki, ularni ajratishga, ya’ni fi
krlash , soʻzlash jarayonlarin, shuningdek ichki 
nutq imkoniyatlarini farqlashga, ularni tildan ajratishga hojat sezilmaydi . 
Insonning goʻdaklik umrining oxirgi kunigacha oladigan ta’limi soʻz va til 
vositasida amalgam oshadi. Shuning uchun olimlar tilning ma’rifiy va ta’limiy – 
inson tafakkuri mahsulining avloddan-
avlodga yetkazish vazifasini alohida 
ajratadilar. Haqiqatdan ham, biz ta’limni tilsiz tasavvur eta olmaymiz. Demak, til 
bilish jarayoning muhim sharti. 


Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, tafakkursiz til ham mavjud emas. Agar 
biz oʻylamay ogʻzimizga kelgan soʻzlarni tizaversak (masalan: gʻadur , gadur, 
bubak, baban v.h), bu biz uchun ham, hech qanday ma’no kasb etmaydi, ya’ni 
muayyan tushunchani , tasavvurni hosil qila olmaydi. Hatto, valdirash, 
alahsirashday tuyiladi, xolos. Demak, bu til ham nutq ham emas! Shuning uchun 
Alisher Navoiy bundan qaryib olti yuz yil muqaddam «Muhokamatul lugʻatayn» 
asarida: «alfoz iborotdin murod ma’nidur»,
-deb tildan ma’no tafakkur ekanligini
qisqa va purma’no darj etgan edilar. Til va tafakkur ajralmas ekanligini oddiygina 
bir misolda koʻrsatish mumkin. Biror tanishingizni ismi esingizdan chiqsa , uni 
atashga qiynalasiz , har xil belgilarni sanaysiz (Zilola
-
oppoq, kulcha yuzli, koʻk 
koftali, tilla si
rgʻasi bor v.h), baribir ismini eslamaguncha aniq ifodalay olmaysiz. 
Yoki aksincha ma’nosini bilmaydigan soʻzni bemalol oʻqiysiz, lekin ma’nosini 
tushunmaysiz. Xuddi shunday bilmagan tilda (xorijiy , notanish tilda) xatni oʻqish 
(yoki nutqni eshitish ham).Siz oʻqiy olasiz ,lekin mutlaqo hech narsani 
tushunmaysiz. Bu til siz uchun na tafakkurga ta’sir etishi, na axborot uzatish, fikr 
bildirish, ilgʻash funksiyasini bajara oladi. Demak, bu notanish til siz uchun til 
ham, tafakkur ham boʻla olmaydi. Mana shuning uchun , oʻzga bir tilni egallash 
boshqa xalqning tafakkur tarzini oʻzlashtirish demakdir.
Til va tafakkurning ajralmasligi , lekin bir narsa emasligi, har bir xalqning 
tafakkur tarzining oʻziga xosligi va bu uning tilida oʻzining yorqin aksini 
topishini
Mir Alisher mazkur asarida turkiy va forsiy tillarning leksikasi va grammatik 
tizimini taqqoslash orqali isbotlab bergan edi. Turkiy til leksik va grammatik 
boyliklarining zamiri sifatida Mir Alisher «turk sortdan tezfahmroq va baland 
idrokro
q va xilqati sofroq va pokroq «lik asosini koʻradi, buni turkiy tilda mavjud 
boʻlib forsiy tilda oʻzining muqobillariga ega boʻlmagan yuzlab soʻzlar va qator 
grammatik shakllarning ma’no va vazifalarini qiyoslash bilan isbotlaydi. Bunndan 
biz til va tafakkur ajralmas boʻlsa
-
da, bir narsa emasligiga qanoat hosil qilamiz.
Xullas, til va tafakkur munosabati oʻzaro dialektik munosabatda boʻlib, 
birgalikda rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Demak, dialektik 
aloqadorlikdagi bu ikki hodisa ajralmas, bir-
birini taqozo etuvchi murakkab 


butunlikdir, shuning uchun ularni oʻrganuvchi fan sohalari ham zich aloqador
lekin bir emas. Tafakkur tarzini mantiq fani, tilni esa tilshunoslik 
(lingvistika)oʻrganadi. Siz bu fanlarning har birini alohida
-
alohida oʻrganasiz.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə