8-mavzu. Bolalar adabiyotiga doir epik va lirik asarlar tahlili.
1.
Hayot hodisalari, inson taqdiri, qahramonlar ruhiyati.
2. E
pik asarlarda tahlilning o‘ziga xos
xususiyatlari.
3.
Lirik asarlar tuyg‘ular tizimi.
Tayanch tushunchalar
: klassik adabiyot, ertaknavis, mahorat, epik asarlar,
lirik asarlar, tahlil, qahramon, asarda tahlil.
Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson nafaqat o`zining tirik
qolishi uchun kurashgan, balki u o`z qabilasi, uru
g`
ining ham uzoq yashab qolishi
tadbirini ko`rgan. Binobarin, alla, ovutmachoq, ertak va topishmoqlar mazmuni,
avvalo, ongli, kuchli, epchil va chaqqon insonni shakllantirishga qaratilgan.
Kishilarning atrofni o`rab turgan olam haqidagi tasavvuri va u haqidagi yig`ilgan
bilimlari, hayotiy tajriba asosidagi dono hikmatlari hamda xulosalari bolalarga
o`ziga xos tarzdagi pand
- nasihatlar shaklida, ularga tushunarli vositalarda
etkazilgan. Shuning uchun ham turli xalqlarning, hattoki bir
-biridan juda yiroq
masofadagi mamlakatlarning xalq og`
z
aki ijodida ham juda ko`p mushtaraklik
mavjud.
Ko`p xalqlarning eng qadimgi adabiy yodgorliklarida, chunonchi, mif va
afsonalarida, ertaklarida - bir-
biriga o`xshash tomonlar ko`zga yaqqol tashlanadi:
bu jihat ko`proq inson va uning Yer yuzidagi ulu
g`, sh
arafli vazifasi haqidagi eng
yuqori tasavvurlari hisoblangan qahramonlik, aql-
zakovat, oliyjanoblik, yaxshilik,
go`zallik vasf etilgan madhiyalarda o`z aksini topgan.
Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarning rivojlanishida, falsafaning,
adabiyotning, musavvirlik san`atining, haykaltaroshlik, me`morchilik, musiqa,
teatr san`atlarining paydo bo`lishida, miflar o`ziga xos manba bo`lib xizmat
qilgan, deb ta`kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda turli xalq marosimlari,
an`analari, qabila urf - odatlari tasvirlangan. Yoxud ularning ibtidoiy miflar syujeti
(voqeligi) bilan bo
g`
liqligini kuzatish mumkin.
Vaqt o`tishi, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan ertak, mif va afsonalarni
bolalar "o`zlashtirib" olishdi (yoki qachonlardir kattalar o`zlari uchun yara
tgan eng
sara narsalarni kichkintoylarga taqdim qilishganidek), keyinchalik esa jahon
adabiyotining eng yorqin namunalari bilan bir qatorda "Robinzon Kruzo",
"Gulliver", "Gargantyua" kabi asarlarni "o`zlashtirib" olishgan.
XIU - XV asrlarda G`arbiy Yevropa o`rta asrlardagi har qanday erkin fikrni
ta`qib etuvchi aqidalar zulmatidan xalos bo`lgan, madaniyat va san`atning gullab
-
yashnagan markaziga aylandi. Bu jamiyatda burjuaziyaning paydo bo`lishi hamda
shahar madaniyatining rivojlanishi bilan bog`liq bo`l
ib, Renessans (Uy
g`
onish)
davri deb ataladi. Mazkur jarayonning asosi sifatida uning
g`oyaviy tayanchi
bo`lib, o`rta asrlarda inson shaxsining mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega
ekanligi, uning his-tuyg`ulari va fikrlari erkin bo`la olishi mumkinligi to`g`risida
mushohada yuritishning o`zi ta`qiqlab qo`yilgan davrdan keyin
-
yangi gumanizm,
ya`ni insonparvarlik (lotinchadan humanus
-
inson)
g`oyasi paydo bo`ldi.
"Uyg`
onish" deb nomlanishning o`ziyoq insoniyat qadim zamonlardan
buyon yig`ib kelgan barcha yorug` taassurotlarini rad etib, ko`p asr davom etgan
qora tundan keyingi tong – yorug`likka qarab intilishi ma`nosini bildiradi, ya`ni,
antik davr me`rosiga qayta qiziqish uy
g`onganligi ifodasidir.
Buyuk nemis faylasufi Immanuil Kantning: "O`z
aql - idrokingdan
foydalanishga jasurlik top!", - degan xitobi, mavjud ijtimoiy munosabatlardan
xalos bo`lishga, falsafa, ilm-fan, adabiyot va san`atning din homiyligidan
chiqishga shior bo`lib xizmat qildi.
Aynan bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adabiyot namunasi sifatida XVII
- XVIII asrlarda paydo bo`ldi. Lekin asta-
sekin bu adabiyot o`zining betakror
ko`rinishlari orqali nasihatomuz qoliplardan chiqa oldi. Bolalarga mo`ljallangan
asarlar mualliflari, eng avvalo, o`z mamlakatlarining xalq o
g`
zaki
ijodiga murojaat
qilishdi. Masalan, Sharl Perro birinchi bo`lib kichik kitobxonlarning qo`ligà
fol'klordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni
taqdim etdi. Negaki, asar xalq ijodi zaminiga tayangan bo`lsa
-da, adabiy ertak
xu
susiyatlarini o`zida to`la saqlab qolgan.
Eramizdan avvalgi birinchi yuz yillik boshlarida, o
g`
zaki manbalar an`ana
bo`lib, qadimgi hind eposidek ajoyib san`at asarlari "Mahabxorat" va "Ramayana"
yaratilgan deb hisoblashadi olimlarimiz. Yevropada bu haqda ikki yuz yildan sal
avvalroq: 1785 Ost -
hind savdo kompaniyasining xizmatchisi, hind poeziyasi va
falsafasining bilimdoni Charlz Uilks, "Mahabxorat"ning ayrim parchalarini
sanskritdan ingliz tiliga tarjima qildi. Deyarli shu tarjima bilan birga rus tili
dagi
tarjimasi ham chop etildi. Antik adabiyotning ilk davri "Iliada" va "Odisseya"
dostonlari bilan boshlanadi. Bu asarning dunyo adabiyotining va keyingi
san`atlarning rivojiga ta`siri beqiyos. Ularning muallifi VIII asrda yashab o`tgan
ko`zi ojiz qo`sh
iqchi Gomer hisoblanadi. Yunon eposi syujeti asosiga Troya urushi
qo`yilgan. Qadimgilar nazdida bu buyuk voqea edi. "Iliada" urushning faqatgina
bir epizodi
- buyuk qahramon Axillesni Mikeniya podshosi Agomemnon
tomonidan haqoratlanishi va Axillesning qahr ustida Troya ustiga bostirib kelishi,
uni egallashi va qamali to`g`risida hikoya qilinadi. "Odisseya" Troyaning boshqa
qahramoni -Itaki podshosi Odisseyaning qaytishi va yo`lda shu bilan bog`liq
bo`lgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Rossiyada 1829 yili "Iliada"ning
N.I.Gnedich tomonidan va "Odisseya"ning V.Jukovskiy tomonidan yaratilgan
tarjimalari chop etilgan.
Xalq og`
zaki ijodining ajoyib yodgorliklari orasida "Shaxrizoda ertaklari"
eng oliy yodgorliklaridandir... Bu so`z ma`nosi? qadim o`tmishda to`qilgan; uning
ranginkamon rishtalari butun er yuzini, go`zal s
o`
z gilamlari bilan burkab
chiqqan", -deb ta`riflagan M. Gor'kiy "Ming bir kecha ertaklari"ni. Bu ertaklarni
o`qimagan yoki u haqda eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Bu go`zal ertaklar
ola
mida o`zini yengil sezadi inson. Bu ertaklarning mashhurligi bir necha asrlardan
buyon o`zgarmas. Bu ertaklarni nafaqat bolalar, balki kattalar ham qo`ldan
qo`yishmaydi. G`
arb kitobxoni bu ertaklar bilan XVIII asrda fransuz A. Gallan
tomonidan t'arjima qilingach tanishdi.
Buyuk Britaniya bolalar adabiyoti hech qachon shaxsan bolalar adabiyoti
bo`lmagan va har doim kattalr adabiyoti uchun metaforalar hamda obrazlar
vositasining xazinasi sifatida foydalanilgan. Shuni ta`kidlash mumkinki, tumanli
Albionaning chuqur tarixi davomida qandaydir g`ayritabiiy odat mavjud:
"kattalar" kitobini maroq bilan bolalar o`qiydi (mumtoz namuna
-
Daniel'
Defoning "Robinzonning sarguzashtlari" asari), kattalar esa bolalar uchun yozilgan
kitoblarni ishtiyoq bilan qo`lga oladilar. Shunday "kattalar" bolalar kitobiga
Angliyaning qadimgi ingliz poemasi "Beovul'f" hamda Aylana stol atrofidagi
ritsarlar haqidagi afsonalari kiradi. Bu yerda shunday dalilga e`tiborni qaratish
joizki, boshqa davlatlar kabi Angliya ham murakkab tarixiy
davrlarni boshdan
kechirgan. R. Kipling ertagining qahramoni Pak ta`biri bilan aytganda, tumanli
Albionaga xudolar kelishgan va ketishgan, ular bilan birga esa turli xalqlarning
madaniyatlari ham kelib ketishgan. Qadimgi zamin tarixiga o
g`ir qismatlar
yog`ilgan: bir necha bor ishg`ol qilingan hamda talon-taroj qilingan. Avval bular
Sezar boshchiligidagi rimliklar edi, keyin piktlar hamda skottlar, keyinchalik esa
Genget va Gorz boshchiligidagi anglosakslar bostirib kirishgan.
IX asrda anglosakslarning yett
i grafligi (davlati) korol Egbert boshchiligida
birlashtirilib Angliya degan umumiy nom oldi. Egbertning o`limidan so`ng
anglosakslarga, butun G`
arbiy Yevropani larzaga solgan Shimol xalqi
- normandlar
yoki vikinglar bilan kurashishga to`g`ri keldi. Birinchi bo`lib Angliyaga datalik
bostirib kirib, o`zlarining davlatlarini
-
Data huquqi oblastiga (viloyatiga) asos
solishdi. Ularning tashrifidan Angliyani Buyuk Al'fred xalos qildi (880
-
893 yillar).
Lekin bu g`alaba qisqa muddatli bo`lib, vi
kingalar Angliya tinchligiga tez
-
tez
rahna solib turadigan bo`lib qolishdi. Faqatgina bir necha yillardan so`ng Data va
Angliya qiroli Knut o`limidan so`ng Angliya danlardan xalos bo`ldi, va
normandlar sarkardasi Jahongir Vilgelm boshchiligadgi qo`shinlar istilosi ostida
yashadi. Shu vaqtdan boshlab bir necha asrlar davomida Angliyada Fransuz
hukmronligi ta`siri davom etib keldi. Yagona anglosakscha qahramonlik
poeziyasining namunasi sifatida, bizgacha xalq an`analari voqeligini saqlab qolgan
"Beovul'f" dostoni yetib kelgan va bolalar uchun minglab hikoyalar hamda
qo`shiqlarda dunyo bo`ylab tarqalgan. Doston asosida badiiy filmlar va multfilmlar
olingan, uning materiallaridan foydalanib, bolalar va o`smirlar uchun fantastik
povestlar va romanlar yozilgan. Dostonning syujeti ikkiga bo`linadi, bosh
qahramonning shaxsi va uning qahramonliklarining tasviri: birinchi qismda
Beovul'f botqoq maxluqi Grendel hamda uning qahrli, badbashara onasi bilan
olishishi haqida, ikkinchi qismida - ellik yil davomida davlatni baxtli, farovon
boshqargani, keyin olovli ajdar bilan olishib yaralanib, umrini oxirlagani haqida
bayon qilinadi. Asarning xalq folkloridan kelib chiqqan, deyilishiga ham asos bor.
Ko`p tadqiqotchilar, dostonning bosh qahramoni ayiqdan kelib chiqqan ertak
qahramoniga juda o`xshash, bunga uning ismi guvohlik berishini, chunki qadimgi
ingliz tilidan kelib chiqqan Beowulf "asalari bo`risi", ya`ni ayiq degan ma`noni
anglatishini dalil deb ko`rsatishadi.
Markaziy epizodlarning birinchi qismida qadimgi Islandiya sagalari bilan
parallellik kuzatiladi, bu narsa asarning juda qadimiy ekanligidan dalolat bersa,
ikkinchi qismi esa umumolmon ertaklari bilan hamohangdir. Olimlarning aksari
qismi "Beovul'f" Angliya xristianlikni qabul qilmasdan oldin yaratilgan desa,
hozirgi zamon olimlari asar VIII yoki IX asrlarda xristian kiriklari` tomonidan
yozilgan degan fikrni ilgari surishadi. Bunga esa asarning bir butunligiga mone`lik
qiluvchi, Eski Tavrotdan katta hajmdagi parchalarning keltirilishi guvohlik beradi.
"Beovulf" alliteratsion (badiiy nutqda, she`rda bir xil yoki ohangdosh
undoshlarning qaytarilishi, ketma-ket, yonma-
yon kelishi) she`rlar shaklida
yozilgan. Zamonaviy ingliz tili
ga "Beovulf" bir necha marotaba tarjima qilingan,
lekin Uil'yam Morris (1895) va Archibal'd Stronglarning (1925) tarjimasi eng zo`r
deb tan olingan. Hech mubolag`
asiz aytish mumkinki, karol Arturning ritsarlari
haqidagi afsonalar biror -bir o`spirinni befarq qoldirmasa kerak. Karol Artur
haqida V asrning oxiri VI asrning boshlaridagi asarlarda eslanib, uni Britaniyaga
bostirib kirgan anglosakslarga qarshi kurashning boshida turgan, afsonaviy
qahramon kel'dlarning tarixiy dohiysi deb tilga olinadi. Kelgusi asarlarda Atrur
qiyofasi biroz o`zgartirilib, u qirol Uter Pentragorning donishmand o`
g`li
qiyofasida gavdalansa, keyinchalik u ritsarlik timsoli qilib tasvirlanadi. Ritsarlik
an`anasi Provansda Janubiy Fransiyada paydo bo`lgan va boshqa xalqlarga
namuna
bo`lib xizmat qilgan. Ritsarlik muhitida ma`lum kurtuaz (juda muloyimlik,
nazokatlik, xushmuomalalik) qoidalari paydo bo`ldi
-
ritsarlar o`zini tutishida rioya
qilishi kerak bo`lgan ma`lum qoidalar, chunonchi, o`ta xushmuomala bo`lib,
o`zining Go`zal Xonimini sevishi, o`zining hamyurtlarini hurmat qilishi va
kambag`al bechoralardan yordamini ayamasligi, mard-jasur bo`lishi, Muqaddas
C
herkovga beg`
araz hamda sodiq bo`lib xizmat qilishi singari
g`oyalar ritsarlik
romanlarida o`z aksini topdi. Ingliz tilida b
irinchi ritsarlik romanlari XIII asrda
paydo bo`ldi. XIV asrda Shimoliy Angliyada yoki Shotlandiyada "Arturning
o`limi" poemasi yaratiladi ( lotin tarixidagi Galfred Monmutskiyning she`riy qayta
ishlangan shakli bo`lishi ehtimoldan xoli emas). Karol Atrur
haqidagi
dostonlarning bir necha xil ishlanmalari bo`lib, ularning barchasida ertak
elementlari mavjud, romanlarning syujetida esa Muqaddas Greale haqidagi diniy-
mistik motivlar mujassamlashib ketgan. XIV va XV asrlar -
ingliz va shotland xalq
she`riyatining gullab yashnagan davri. Qo`shiqlar va balladalar - uning eng ko`p
tarqalgan shaklidir. O`smirlar kitobxonligi uchun ko`p bitilgan afsonaviy
qahramon, serhimmat qaroqchi Robin Gud haqidagi asarlarning paydo bo`lishi
bilan bolalar adabiyoti hamda butun b
ir ingliz adabiyotining rivojlanishiga
balladalarning ahamiyati juda katta bo`ldi. Lirik va dramatik elementlar
uyg`unligida yaratilgan, ba`zida musiqiy asboblar jo`rligida kuylashga
mo`ljallangan, muallifsiz epik asar ballada deyiladi. Balladalarning kel
ib chiqishi
har xil. Bularga ham xristian afsonalari, ham qadimgi epik qo`shiqlar, ham ritsarlik
romanlari, hatto antik syujetlar ham kiritilgan. Barcha balladalar bayonida lavhalar
asosiy o`rinni egallaydi, ya`ni voqelik oldindan kirish bayonisiz, sakrab
harakatlanadi. Bu dalil, tinglovchilari oldindan tayyorlangan, ya`ni asarning boshi
bilan avvaldan tanish bo`lgan auditoriya deb izohlashga asos bo`ladi. Real voqea
-
hodisalar sharoitida mavjud bo`lgan haqiqiy tarixiy shaxslar haqida so`zlovchi
tarixiy balladalar eng katta guruhni tashkil etadi. Ballada qahramonlari turli-tuman
bo`lib, ular orasida eng mashuri serhimmat qaroqchi Robin Gud haqidagisidir.
Robin Gud haqidagi balladalar XV
-
XVI asrlar mobaynida ko`chirib yozilgan va
bir butun to`plamlarga, sikllarga jamlangan. 1266 yil sanasi bilan ko`rsatilgan
xronikalarning birida quyidagi yozuvni o`qish mumkin: "... Xususiy mulklaridan
ayrilgan odamlar orasida qaroqchi Robert Gud (muallifdan: xronikada shunday
ko`rsatilgan) juda mashur edi, uni xalq juda
sevar va o`zining o`yin va teatr
tomoshalarida qahramon sifatida ko`rsatishni yoqtirar hamda Aangliya sayyoh
qo`shiq- chilarning eng sevimli tarixiy qahramoni sifatida kuylanar edi". 1521
yildagi Jon Merining lotincha "Buyuk Britaniya tarixi"da Robin Gud
hamda uning
ajoyib yordamchisi Kichik Jon Sher Yurak Richard zamonida yashab o`tganligi
haqida ma`lumot bor. Tarixnavisning ta`kidlashicha, Robin Gud yuzlab ko`ngilli
merganlar to`dasiga boshliq bo`lib, davlat qo`shinlari ularga hech teng kela olmas
ekan. Qaroqchilar faqat boylarni tunashar, kambag`al bechoralarni esa himoya
qilishar va ayollarga umuman yomonlik qilishmas ekanlar. XIX asrning birinchi
yarmida Angliyani bosib olgan niderlandlarga qarshi kurash olib borgan kurashchi
Robin Gud haqidagi talqin juda mashhur bo`lgan. Shu nuqtai nazarni Val'ter Skott
("Ayvengo" romanida) va fransuz tarixchisi Ogyust T'erri ("Robin Gud" va
"Normandlar tomonidan Angliyaning bosib olinishi" kabi ishlarida) ilgari
surishgan. Rus tilida
Y
skott Linning "Robin Gud va uning ozodligi " hamda A.
Gershenzod va I. Tokmakovalarning
- saxovatli qaroqchi haqidagi ikkita ajoyib
tarjimalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |