O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II.3.O‘quvchilarga o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba -sinov ishlarini tashkil etish metodikasi va uning samaradorligi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#152747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

II.3.O‘quvchilarga o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba -sinov ishlarini tashkil etish metodikasi va uning samaradorligi
Ma’lumki, umumiy ta’lim maktablari 5-7 sinf musiqa madaniyati darslari o‘quvchilarga axloqiy–estetik tarbiya berishda muhim rol o‘ynaydi. Musiqa ta’limi jarayonida o‘quvchilar milliy musiqa durdonalari, jahon xalqlari musiqa madaniyati namunalari bilan bir qatorda o‘zbek xalq qo‘shiqlari hamda folklor qo‘shiqlarini tinglab, kuylab ham bahramand bo‘lishlari kerak. SHu nuqta nazardan, musiqa madaniyati darslarida Buxoro folklor musiqasi namunalarini o‘rgatish asosida o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiya berishning mavjud holatini o‘rganish, muammolarni aniqlash, maktab amaliyotida folklori qo‘shiqlaridan foydalanish ahvolini tahlil etib, natijalarini ilmiy asoslab berish ishlari nazarda tutildi.
Musiqa madaniyati darslarida folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiyalash ishlarini o‘rganish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. Maktab o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyaga oid fikr va mulohazalarini aniqlash hamda umumlashtirish kabi ishlar ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Birinchi navbatda, musiqa madaniyati darslarida xalq og‘zaki ijodityoti, ayniqsa folklor qo‘shiqlardan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiyalashda qay darajada foydalanilayotganligi, bu borada amalga oshirib kelinayotgan real ishlar, qo‘llanilayotgan shakl va usullar bilan tanishish, o‘rganish, tahlil qilish, maktablarda musiqa madaniyati fanidan dars berib kelayotgan o‘qituvchilarning xalq qo‘shiqlari haqidagi tasavvuri, bilish darajasi, ularni ijro etish mahorati, o‘quvchilarga o‘rgatib kelayotgan shart-sharoitlari va mazmun-mohiyatini tushuntirib berish mahorati, o‘z fikrlarini o‘zaro qiyoslab, masalaga estetik tarbiya nuqtayi-nazardan yondashish bo‘yicha mavjud holatini aniqlashga harakat qildik.
Dastavval, 5-7-sinflar musiqa darsliklari mazmun-mohiyatini tahlil qildik. Xulosalar shundan iborat bo‘ldiki, 5-sinf musiqa darsligida o‘quvchilarga o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri, xor san’ati, simfonik orkestr, musiqada vokal-simfonik janrlari, sahnaviy musiqa asarlari – balet va raqs san’ati, musiqali drama va komediya, bolalar uchun musiqali ertak-tomoshalar, opera san’ati va o‘zbek musiqasida opera janri bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berish nazarda tutilgan. 6-sinf musiqa darsligida mumtoz musiqa, kuylar, ashulalar, SHashmaqom mumtoz musiqamizning asosi ekanligi, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm, Surxandaryo-Qashqadaryo mumtoz musiqasi, mumtoz musiqaning madaniyatimizdagi o‘rni, o‘zbek zamonaviy musiqasi, estrada musiqasi, musiqa san’ati bo‘yicha ko‘rik-tanlov va festivallari, SHarq xalqlari hamda Evropa mumtoz musiqasiga oid materiallar kiritilgan. SHuningdek, o‘quv yilining II-choragida folklor musiqasi va dostonchilik san’ati bo‘yicha 2-ta mavzu ham kiritilgan. 7-sinf musiqa darsligi esa xalq musiqasining mahalliy uslublari, maqomlar haqida umumiy tushuncha, o‘zbek musiqa san’atining jahon musiqa san’atida tutgan o‘rni, O‘zbekistonning musiqa madaniyati materiallar asosida tashkil topgan.
5-7-sinflar musiqa darsliklari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, ularda folklor qo‘shiqlari, jumladan, xalq qo‘shiqlari bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar berilmagan. To‘g‘ri, 6-sinf darsligida folklor musiqasi haqida mavzu berilgan va folklor musiqasini milliy urf-odatlarimiz, marosimimizning ohanglari ko‘rinishi deyish mumkinligi; folklor musiqa namunalari xalqimizning kundalik hayoti, mashg‘uloti va milliy qadriyati bilan chambarchas bog‘liqligi; ularni asrash va kelajak avlodga to‘laqonli etkazish maqsadida maxsus folklor ansabllari tashkil etilganligi (1978 yilda ilk bor Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida “Gulyor” folklor ansambli tashkil etilganligi), hozirda esa barcha viloyatlarda bunday ansambllar mavjudligi haqida ma’lumotlar mavjud. SHuningdek, musiqa merosi tarkibidan o‘rin olgan folklor namunalari orasida o‘zbek xalqining urf-odatlariga asoslangan marosim qo‘shiqlari alohida ahamiyat kasb etishi va ular o‘z xususiyati doirasiga ko‘ra bolalar folklori, mehnat va to‘y-marosim bilan bog‘liq qo‘shiqlar, diniy qo‘shiqlar, afsuniy qo‘shiqlardan iborat ekanligi, hamda alla, lapar, terma, qo‘shiq janrilari ham folklor musiqasining asosiy janrlari ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, 5-7-sinflar musiqa darsliklarida folklor qo‘shiqlari bo‘yicha ma’lumotlar, materiallar etarli darajada o‘z ifodasini topmagan. 6-sinf darsligida qisman folklor musiqasi haqida ma’lumot berilgan. Bu holat tanlangan mavzumizning dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
5-7-sinflar musiqa darsliklari tahlilidan so‘ng, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, xalq qo‘shiqlarini o‘rganishga oid muammolarni kengroq bilish, ayniqsa, musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning mavjud ahvolini aniqlash maqsadida aniq rejalar ishlab chiqdik, bir qator savollardan iborat so‘roq varaqalari tayyorladik.
So‘roq varaqalari Buxoro maktablarida musiqa madaniyati fanidan dars beruvchi ilg‘or o‘qituvchilar hamda o‘quvchilariga tarqatilib javoblar olindi.
Musiqa madaniyati fanidan dars beruvchi 15 o‘qituvchiga tarqatilgan savollar javobidan ayn bo‘ldiki, ular asosan darslikda berilgan o‘quv materiallari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Xalq qo‘shiqlari namunalaridan esa ayrim holatlarda - darsning musiqa tinglash bosqichida foydalanib kelayotganligi ham aniqlandi. O‘qituvchilar “Bolalar folklor qo‘shiqlari deganda nimani tushunasiz?”savoliga “o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan o‘ziga xos qadriyat”, “bolalar uchun mo‘ljallangan qo‘shiqlar”, “bolalarni qo‘shiq kuylab o‘yinga chorlovchi faoliyat turi”, ”bolalarni zavqlantiradigan, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga da’vat etuvchi omil ”, “ma’naviy ozuqa beruvchi vosita” kabi javoblar berdi. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darsida bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishga bo‘lgan munosabatingiz” savoliga 79,6 % o‘qituvchi “bolalarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish kerak, chunki ular mazmunan xilma-xil, bolalarga estetik ozuqa beruvchi asosiy manbalardan biridir”, “bolalarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ijobiy tomoni shundaki, ular bolalarda vatanparvarlik, do‘stlik, halollik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga va rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi”, “folklor qo‘shiqlari o‘tmishdaga bolalar hayoti, turmush tarzi, hayotiy voqeliklarning qay tarzda ekanligi haqida tasavvur hosil qildiradi ” kabi fikrlarini bayon etdi. “Siz dars o‘tishingiz jarayonida folklor qo‘shiqlaridan foydalanasizmi?” savoliga 16,7 % o‘qituvchi darsning musiqa tinglash bosqichida folklor qo‘shiqlarini tinglatishga harakat qilishi, 14,8 % o‘qituvchi ba’zan-ba’zan vidio yozuvlarini namoyish qilib turishi, 29,6 % o‘qituvchi CHitti-gul, Oq terakmi-ko‘k terak, Boychechak va boshqa qo‘shiqlarni ba’zida jonli ijro etib berishi, 38,9 % o‘qituvchi esa folklor qo‘shiqlaridan deyarli foydalanmasligini ma’lum qildi. “Musiqa darslarida o‘quvchilarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish muammosi nimalarda deb o‘ylaysiz?” savoliga 75,9 % o‘qituvchi folklor qo‘shiqlarining musiqa darsliklarida berilmaganligi, 14,8 % o‘qituvchi folklor qo‘shiqlari haqida ma’lumotlar nihoyatda ozligi, 9,3 % o‘qituvchi o‘quvchilarning folklor qo‘shiqlaridan ko‘ra zamonaviy qo‘shiqlarga ko‘proq qiziqishini yozgan. “Qaysi Buxoro bolalar folklor qo‘shiqlarini bilasiz?” savoliga atiga 31,5 % o‘qituvchi “Opa-opa anjilo”, “Ha do‘rsa-do‘rsa, do‘rsa”, “Hazorispand”, “Oh dina-dina, dinashba”, “Bedona” kabi qo‘shiqlarni bilishini ma’lum qildi. 59,3 % o‘qituvchi esa “CHitti-gul”, “Oq terakmi-ko‘k terak”, Laylak keldi“, “Boychechak” va alla qo‘shiqlarini misol keltirgan bo‘lsa, 9,2 % o‘qituvchi bolalar va kattalar folklor qo‘shiqlarini farqlab yozolmagan.
Musiqa fani o‘qituvchilarining so‘rovnoma savollariga bergan javoblari hamda ularning ish tajribalarini o‘rganishimiz, olib borilgan suhbatlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
1. O‘qituvchilar xalq qo‘shiqlarini o‘quvchilarga estetik ozuqa beruvchi asosiy manbalar biri deb hisoblaydi. Ularning fikricha, xalq qo‘shiqlari o‘quvchilarga o‘tmish madaniyati va musiqa san’ati bilan kengroq tanishishga imkonini beradi. Bolalar hayoti, turmush tarzi, hayotiy voqeliklarning qay tarzda ekanligi haqida esa o‘ziga xos tasavvur hosil qildiradi.
2. O‘qituvchilarning darsning musiqa tinglash bosqichida o‘quvchilarga xalq qo‘shiqlarini tinglatishga harakat qilishi, ba’zi-ba’zida video yozuvlarini namoyish qilib turishi, ayrim holatlarda CHitti-gul, Oq terakmi-ko‘k terak, Boychechak va boshqa xalq qo‘shiqlarni jonli ijro etib berishi, ba’zi o‘qituvchilarning esa qo‘shiqlaridan foydalanmasligi o‘quvchilarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatilishi sayoz darajada ekanligidan dalolat beradi.
3. O‘qituvchilar xalq qo‘shiqlarining musiqa darsliklarida berilmaganligi, ular haqida ma’lumotlar nihoyatda ozligi, o‘quvchilar folklor qo‘shiqlaridan ko‘ra zamonaviy qo‘shiqlarga ko‘proq qiziqishi tufayli musiqa darslarida folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar deb hisoblaydi.
4. Musiqa fanidan dars berayotgan o‘qituvchilarning xalq qo‘shiqlari haqidagi tushunchasi past, bilimlari etarli emas. Ular xalq qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi rang–baranglik, ta’sirchanlik, jozibadorlikni yaxshi farqlay olmaydik, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy asoslab berolmaydi, qo‘shiqlarni kuylay olish, cholg‘u asboblarida ijro etish mahorati etarli emas.
Umuman olganda, o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlil qilinganda musiqa o‘qituvchilarining folklor qo‘shiqlari haqidagi bilim saviyasi o‘ta sayoz, yaxshi tasavvurga ega emasligi aniqlandi.
O‘quvchilarning ham folklor qo‘shiqlari haqidagi tushunchasini aniqlash maqsadida ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1. “Folklor qo‘shiqlari” tushunchasini qanday izohlaysiz?
2. Qaysi folklor qo‘shiqlar nomini bilasiz?
3. Qaysi folklor qo‘shiqlarini ijro etgansiz?
4. Ijro etgan folklor qo‘shig‘ingiz sizga qay darajada yoqimli bo‘lgan?
5. Musiqa ta’limida folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishda o‘qituvchingiz qanday usullardan foydalanadi?
So‘rovnoma jami o‘quvchiga tarqatildi va javob olindi.
So‘rovnomaga ishtirok etgan o‘quvchilar soni:

Maktablar

5-sinf

6-sinf

7-sinf




Jami

№ 34

38

59

34




131

№ 8

34

36

33




103





































Jami

72

95

67




234





































So‘rovnomaga berilgan javoblar tahlili quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:
“Folklor qo‘shiqlari” tushunchasini qanday izohlaysiz? savoliga 131 ta (33,3 %) o‘quvchi “Folklor qo‘shiqlari xalqimizning qadimgi qadriyatlaridan biri” ekanligini, 139 ta (35,4 %) o‘quvchi esa milliy tarbiya beruvchi vositalaridan biri ekanligini bildirgan. 123 ta (31,3 %) o‘quvchi savolga tushuncha bera olmasligini yozgan. Bu ko‘rsatgich 5-sinfdan 31 ta (7,9 %), 6-sinfdan 60 ta (15,3 %), 7-sinfdan 32 ta (8,1 %) o‘quvchi javobida o‘z ifodasini topgan.
Qaysi xalq qo‘shiqlar nomini bilasiz? savoliga 252 ta (64,1%) o‘quvchi asosan maktab darsliklariga kiritilgan “Boychechak”, “CHitti-gul”, “Laylak keldi, yoz bo‘ldi”, “Oftob chiqdi olamga” kabi qo‘shiqlar nomini yozgan. 77 ta (19,6%) o‘quvchi “Xo‘p hayda”, “Tomdan tarasha tushdi”, “Ramazon”, “Sust xotin” qo‘shiqlarini misol keltirgan. 34 ta (8,7 %) o‘quvchi “Alla” qo‘shiqlarini, 30 ta (7.6 %) o‘quvchi esa “Ha do‘rsa – do‘rsa, do‘rsa”, “Jizir-jizir jaz mexurem”, “Oh dina-dina, dinashba” kabi qo‘shiqlar nomini yozgan.
“Qaysi folklor qo‘shiqlarini ijro etgansiz?” savoliga 142 ta (36,3 %) o‘quvchi “Boychechak”, “CHitti-gul”ni, 131 ta (33,3 %) o‘quvchi “Oftob chiqdi olamga”, “Ramazon”ni, 32 ta (8,1 %) qiz o‘quvchilar “Alla”ni, 25 ta (6,4 %) o‘quvchi “Ha do‘rsa – do‘rsa, do‘rsa”, “Jizir-jizir jaz mexurem” qo‘shiqlarini kuylaganini ma’lum qilgan. Qolgan 63 ta(16,0 %) o‘quvchi esa qo‘shiq kuylay olmasligini vaj qilib ko‘rsatgan.
“Ijro etgan folklor qo‘shig‘ingiz sizga qay darajada yoqimli bo‘lgan?” savoliga o‘quvchilar - “qo‘shiq mazmuni yaxshi”, “musiqasi yoqimli”, “qo‘shiqni kuylab turib raqsga tushish mumkin”, “juda chiroyli ohanda ijro etilishi”ligi men uchun juda yoqimli bo‘lgan, deb javob yozgan. 32,3 % o‘quvchi aniq fikr aytmagan.
Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda o‘qituvchingiz qanday usullardan foydalanadi? savoliga aksariyat o‘quvchi musiqa madaniyati darsida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan usullardan kelib chiqib javob yozgan. Masalan, “Baliq skleti” usulidan 45 ta (11,5 %), MR-3 usulidan 31 ta (7,9 %), “Zanjir” usulidan 37 ta (9,4 %), Klaster usulidan 65 ta (16,5 %), Audio-vidiodan 49 ta (12,5 %) shuningdek, turli usullardan foydalanadi deb 166 ta (42,2 %), o‘quvchi fikr bildirgan.
“ Xalq qo‘shiqlari haqida nimalarni bilasiz?” savoliga berilgan javoblarda juda ko‘p chalkashliklar bo‘lgan. Juda ko‘pchilik o‘quvchi xalq folklor qo‘shiqlari to‘liq ma’lumotga ega emas. Ular asosan SHashamaqom, mumtoz musiqa asarlari haqida fikr bildirgan. SHuningdek, darslardan bo‘sh paytda ko‘chada o‘ynagan ayrim o‘yinlarini misol keltirgan. Lekin e’tiborli tomonlaridan biri shundaki, ayrim o‘quvchilar folklor qo‘shiqlari xalqimizning milliy merosi ekanligi, ularni darsda, shuningdek, musiqa to‘garaklari jarayonida o‘rganish “ kerakligini qayd etgan.
O‘quvchilarning so‘rovnoma savollariga bergan sayoz javoblari musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga o‘zbek musiqa folklori bo‘yicha nihoyatda kam bilim berilayotganligidan dalolat beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 sinf musiqa madaniyati darslarida folklor qo‘shiqlari namunalaridan foydalanish, ularni kuylash orqali ko‘p asrlik ma’naviyatni, milliy qadriyatlarni, hayotiy udumlarni etarli darajada o‘quchilar ongiga singdirish o‘z ifodasini topmagan. Bizningcha, maktab darsliklariga milliy merosimiz namunalari hamda xalq qo‘shiqlari, folklor namunalari ko‘proq kiritilsa, yoshlarimizning ma’naviy, axloqiy hamda estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bir qancha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7 sinf musiqa darslarining ish faoliyati hamda musiqa to‘garaklari repertuar rejalarini ko‘zdan kechirganimizda shu narsa ayon bo‘ldiki, folklor qo‘shiqlarini o‘quvchilarga o‘rgatishda avvalo ularning ishida izchillik yo‘q. YA’ni, ular ko‘pincha biror bayram yoki tadbirlarga tayyorgarlik oldidan mashg‘ulotlar o‘tkazadi, yoki ayrim ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik yuzasidan havaskor o‘quvchilar bilan ish olib boradilar. Bu esa folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani izchil amalga oshirish imkonini bermaydi.
YUqorida qayd qilib o‘tganimzdek, ko‘plab musiqa darslari mashg‘ulotlarida izchillik etishmaydi. Ayniqsa, milliy cholg‘u asboblari ansambllari bilan jo‘rnavozlikda folklor qo‘shiqlarini aytishga moyillik darajasi juda past, mumtoz va folklor qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini biluvchilar juda ozchilikni tashkil etadi. O‘quvchi- yoshlarning hozirda juda urf-odat bo‘lib borayotgan «kompyuterlashgan» musiqa asboblarida qo‘shiq kuylashga havaslari zo‘r.
Tahlillar yuzasidan xulosa qilib shuni e’tirof etish joiz bo‘ladiki, bu sohada tub burilish yasash payti keldi. Tadqiqotimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 5-7 sinf o‘quvchilarini folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalashning quyidagi shartlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. O‘quvchilarni tarbiyalashda xalqning milliy madaniyati, qadriyatlari, milliy san’ati, jumladan, xalq qo‘shiqlariga tayangan holda yondashish.
2.Xalq qo‘shiqlarini pedagogik tarbiya jarayoniga kiritishning shakl, usul va metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
3. Tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarni o‘ziga qamrab olgan dastur, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni yangidan davr ruhiga moslab ishlab chiqish va ularda etarlicha xalq qo‘shiqlarini kiritish.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari yordamida pedagogik tarbiyalashni yaxlit, ya’ni dars va darsdan tashqari holda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.
5. Musiqa ta’limi yo‘nalishida “Xalq qo‘shiqlari ijrochiligi” maxsus(tanlov) fanini o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish..
Qayd etilganlar ta’limiy-tarbiyaviy va tashkiliy-pedagogik masalalarni muvaffaqiyatli hal etilishi yangi jamiyat qurish yo‘lidagi ta’lim-tarbiya tizimida, xususan xalq qo‘shiqlari sohasida musiqiy tarbiya tizimida mavjud bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishga ma’naviy barkamol, axloqiy etuk, nozik didli kelajagimiz bunyodkorlarini etishtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə