6-mavzu.
Badiiy tahlilning yetakchi tamoyillari.
1. Badiiy asar mohiyatining muayyan tamoyillari.
2. Tugal tahlil.
3.
Badiiy tahlil yaxlitlik, tizimlilik, estetik asoslarning ustuvorligi, emotsionallik,
individuallik, tarixiylik, asoslilik tamoyillari.
Tayanch so`zlar:
Bolalar va oilaviy ertaklar, germanistika, "Xildebran
haqida qo`shiq, illyustratsiya, Vildlar, Xassen
pflug, Rojdestvo, Kassel,
Nidertsveren, xalq ijodi, og`
zaki bayon, grammatika, mifologiya.
Shoir asar yozayotganida (rivoyatlar yoki to‘qima voqyealarga asoslangan)
dramalarning mazmunini (avvalo) umumiy tarzda tasavvur qilishi kerak, so‘ngra
esa,
unga tafsilotlar qo‘shib kengaytirishi zarur. «Umumiy tarzda ko‘rib chiqish»
nima ekanligini «Ifigeniya» misolida ko‘rsataman.
Bir kizni qurbonlikka olib kelishadi, ammo u qiz qurbonlikka keltiruvchilarga
sezdirmay g‘oyib bo‘ladi. Boshqa bir o‘lkaga borib, ibodatxonada ko^inlik
xizmatini ado eta boshlaydi. Bu o‘lkaning odatlariga ko‘ra fahat muso firlar
qurbonlik qilinar ekan... M
a'lum vaqt o‘tgach, bu yerga shu qohina qizning akasi
kelib koladi (xudo uni qanday sabab bilan bu yoqqa yuborgani, uning nima ish
bilan kelgani asar uchun ahamiyatli emas). Yigit bu yoqqa kelgach, uni tutib,
qurbonlikka tayinlashadi. Ammo u o‘zini tanitib
qo‘yadi (Evripidda tabiiy ravishda
yigit «singlim ham qurbon qilingan edi, mening ham qismatim shu ekan», deb
o‘zini tanitib qo‘yadi) hamda shu bilan qurbonlikdan qutulib koladi. Shundan
so‘nggina hahramonlarning ismini qo‘yib, qo‘shimcha tafsilotlar (yozish)ga
kirishish kerak. Ammo, bu qo‘shimchalar (tafsilotlar) o‘z o‘rniga tushishi lozim.
Masalan, Orestning jinni bo‘lib qolib, tutilishi, uning poklanish yo‘li bilan xalos
bo‘lishi o‘rinli tafsilotlardir. Demak, dramalarda tafsilotlar qisqa bo‘ladi, epos
aksincha, cho‘ziq tafsilotlar bilan kengayib ketadi. «Odisseya»ning asosiy
mazmuni uncha keng emas. Bir odam ko‘p yillar begona yurtlarda sarson bo‘lib
kezadi, uni Poseydon ta'kib
kiladi,
u yolg‘iz. Uyida esa kuyovlar mol
-mulkini
talon-taroj qilishadi va o‘g‘lini o‘ldirish payiga tushishadi. Qahramon bo‘rondan
qutulib, safardan qaytib keladi, ba'zilarga o‘zini tanitadi, dushmanlariga hujum
qilib, ularni kirib tashlaydi. «Odisseya» asarida asosiy mazmunning bor
-yo‘g‘i shu.
Kolgan voqyealar esa tafsilotlardir.
Har qanday tragediyada tugun va yechim bo‘lishi zarur. Dramadan
tashkaridagi barcha voqyealar, shuningdek, ba'zan dramaning ichidagi ayrim
voqyealar tugun, qolganlari esa — yechimdir. Men tragediyaning boshlanishidan
to (qahramonning) baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlikdan baxtsizlikka
tomon o‘tish harakati boshlangan chegaragacha bo‘lgan qismni tugun deb
atayman. Ana shu o‘tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bo‘lgan qism
yechimdir. Chunonchi, Feodektning «Linkey»ida barcha avv
algi voqyealar,
chaqaloqning so‘ngra ota-onalarning qo‘lga olinishi - tugun, qotillikda ayblanish
boshlangan joydan asarning oxirigacha - yechimdir.
Tragediyaning turlari to‘rtta (qismlari ham shuncha deb ko‘rsatilgan edi): 1)
murakkab to‘qimali t
ragediya, bunda hamma narsa keskin o‘zgarish va bilib
qolishga asoslanadi; 2) iztiroblar tragediyasi. Ayant va Iksion haqidagi asar kabi;
3) xarakterlar tragediyasi. «Ftiotidalar», «Peley» kabi; 4) ajoyibotlar tragediyasi.
«Forkidalar», «Prometey» va voqyealari Aidda yuz beradigan barcha tragediyal
ham shu turga kiradi. Eng yaxshisi, mana shu xususiyatlarning hammasini
biriktirishdir, agar buning iloji bo‘lmasa, ayniksa, shoirlarga nohaq hujum
boshlangan hozirgi paytda bu xususiyatlarning ko‘prog‘i va muhim
rog‘ini tanlash
kerak. Ilgarilari tragediyaning har qanday sohasi bo‘yicha (ustod) shoirlar bor edi,
xozir esa bir shoirdan ularning hammasini orqada qoldirishni talab etishyapti.
Biz tragediyalarni rivoyat (tuzilishi)ga qarab turli xil yoki bir xil deyish
ga
haqlimiz. Ya'ni tugun va yechim bir xil bo‘lgandagina tragediyalarda ham birxillik
yuzaga keladi. Ba'zi (shoir)lar tugunni yaxshi tugishadp. biroq yechimni uddalay
olishmaydi, holbuki, ikkalasiga xam mohir bo‘lish
kerak.
Avval ham necha qayta ta'
kidlanganidek, epik tarkibli (ya'ni ko‘p
rivoyatlardan tashkil topgan) tragediyalar yozish kerak emasligini unutmaslik
kerak. Masalan, biron-
bir shoir tomonidan tragediya uchun «Iliada» rivoyatini
yaxlitligicha qamrab olish o‘rinsizdir. Eposda umumiy kengl
ik bo‘lgani uchun xar
bir kiem o‘ziga yarasha xajmga ega bo‘ladi. Dramalarda esa shoir o‘ylaganiday
bo‘lmaydi. Qanchadan qancha shoirlar «Ilionning qulashi»ni yoki «Nioba»ni
to‘lig‘icha ko‘rsatishga intilib, muvaffakiyatsizlikka uchrashi, musobaqalarda
yengilishi buning isbotidir. Hatto Agafon ham faqat shu sababdan
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Faqat Evripid «Ilionning qulashn»ni. Esxil esa
«Nioba»ni qism
-
qism qilib ko‘rsatganlari uchun muvaffaqiyat qozondilar va
musobaqalarda yengib chiqdilar. Holbuki ana
shu (tragik shoir)lar fojiiylikni va
(hyech bo‘lmasa) odamiylikni keskin o‘zgarishlar
- peripetiyalar va oddiy
voqyealar orkali a'lo darajada ko‘rsata olar edilar. (Odamiylik deganda Sizif kabi
aqlli, lekin nuqsonli odamning aldanishi yoki jasur, lekin ad
olatsiz kishining
yengilishi ko‘zda tutiladi. Chunki unisi ham, bunisi ham ehtimollikdan uzoq emas.
Agafon aytganday, «ko‘pgina g‘ayri tabiiy narsalarning xam yuz berishi
tabiiydir».)
Xorni xam aktyorlardan biri deb hisoblash kerak. Xor yaxlit narsaning bir
qismi bo‘lib, voqyeada Evripiddagiday emas, balki Sofokldagiday qatnashuvi
lozim. Boshqa shoirlarning asarlarida esa xor muayyan tragediyaga kancha
aloqador bo‘lsa, boshqa tragediyalarga ham shunchalik aloqador. Shuning uchun
ularning asarlarida xor qo‘shimcha qo‘shiqlarni kuylaydi. Bunga Agafon asos
solgan. Rostdan ham qo‘shimcha kiritilgan qo‘shihlar kuylash bilan butun bir
monolog yoki hatto epizodni tragediyadan tragediyaga ko‘chi
-
rib yurish o‘rtasida nima fark bor?
Shunday qilib, ko‘p n
arsalar haqida aytildi; til va fikr xaqida gapirish qoldi,
xolos. Ammo fikrga taalluqli narsalarga ritorikada to‘xtalish kerak edi, chunki
bular ritorika ta'limotiga tegishlidir. So‘z bilan erishiladigan narsalarning hammasi
fikr (sohasi)ga tegishlidir. Xu
susan, bu soha - isbotlash va rad etish, ehtirosli
tuyg‘ularni (birga qayg‘urish, qo‘rquv, g‘azab va hokazolar kabi) uyg‘otish,
shuningdek, ulug‘lash yoki kamsitish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki,
voqyealarni tasvirlaganda ham, ayanchli yoki qo‘rqinchli, buyuk yoki oddiy
narsalarni ko‘rsatganda ham o‘sha tushuncha (ideal)lardan kelib chiqish kerak.
Lekin farq shundaki, (tragediyada) voqyealar ravshan va o‘git (didaktika)siz
ko‘rsatilishi lozim. Nutq zamiridagi fikrlar esa gapiruvchi shaxe or
qali gavdalanadi
va
uning nutqi davomida yuzaga keladi. Haqiqatan, agar xamma ish qahramonning
nutkisiz ham bitadigan bo‘lsa, gapiruvchi bu yerda nima qilar edi? Nutqka tegishli
bir masala borki, u (poetikaga emas) talaffuz san'atiga va nutq tuzish bilimla
riga
aloqadordir. Bu - nutq mayllaridir: buyruq, iltijo, hikoya, do‘q po‘pisa, savol,
javob va hokazolar. Bunday narsalarni bilish yoki bilmaslik poetik san'at uchun
arzirli hyech kanday e'tiroz uyg‘otmaydi. Ma'lumki, Protagor: «Kuylagil, ma'buda
Ahill g‘a
zabin...» so‘zlarida Homer iltijoni ifoda lamoqchi bo‘la turib, buyruqni
ifodalagan, axir nima qilish keragu, nima qilmaslik kerakligi buyrukqa xos-ku, deb
ta'na qilgan edi. Aslida bunday narsalarni xato deb bo‘lmaydi. Poetikaga emas,
boshqa fanga taalluqli bo‘lgani uchun bunday narsa l ar ustida to‘xtalib
o‘tirmaymiz.
Umuman, nutq quyidagi bo‘laklarga bo‘linadi: asosiy tovush, bo‘g‘in,
bog‘lovchi, bo‘lak (a'zo), ot, fe'l, kelishik, ran. Asosiy tovush bo‘linmas tovushdir.
Har qanaqa emas, balki anglangan tovush harf bo‘la oladi. Hayvonlarda ham
bo‘linmas tovushlar bor, ammo men u tovushlarning birontasini tovush demayman.
Unli, undosh, unsiz tovushlar bor. Labning ishtirokisiz eshitiladigan tovush unli
bo‘ladi, labning ishtirokida eshitiladigan tovu
sh undosh bo‘ladi. 3 va R kabi;
(hatto) labning ishtiroki bilan o‘zi jaranglamay, boshqa tovushlar bilan kelganida
eshitiladigan tovush unsiz tovush bo‘ladi. K va T kabi. Barcha tovushlar og‘izning
vaziyatiga, (paydo bo‘lish) o‘rniga, nafasning quyuyushgi va yengilligiga, uzun va
qisqaligiga, urg‘uning o‘tkirligi, og‘irligi va o‘rtachaligiga qarab bir-biridan
farqlanadi; ammo bularning tafsilotlari vaznda o‘rganiladi.
Bo‘g‘in unsiz tovushlardan va unli yoki undosh jarangli tovushlardan tashkil
topgan ma'nos
iz birikmadir. G, R tovushlari A siz ham, A bilan ham (GRA)
bo‘g‘in bo‘la oladi. Darvoqye, bo‘g‘inlarning farqlarini o‘rganish ham vaznga
taalluqlidir. Bog‘lovchi (1) mustaqil ma'noga ega bo‘lmagan ko‘p sonli tovush
bilan ma'noni bildiruvchi biron so‘zning
yasalishiga xalaqit etmaydigan va
ko‘maklashmaydigan so‘zdir. U gapning oxirida va o‘rtasida kelishi mumkin, ran
boshida esa mustaqil kelolmaydi (faqat boshqa so‘z bilan qo‘shilib keladi).
Bog‘lovchi (2) bir necha (mustaqil) ma'noli so‘zlardan bitta (mustaqil) ma'noli gap
tuza oladigan (mustaqil) ma'noli (ko‘makchi) so‘zdir.
Tuban bo‘lmagan, tushunarli nutq qimmatli nutqdir. Eng tushunarlisi hamma
ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir. Ammo bunday nutq tuban bo‘ladi.
Masalan, Kleofont va Sfenel poeziyas
i shunday. Munosib va ko‘p ishlatilmagan
ifoda kutilmagan, g‘alati so‘zlardan foydalanish orqali kelib chiqadi. Men ko‘p
qo‘llaniladigan xamma so‘zlardan boshqasini; noyob so‘zlar, metafora, cho‘zilgan
va boshqa so‘zlarni g‘alati deb atayman. Lekin kimdir
butun nutqni shunday
asosda tuzsa yo topishmoq. yo varvarizm kelib chikadi. Ko‘chma so‘zlar,
metaforalardan tashkil topsa, topishmoq, noyob so‘zlardan tashkil topsa, varvarizm
yuzaga keladi. Amalda topishmoqning moxiyati xaqiqatan mavjud bo‘lgan narsa
to‘g
‘risida so‘zlash, shu bilan birga, butunlay mumkin bo‘lmagan narsalarni
birlashtiri
щdir. Bunga (ko‘p qo‘llaniladigan) so‘zlar vositasida erishib bo‘lmasa,
metaforalar orqali mumkin, masalan:
Dostları ilə paylaş: |