moddiy
(material), tashqi, zohiriy, ochiq darakchi (ifodalovchi) tomon va b)
ma’noviy
(mazmuniy, ideal), ichki, botiniy
–
xabar (ifodalanmish) to
monlardan iborat
boʻlishida namoyon boʻladi.
Darhaqiqat, istagan ism, nom shartli belgi, u ixtiyoriy shu bilan birga jamiyat
uchun majburiydir. Bunda istalgan predmet yoki xususiyat istalgan predmet,
hodisaning ramzi boʻlib kelishi mumkin. Misol uc
hun, svetofor chiroqlari ma’lum
vazifani bajaradi. Qizil chiroq toʻxtash, yoʻlning berkligi ma’nosini bildiradi.
Ammo bu qizil rang «toʻxtamoq» ma’nosini ifodalaydi degani emas. Qizil
rangning oʻzi toʻxtash ma’nosi bilan hech qanday zotiy, tabiiy aloqada
emas.
Bizda qizil rang kishilar ongida turlicha g‘oyalarni
-
joʻshqinlik, qon, yoshlik, sevgi
v.h. bildira olishi mumkin. Bundan tashqari, semaforning «toʻxtash» ma’nosini
anglatuvchi chirog‘i sifatida istalgan rang olinishi mumkin edi, lekin jamiyati-
mizda shu rang mana shu ma’noda qoʻllaniladi, ijtimoiy kelishilgan va yoʻlov
-
chilar uchun majburiy, qat’iydir. Bu yerda darakchi va xabar orasida boʻg‘lanish
-
ning ixtiyorligi va ijtimoiy majburligi yorqin namoyon boʻladi.
Yoki yana bir misol. Yoʻtal,
odatda shamollash yoki tumovning belgisi. Bu
tabiiy, biologik ramz. Yoʻtalni shartli
-
ijtimoiy ramzga aylantirish mumkin.
Masalan ikki kishi (Rahimjon, Salimjon) oʻzaro kelishib, shartlashmoqda.
Rahimjon:
– Quyosh botishi bilan boraman.
– Xonamga
kirayotganda, yoningda hech kim boʻlmasa, 3 marta yoʻtalib kir.
Sen ekanligingni bilaman va oʻrnimdan turaman.
Bu holda kasallikning tabiiy ramz
-
belgisi boʻlgan yoʻtal tamoman boshqa
ijtimoiy vazifada
– ma’lum bir kishi uchun ma’lum bir kishi kelayotganligini
ifodalash uchun sun’iy ijtimoiy ramziy qoʻllanilmoqda.
Istagan sun’iy ijtimoiy ramz ma’lum bir jamiyatdagina (yuqoridagi misolda
ikki oʻzaro shartlashgan kishilar Rahimjon va Karimjon orasida) va faqat boshqa
bir ramz bilan bog‘lanib
butunlik-
sistema tuzgandagina belgilangan belgilangan bir
vazifani bajara oladi va yashay oladi. Yuqoridagi misolda ham yoʻtal ramzi
yoʻtalning eshitil
-masligi ham bir xil ahamiyatga ega. Shuning uchun sun’iy
ijtimoiy ramzlarning ya
-
shash tarzi ma’lum
bir butunliklarda, sistemalarda
birlashishdir. Bunday sistemalar –
ramziy sistema deyiladi.
Demak, istalgan narsa yoki harakat ma’lum bir ramziy tizimda sun’iy ijtimoiy
ramz sifatida istagan turdagi voqea
-hodisa, g‘oyaning darakchisi, xabarchisi
sifatida voqealanishi mumkin. Bu esa jamiyat uchun juda ulkan va qulay
imkoniyatlar yaratib beradi –
bitta oddiygina ramzda juda katta miqdordagi
axborotni hech qanday zid
-
diyatsiz mujassamlashtirish
-kodlashtirish, turli tuman
shakllada unga ishlov berish, saq
lash, qabul qilishga yoʻl ochadi. Jamiyatimizda
bu masalalar bilan shug‘ullanuvchi va ommaviy yutug‘i zamonaviy kompyuterlar
boʻlgan maxsus fan
– semiotika fani mav
juddir. Sizga maktabdanoq tanish
boʻlgan informatika fani mana shu semiotikaning bir ta
rmog‘idir.
Faqat matematika fani doirasida yana oʻndan ortiq ramziy tizimlarni sanash
mum-
kin. Shuning uchun ayta olamizki, ramziy tizimlar har qadamda uchraydi va
bu tizimlar ichida eng ommaviy , eng kengtarqalgan va eng kattasi tilimizdir.
Til
imiz ham ramziy sistema boʻlib, shu tizim qonuniyatlari asosida yashaydi,
ishlaydi va rivojlanadi. Shu sababli tilni oʻrganuvchi fan
– tilshunoslikni Ferdinant
de Sossur semiotikaning bir tarmog‘i deb tasniflangan edi. Endi shu masalaga
toʻxtalamiz.
“Til g‘oyalarni ifodalovchi ramzlar sistemasi, nutqiy qobiliyatning ijtimoiy
mahsuli, ijtimoiy jamoa tomonidan hosil qilingan zaruriy ramzlar majmuidir”,
–
degan edi tilshunos Ferdinand de Sossur[]. Haqiqatan ham, mohiyatga e’tibor
tabiiy til oʻzining xususiyatlari bilan ramzlar tizimini eslatadi. Chunonchi,
voqelikdagi bitta predmetni, masalan, har kim va har kun foydalanadigan suyuqlik
-
suvni olaylik. Oʻzbek bu suyuqlikni suv deb, tojik ob deb, rus voda deb, arab
moʻ deb, ingliz watter deb v.h
. ataydi. Nega bir xil suyuqlikni besh xalq besh xil
nomlaydi? Buning sababi shuki, narsaning nomi bilan narsaning oʻzi orasida hech
qanday tabiiy-
ontologik bog‘lanish yoʻq. Aks holda, bir denotatning nomi turli
tilda bir xil boʻlardi.
Til har bir j
amiyat uchun «azaldan tayyor», qabul qilinishi umumiy, majburiy
boʻlgan avlodlar merosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari tilning qanday paydo
boʻlganini,uni kim yaratgan
-
u, kim tuzganini, undagi ramzlarni kim hosil qilganini
kabi masalalar bilan, tabiiyki, qi
ziqmaydi. Kundalik hayotimizda,
jamoadoshlarimizga: «Nega bu predmet nomi shunday(masalan, kitob)?» degan
savolni hech kim bermaydi. Jamiyat a’zolari tilni «qanday boʻlsa, shundayligicha»
qabul qilb koʻnikishgan. Ular ramzlarning ichki xususiyati, tarixi
v.h. bilan
qiziqishqishga yoki bir ramz oʻrnida boshqa ramzni qoʻllashga ehtiyoj sezmaydi.
Hatto oʻzgartirmoqchi boʻlsa ham, oʻzgartira olmaydilar:til alhida kishilarning
farmoni va xoxishiga bo;ysunmaydi.
Tilning qurilish birliklari boʻlmish fonema, m
orfema, leksema va qoliplarning
fone-
madan tashqari barchasi ramzdir. Chunonchi,
-lar unsurining tashqi darakchi
tomoni tilda ma’lum fonemalarning barqaror butunligi bolsa, uning ichki – xabar
tomoni oʻzbek tili uchun xos boʻlgan son kategoryasining koʻp
lik shakli uchun xos
boʻlgan ma’nolarni ifodalash va vazifalarni bajarishdir.
-lar unsurida bu ikki
tomonning bog‘lanishi zotiy va tabiiy emas; jamiyatdan bu bog‘lanishni tayyor
holda qabul qildik va unga rioya qilamiz. Demak, bu unsurda tomonlarning
bog‘lanishi shartli, konvensionaldir va -
lar ramz mohiyatiga ega.
Leksemaning ramziy tabiati yuqorida koʻrib suv soʻzi misolida koʻrsatiladi.
Qolip-
lar (qurilmalar) esa tilda morfema va leksemalar asosida tuziladi va qurilish
materiali ramziy mohiyatga ega boʻlgach, qurilmalar ham shunday mohiyatga
ega boʻlishi shart.
Inson insonligining muhim belgilaridan boʻlgan til mohiyat va qurilish jihatdan
ramziy tizim. Lekin u boshqa ramziy tizimlardan keskin farq qiladi. Oʻtgan asrning
bosh va oʻrtalarida (Sossur va ilk sutruktalizm davrida ) tilning ramziy tizim
ekanligiga alohida urg‘u berilar-
bu oʻsha davrda tub yangilik edi. Hozir esa tilning
boshqa ramziy tizimlardan farqiga urg‘u berish asridir. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, tabiiy til barcha ramziy tizimlardan ustun, chunki u istalgan sun’iy ramziy
tizimni almashtira olishi mumkin. Aslida barcha ramziy tizimlar lisoniy tizim
asosida shakllanadi, ular-
ning asosida tabiiy til yotadi. Tabiiy tizimlar birlamchi
-
ikkilamchilik asosida tasnif e
tishda til birlamchi, qolgan barcha sun’iy ramziy
tizimlar uchun asos ularni almashtira oladigan tizim sifatida tasnif etiladi,
ikkilamchi ramziy tizimlar qulaylik uchun sof pragmatik maqsadlarni koʻzlab
tuziladi. Chunonchi: 2a
2
+ b
2
– c
3
= 0 tenglamasida 2a
2
xonasini lisoniy
ifodalaydigan boʻlsak, u quyidagi shaklga ega boʻladi: “ma’lum bir sonning oʻzini
oʻziga koʻpaytmasining ikki baravari”.
Bu sakkiz soʻzli ibora oldida 2a
2
afzalligini isbotlash kerak bo‘lmas?
Til istagan sun’iy ramziy tizimni almashtira oladi, lekin biror bir boshqa ramziy
tizim, qanchalik mukammal boʻlmasin, tilni almashtira olmaydi.
Til shunday ramziy tizimki, ma’lum bir jamiyatning barcha
-
barcha a’zolarining
bar-cha faoliyat turlari uchun umumiy va majburiydir
. Qolgan ramziy tizimlar
jamiyatning alohida guruhlari uchun, ayrim faoliyat turlari uchun xoslangandir.
Til oʻz
-
oʻzidan rivojlanish, oʻzgarish, ta’sirga berilish, jamiyat talablari asosida
yangilanish, biologik organik sistemalar singari ehtiyojlarga moslashish,
zaruriyatni qondirish, yetishmaydiganni toʻldirish xususiyatlariga ega, boshqa
ramziy tizimlarda esa muqimlik xos, ular faqat tabiiy til asosida, ya’ni inson ongi
va faoliyati orqali yangilanishi, oʻzgarishi, rivojlanishi mumkin.
Til shu
nday ramziy tizimki, uning birliklariga darakchi va xabar nomutanosibligi
(asimmetrik dualizm) xususiyati xosdir.
Tilshunoslikda lisoniy ramz tomonlari darakchi (ifodalovchi) va ifodalanmish
unsurlardan iborat deb sanaladi. Chunonchi, darakchi: k
-i-t-o-
b (harf yoki
tovushlar tizmasi, uning ruhiy obrazi), xabar: «kitob» tushunchasi , tushuncha
-
borliqdagi voqelik «kitob» predmeti bilan aloqadorligi sababli lisoniy ramz, uning
tomonlarining borliq va ong birliklari bilan bog‘lanishlarini quyidagicha koʻrs
atish
mumkin:
Bunday bog‘lanish nafaqat lisonoy, balki istagan turdagi semiotik sistemalar
uchun xosdir. Faqat nolisoniy ramziy tizimlarda ramzning ong va borliq birliklari
bilan bog‘lanishi tushuncha orqali emas, balki til orqalidir –
bu tizimlarda
chizmzdagi tu
-
shuncha oʻrnini til vositasida ifodalanishi mumkin boʻlgan ma’lum
bir axborot egal
laydi. Shuning uchun til birlamchi, qolgan barcha ramziy
sistemalar ikkilamchi sana-l
adi: istagan tizim ramzlari bilan ifodalanadigan
axborot til vositalari bilan ifodalash mumkin, lekin tilni hech bir boshqa tizim
toʻla
-to‘kis almashti a olmaydi.
Til ramzlarining boshqa semiotik belgilardan yana bir qator farqlari mavjud
Bular ichid
a quyidagi jihatlarni alohida koʻrsatish mumkin:
1.
Til ramzlari uchun ommaviylik xos; ular shu tilda soʻzlovchi barcha kishilar
uchun umumiydir. Boshqa ramziy tizimlar shu jamiyatning ma’lumbir
guruhlari uchun xizmat qiladi.
2.
Istalgan ramziy tizimning oʻrnini bosa oladi, zero ramziy tizimlar tilga tayanib
yaratiladi.
3.
Lisoniy ramz uchun assimmetrik dualism hodisasi xos boʻlib, u boshqa tizim
-
larda uchramaydi.
4.
Lisoniy ramz oʻ z
-
oʻzidan rivojlana boradi boshqa ramzlar oʻzgarishi
insoning bevosita faol ishtiroki natijasida amalga oshadi.
5.
Lisoniy ramzda barqarorlik va oʻzgaruvchanlik oʻzaro muvozanatda turadi.
|