O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
1-kurs majmua

Til ‒
 ramziy tizim
Ramz
tushunchasi keng ma’noli 
boʻlib
, turli ma’nolarda 
qoʻllaniladi
. Olimlar tomo-nidan 
ramz
atamasiga ta’rif berish har xildir Ba’
zi
bir 
olimlar 
ramz
– kim uchundir nimanidir 
(
xususiyat yoki munosabatni 

almashtira 
oluvchi, biror nimaning qulaylik uchun 
oʻrnini
egallovchi narsa deb hisoblasa 
(
masalan, J.Birs
), 
boshqa bir nuqtayi 
nazar
egalari “boshqa bir narsalarni
oʻzining
tabiiy xususiyatlari orqali emas, balki insonlar tomonidan kelishilganlik, qabul 
qilinganlik asosida anglatish uchun yaratilgan mod-diylik” sifatida talqin qiladilar. 
Qomusiy adabiyotlarda esa 
ramz
(
rus 
znak,.ingilizcha
-singe, nem.-Ziechen

tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 
1. 
Ramz
(znak) ‒ 
moddiy 
(
material

qabul qilinadigan narsa bo
ʻ
lib, hissiy bilish 
jarayonida va odamlar orasidagi munosabatda biror bir predmet yoki predmetning 
muayyan xususiyati, munosabatini ifodalash hamda axborot saqlash va uning 
ma’lum bir komponentini 
uzatish
uchun 
xizmat
qiladi. 
2. 
Ramz
(znak)
-boshqa bir predmetning, belgi yoki munosabatning vakili sifatida 
namoyon bo
ʻ
luvchi va axborot 
(
informatsiya, bilim
)
ga ega bo
ʻ
lish, saqlash, qayta 
ish-lash va
uzatish
uchun ishlatiladigan moddiy predmet 
(
hodisa
)».
3. 
Ramz
(znak) 
boshqa bir narsa, voqea hodisa harakatni atash, ifodalash, undan
xabar berishga 
xizmat
etuvchi va bevosita 
kuzatishda
berilgan 
(sezgi
organlariga 
ta’sir etadigan

moddiylik. 
Odatda ramz ishora, belgi va
timsol (simvol) tushunchalariga sinonim tarzida 
ishla-tiladi. Ammo ular orasida ma’lum farqlar mavjud. Belgi asosan predmetning 
ma’lum xususiyati, muhim, ajralib turuvchi sifatida boʻlsa, timsol muayyan bir 
g‘oyaning, ideal hodisaning moddiylashtirilgan 
ifodalanishi, narsaning oʻzi emas, 
balki uni eslatib turuvchi, koʻz oldimizda gavdalantiruvchi ma’nosiga ega boʻlib,
unda koʻpincha koʻta
-rin
kilik, tantanavorlik boʻyog‘i, qoʻshimcha ma’nosi xosdir: 
Kabutar ‒ tinchlik timsoli. Ramz esa biror bir predme
t, voqea hodisa va 
xususiyatga ishora qiluvchi, anglatuvchi, uning oʻrnida kela oluvchi, uni muloqot 


jarayonida almashtira oluvchi moddiylik boʻlib, timsol atamasiga xos boʻlgan 
boʻyoqlardan xolidir. 
Fanda, jumladan tilshunoslikda yana bitta atama - 
ishora soʻzi ham, ba’zan
shartli belgi soʻz birikmasi ham shu ma’noda qoʻllaniladi Bu atamalarning 
qoʻllanishidagi farq keskin emas, bib
-
birini bemalol almashtira oladi. Biz asosan 
ramz atamasidan foydalanamiz. Chunki bu soʻzda biz uchun ifodalanishi zarur 
boʻlgan ma’no

“narsaning (ataluvchi, nomlanuvchining) oʻzi emas, balki boshqa, 
lekin uni eslatuvchi moddiylik” tushunchasi boshqa atamalardan koʻra 
yorqinroqdir. Ramz muayyan mazmunni, g‘oyani boshqalarga yetkazish vazifasini 
bajaradi. Chunonchi, yoʻl chetidagi qoshiq, vilka tasvirli ramz yaqin yerda 
oshxona, tamaddi qilish imkoniyatini mavjud joyni bildiradi – 
oshxona ramzidir.
Ramz uchun umumiy ontologik (tabiiy, zotiy) xususiyat oʻzi sezilib boshqa narsa 
haqida axborot (diqqat: narsaning oʻzini emas!) berishdir. Ana shunday ikki 
tomonli moddiylik ramz sanaladi. Ramzning ikki tomonliligi uning 
-
a)

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə