O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#152747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

IV. Kuylar:
1. Tanovor. xalq kuyi.
2. Qashqarcha. Xalq kuyi.
3. Qo‘shchinor 1. Xalq kuyi.
4. Qori navo. Xalq kuyi.
5. Andijon polkasi. Xalq kuyi.
6. SHarof 1. Xalq kuyi.
7. Dilxiroj. Xalq kuyi.
8. Norim-norim. Xorazmcha raqs.
9. O‘zbekcha vals. H.H.Niyoziy musiqasi.
10. Rohat. M.Mirzaev musiqasi.
11. Jonon. M.Mirzaev musiqasi.
12. Buxorocha raqs. Q.Komilov musiqasi.
Tanlangan asarlar bilan ish olib borish jarayonida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash mazmuni, ya’ni repertuar kundan-kunga boyib bordi. Muayyan ish tajribilarimiz davomida biz yana nimalarga ko‘proq e’tibor berish, xalq qo‘shiqlarining qaysi jihatlariga ko‘proq tayanish lozimligi haqida jiddiy mushohada yuritib bordik, o‘zimizga ma’qul bo‘lgan jihatlarini belgilab, ulardan foydalanishga harakat qildik. Quyida shulardan ayrimlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. O‘rganish uchun tanlangan har bir qo‘shiqning mavzusi, uning mazmuniga e’tiborni qaratish, o‘quvchilarga bu haqda ma’lumot berish.
2. Har bir qo‘shiq qaysi janrda bo‘lishidan qat’iy nazar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lishi, tomoshabinlar va tinglovchilarni loqayd qoldirmasligi, badiiy pishiq, kishilar xotirasiga tez o‘rnashadigan, yoqimli musiqiylikka ega bo‘lishi.
3. Qo‘shiqlarni yuksak badiiy ijod namunasi bo‘lishi bilan birga, hamma uchun tushunarli bo‘lishiga, she’rda ifodalangan g‘oyaviy mazmunni, lirik his-tuyg‘ularni o‘quvchilar ongiga etkazish.
4. Kuylarning ijrochilik bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarini, ohanglardagi nozik tebranishlarini, avjini va boshqa holatlarni sinchkovlik bilan tushuntirib borish va murakkab joylari ustida qunt bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish.
Folklor qo‘shiqlarini turli bayram va tadbirlar, konsert dasturlariga kiritishda mavzular mutanosibligiga mas’uliyat bilan yondashgan holda, dars dasturida ko‘zda tutilganidek o‘quvchilarning imkoniyatlariga qarab, ijrosi uncha murakkab bo‘lmagan, engilroq, avj pardalari juda baland bo‘lmagan qo‘shiqlarga birinchi navbatda e’tibor berildi. Diapozoni keng, katta mahorat va tajriba talab qiladigan, el orasida mashhur mumtoz qo‘shiqlarni tajriba tariqasida repertuarga kiritdik va bunday qo‘shiqlarni kuylash istagini bildirgan o‘quvchi-havaskorlar bilan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish olib bordik. Ularning ijrolarini muntazam kuzatib bordik. CHunki bu o‘rinda eng yomoni taqlidgo‘ylik va havaskor ashulachilarning imkoniyatlarini bunday qo‘shiqlarni kuylashlari uchun etarli bo‘lmasligi bo‘lib, bu yaxshi oqibatga olib kelmasligi oldindan ma’lum edi.
Tadqiqotimiz ustidagi izlanishlar natijasida shunga amin bo‘ldikki, havaskorlar bilan ishlashda eng muhim kasb etadigan jihat bu repertuar masalasi bo‘lib, biz uni yanada boyitish, mazmundorligini takomillashtirish ustida uzluksiz ish olib bordik. SHuning natijasi o‘laroq dastlabki dasturdan keyin ikkinchisi vujudga keldi. Ikkinchi dasturni tuzishda dastlabki tajribalar natijalarini hisobga oldik, estetik tarbiyaning keng ko‘lamda o‘quvchilar ma’naviyatini qamrab olishini ko‘zda tutdik.
O‘quvchilarning estetik tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi murabbiylar mohir tarbiyachi bo‘lish bilan birga sezgir psixolog bo‘lishlari, har bir o‘quvchidagi individual hislatlarni ilg‘ab olmoqlari kerak. Qaysi ixtisoslikni egallayotganidan qat’iy nazar har bir o‘quvchining qalbida go‘zallikka, san’atga ixlos tuyg‘usi mavjud bo‘ladi. Har bir insonning go‘dakligida qulog‘iga kirgan ohanglar keyinchalik unitilib ketmaydi, aksincha, san’atga muhabbatga aylanadi. Ona allasining sehrli ohanglari har bir bolada musiqani his etish tuyg‘ularini va havasini uyg‘otib shakllantira boradi. Demakki, bola tug‘ilib beshikda yotganidayoq ona allasidan bahramand bo‘ladi, nafosat bilan to‘qnashadi. Ona allalari uni kundan-kunga ulg‘aytirib boradi. Ulg‘ayib borgan sari milliy sozlardan kuylar va qo‘shiqlar tinglashi, bog‘cha va maktabdagi san’at darslari, musiqa mashg‘ulotlari ularni go‘zal va sehrli olamdan chinakam bahramand bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa ulardagi tug‘ma iste’dod ko‘z ochishiga ko‘maklashadi. Vazifa ana shu iste’dodni yanada rivojlantirish va har bir insonni zamonamizning to‘laqonli, bilimli, go‘zallikni his etuvchi va eng yaxshi xislatlari bilan atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir qiluvchi barkamol shaxs sifatida tarbiyalashdir.
O‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash muammosi yuzasidan olib borgan ilmiy izlanishlarimiz, o‘tkazilgan tajribalarimiz shuni ko‘rsatadiki, tinglovchilarning qo‘shiqni qanday idrok etishlari, undan qanchalik ta’sirlanishlari, shuningdek ularni tinlovchilar va ijrochi havaskorlar hissiyotiga, ongiga ta’siri qo‘shiqni ilk ijrosiga, u haqidagi turli tadbirlarning xilma-xilligi, qiziqarligiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan esa quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
–xalq qo‘shiqlarining tinglovchilarga yuqori darajada tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash uchun dars yoki ansambl rahbari musiqachilar va qo‘shiqchilarning yuksak sifatli ijrosiga erishmog‘i eng muhim omildir;
–xalq qo‘shiqlari yoshlarga estetik zavq baxsh etishi, ularni go‘zal hissiyotlar olamiga olib kirishida faqat muntazam mashg‘ulotlar emas, balki shu bilan birga o‘rganilayotgan musiqiy namunalarni ilhom bilan va to‘lqinlanib ijro etishlari muhim jihatlardan biridir;
– qo‘shiq ijrochiligi, qo‘shiq matni va musiqasi haqida maxsus pedagogik suhbatlar o‘tkazish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin.Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi estetik tarbiya bilan shug‘ullanuvchi murabbiylar ushbu prinsiplarga ko‘ra ish olib borganlarida, shundagina zimmalaridagi katta va oliyjanob vazifani ado etgan bo‘ladilar, o‘quvchilarning pedagogik tarbiyasi ishiga munosib hissasini qo‘shgan bo‘ladilar.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə