so’z birikmasi tarkibida tobe so’zga
aylanishi mumkin, natijada bu so’z bir
necha so’z birikmalarini bog’lovchi vositaga aylanadi va so’z birikmalari
zanjiri hosil bo’ladi: Dalalarda etishtirilgan asaldan shirin qovun va tarvuzlar
xalqimiz dasturxoniga etkazib berilyapti. Mazkur gapdagi etishtirilgan so’zi
dalalarda so’ziga nisbatan hokim so’z
hisoblansa, qovun va tarvuz so’zlariga
nisbatan tobe so’z
sanaladi, shuningdek, shirin so’zi asaldan so’ziga nisbatan
hokim so’z hisoblansa, qovun va tarvuz so’zlariga nisbatan tobe so’z
hisoblanadi.
D i q q a t !
Ega va kesimi qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so’z
mavjud bo’lsa, shun
dan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Men
bugun maktabga bordim (4 ta must. so’z).So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2)
maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar
sonidan
bitta
kam bo’ladi: Ertaga tong bilan
jo’naymiz (3 ta must. so’z). So’z
birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz.
So’z birikmasining so’z, ibora, sintagma va gapdan farqi
So’z
narsa, belgi, shaxs, ish-
harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi:
Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni
tushunamiz.
So’z
birikmasi ham narsa, belgi, ish
-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan
so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z
birikmasi narsa, belgi, ish
-harakatni boshqa
narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi -
a’lochi o’quvchi, yozish
-
tez yozish. Qo’shma so’z va so’z birikmasi o’zaro
quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob bo’ladi, so’z birikmasi
tarkibidagi har bir so’z alohida
-
alohida so’roqlarga javob bo’ladi, so’z
birikmasidagi har bir so’z o’z urg’usiga ega bo’ladi, qo’shma so’z
esa yaxlit
bitta urg’uga ega bo’ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?)
– qo’shma
so’z; jo’shib
kuylamoq (
Dostları ilə paylaş: