O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
1-kurs majmua

komadzeyn 
(bazm qilmoq) fe'lidan 
emas, balki shaharliklar tomonidan qadr-qimmat qilinmaganlarning komlar 
(qishloqlar) bo‘ylab darbadar kezishidan kelib chiqqan;9 shuningdek, «harakat 
qilmoq» tushunchasi ham ularda 
dran
, afinaliklarda esa 
pratteyn 
so‘zi bilan 
ifodalanadi. Shunday kilib, aks ettirishdagi tafovutlar qancha va kanday bo‘lishi 
to‘g‘risida yetarli so‘zlandi.


Poetik san'atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ikki sabab bulib, ikkalasi xam 
tabiiydir. Birinchidan, taqlid, o‘xshatish insonga bolalikdan xos bulgan xususiyat. 
Inson boshqa jonli mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham 
farqlanadi, hatto dastlabki bilimlarni u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon 
samaralari barchata huzur bag‘ishlaydi. Buni quyidagi dalil ham isbotlaydi: biz 
haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch jonivor va murdalar 
tasviriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim olish faqat 
faylasuflargagina emas, balki boshqa kishilarga ham juda yoqadi, farq shundaki, 
oddiy odamlar bilish uchun tomosha qilmaydilar. Ular tasvirga zavqlanib 
qaraydilar, chunki unga boqib «manavi narsa bunday ekan», deb mulohaza 
yuritishni o‘rganadilar. Agar o‘xshashi tasvirlangan narsani avval ko‘rmagan 
bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga o‘xshash boshqa bir 
narsadan zavq tuyadilar. Zeroki, o‘xshatish garmoniya va ritm singari qadimdanoq 
odamlarning tabiatiga xos xususiyatdir10 (vaznlar 
- ritmning maxsus turi ekanligi 
sir emas), odamlar qadimdanoq tabiat
an o‘xshatishga qobiliyatlidirlarki, ular buni 
oz
-
ozdan taraqqiy ettira borib, badiha she'rlar (improvizatsiya)dan haqiqiy 
poeziyani yuzaga keltirganlar.
Poeziya shoirlarning shaxeiy xarakteriga muvofik ikki turga bo‘linadi: 
chunonchi, jiddiyroq shoirlar g
o‘zal qiliqlar va unga monand kishilarni tasvir 
etadilar. Xuddi oldingilari gimn va madh qo‘shiqlar yaratganidyok, keyingilari 
dastlab hajviy qo‘shiqlar to‘qiydilar. Shoirlar Gomergacha ham ko‘p bo‘lgan 
bo‘lsa-
da, biz Homerning «Margit»i va shu xildagi asa
rlariga monand biron asarni 
ta'kidlay olmaymiz. Mana shu she'rlarda eng qulay yamb o‘lchovi paydo bo‘ldiki, 
u hozirgacha yambik (istex%zoli) vazn, deb ataladi, chunki uning vositasida 
kishilar bir-
birlariga istexzo qilganlar. Natijada, qadimgi shoirlarning
ba'zilari 
qahramonlik vazni va ba'zilari yamblarning ijodkorlari bo‘lib qoldilar.
Gomer poeziyaning murakkab turida ham shu qadar buyuk ediki, u mukammal 
she'r ijod qilibgina qolmay, balki dramatik tasvirlarni ham yarata oldi. U 
masxaralashga emas, kulgil
i narsaga dramatik pardoz berib, birinchi marta 
komediyaning asosiy shakllarini ham bunyod qildi, binobarin, «Iliada» va 


«Odisseya» tragediyaga qanchalik taalluqli bo‘lsa, uning «Margit»i komediyaga 
shunchalik monanddir. Tragediya va komediyalar vujudga kelganida esa, tabiatan 
poeziyaning shu turlariga moyil bo‘lgan yambchilar endi komik shoirlar, epiklar 
esa tragiklar bo‘lib qoldilar, chunki 
mazkur shakllar avvalgilariga nisbatan 
ahamiyatliroq va munosibroq edi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə