O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


qanday kuylamoq? jo’shib  nima qilmoq?)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
1-kurs majmua

qanday
kuylamoq? jo’shib 
nima qilmoq?).
So’z birikmalari 
qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi 
– 
ko’zoynak, sarv 
qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash va h.


Ibora(turg’un birikma)
ma’no jihatidan b
ir so’zga teng, ajralmas holatga 
kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobe birliklarga 
ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) 
– 
oq yo’l (ibora, 
ya’ni omon-
eson borib kelishni tilash). So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni 
almashtirish mumkin, iboradagi so’zlarni esa almashtirish mumkin emas: 
maktabga bormoq – 
teatrga bormoq (so’z birikmalari); ko’zi to’rt bo’lib kutmoq 
(ko’zi besh bo’lib kutmoq deb almashtirib bo’lmaydi). Ba’zan gap tarkibida 
so’z birikmasi va 
iboralar shakliy jihatdan teng kelib qolishi mumkin, bunda 
so’z birikmasi o’z ma’nosida, ibora esa ko’chma ma’noda keladi: oyoq tiramoq: 
U devorga 
oyog’ini tirab
(so’z birikmasi) arqonni tortdi 
Mening gapimga 
ko’nmay, 
oyog’ini tirab 
(ibora) turib oldi.
Sintagma
fonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun 
etakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani 
tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagmani tashkil etishi 
mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: 

Bu kitoblar kim uchun olindi?

Men uchun emas, ukam uchun (ikkinchi 
gapda ikkita sintagma mavjud bo’lib ular bitta mustaqil, bitta yordamchi 
so’zlardan tashkil topgan: men uchun, ukam uchun).
Asosiy adabiyotlar 
1
.M.Hamroyev,D.Muhamedova,D.Shodmonqulova,X.G‘ulomova,Sh.Yo‘ldosheva. 
Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet. 
2. 
R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami.
TDPU
, Toshkent, 200
9
-yil. -
240 bet.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə