O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#152747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

YOr-yor:
Xusn elining podshosi
Sen emishsan yor-yor.
Sabo bilan subhidam
Gul ochilur, yor-yor.
So‘ylaganda og‘zidan
Dur sochilur, yor-yor. (50,9 b).
Alla:
Alla aytsam ovungin,
Oppoq qo‘zim alla,
Beshigingda quvongin,
Jonim bolam alla.
Allalar sening ohoring,
Allaayo-alla.
Bug‘doy ekin bahori
Allayo-alla.
CHumchuqlar esin donini,
Allayo-alla.
Duolar qilsin joningni,
Allayo-alla.
Lapar:
Daryoning u yuzida minoraman,
Minoraga suyanib, gullolaman.
YArmi oq, yarmi qizil piyolaman,
YOrimga salom bergani uyolaman.
Bir salom, ikki salom qarindoshga,
Tokay salom beraman bag‘ritoshga.
Mehnat qo‘shiqlari:
Havodagi hulkarman,
Badavlatga navvkarman.
Uchkunlikcha ishim bor,
To‘rtkunlikda bekorman.
Mayda qilsang shunday qil,
Elab qo‘ygan unday qil.
Qizilini qirday qil,
Somonini soyday qil.
Yig‘i yo‘qlovlari:
Ko‘rmay qoldim ko‘zingni,
Aytolmading so‘zingni.
Endi qanday yuraman,
G‘arib onam, rahbarim.
Bo‘g‘chalar to‘la zeb edi,
Birini kiygan yo‘q edi.
YOr-yor:
Kuyov to‘ra bo‘ylarini bir ko‘raylik, yor-yor,
Qo‘llariga qo‘l berib, hol so‘raylik, yor-yor.
Terma:
Daryo toshqin, suvlar to‘lqin o‘tolmayman,
Otim oriq, manzil yiroq etolmayman.
Otginamni oriq qilgan shul mayda tosh,
Rangi-ro‘yim sariq qilgan shul qalam-qosh. [50. 56-60- b]
O‘tmishda xalq to‘yning har bir bosqichiga mos qo‘shiq to‘qib, uni zavq bilan kuylab, marosimga ko‘tarinkilik, xushkayfiyat baxsh etishgan.
Bu an’ana hozirgi kunda ham o‘z mavqeini yo‘qotmasdan, yanada hayotbaxsh joziba kasb etib kelmoqda. Bundan ko‘rinadiki, yangicha ilg‘or marosimlar qadimgi urf-odatlarning zamirida go‘yoki ko‘xna daraxtning yangi kurtak chiqargan novdasi sifatida paydo bo‘lsa, ular xalq turmush tarziga singib ketadi. Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni ham bundan mustasno emas. Tadqiqot davomida asosiy ilmiy farazlar, qo‘shiq namunalarining estetik samarasini sinab ko‘rish maqsadida tashkil etilgan havaskorlik darslariga repertuar tanlashda tarixiy va klassik qo‘shiqlar bilan bir qatorda keyingi davrlarda yaratilgan qo‘shiqlar namunalariga ham, shuningdek, qardosh xalqlarning qo‘shiq va kuylariga ham e’tibor berildi.
Folklor qo‘shiqlari o‘tmish xalq hayotini o‘rganish, to‘g‘ri baholash, xalq urf-odatlarini, marosimlarini to‘g‘ri idrok etishda ajoyib san’at ko‘zgusi va tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham ularga murojaat qilganda tarixiy qo‘shiqlarning tarixiy-tarkibiy tuzilish xususiyatlarini hisobga olish lozim. Folklor qo‘shiqlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan U.Jumanazarov tarixiy qo‘shiqlarni mualliflari noma’lum, ya’ni xalq tomonidan yaratilgan va mualliflari ma’lum bo‘lgan, xalq baxshilari tomonidan ijro etib kelinayotgan qo‘shiqlarga bo‘lishi tarixiy haqiqatga to‘g‘ri keladi. U folklorshunoslikda yangilik bo‘lgan bir fikrni oldinga suradiki, ya’ni xalq baxshilari tomonidan turli voqealar munosabati bilan yaratilgan, tarixiy va aniq shaxslarga aloqador qo‘shiqlarni ham tarixiy qo‘shiqlar safiga kiritish, ularni ham shu qatorda sanashni taklif qiladi. SHuning uchun ham uning o‘zbek tarixiy qo‘shiqlari mustaqil yuzaga kelgan bo‘lib, uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan, shu evolyusion jarayonda u xalq eposi bilan yonma-yon yashab keldi va epos taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
Biz o‘quvchilarga xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiya berish yuzasidan ish olib borish jarayonida faqatgina matbuotda bosilgan, kitoblar holida nashr qilingan folklor qo‘shiqlari bilan cheklanmay, havaskorlarni ishga solgan holda joylarda yashovchi keksalar xotirasida saqlanib qolgan xalq og‘zaki folklor qo‘shiqlarini ham to‘plashga va ularni eng yaxshilaridan foydalanishga harakat qildik.
O‘quvchilar bilan folklor qo‘shiqlari, jumladan uning «yor-yor» janr xususida suhbatlashganimizda ularning 97%i «yor-yor» qo‘shiqlari faqat to‘yda aytiladi deb javob berishdi. Biz keltirgan misollar esa to‘y marosimining holati borasida ma’rifiy ma’lumotlar berishdan tashqari «yor-yor»ni duch kelgan joyda aytavermasligi, undagi so‘zlar marosimning mazmunini, undagi go‘zallikni ochishga, ahillikni mustahkamlashga xizmat qilmog‘i uchun o‘rnida aytilishi lozimligini ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan har bir qo‘shiq haqida suhbat o‘tkazganda avvalo qo‘shiq haqida iloji boricha to‘laroq ma’lumot berish bilan birgalikda uning qay holatlarda aytilishi va bajariladigan aniq funksiyasini alohida ko‘rsatish zarurligini unutmasligi lozim. SHundagina u kutilgan natijani beradi va tinglovchilarda iliq taassurot qoldiradi. Bu fikrlar faqat «yor-yor»larga emas, xalq qo‘shiqlarining boshqa turlariga ham to‘la taalluqlidir.
O‘quvchilarga o‘rgatiladigan qo‘shiqlarga berilgan batafsil izoh va tavsiflar ularning san’at haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi va ma’naviy olamlarini boyitadi, ularda ijod qilishga havas uyg‘otadi.
O‘quvchilarni estetik tarbiyalashdagi jiddiy muammolardan biri tegishli manbalar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatmalar va adabiyotlarning etishmasligi va tanqisligidir. Bu borada musiqa pedagogika va estetik tarbiya sohasida zudlik bilan amaliy choralarni ko‘rish kerak. Amaldagi holat, vaziyat hozirgi vaqtdagi borlari ham yaqin yillarda estetik iste’moldan chetda qolishi havfi borligini ko‘rsatadi. Masalan, akademik YUnus Rajabiy tomonidan notaga olinib, chop etilgan «O‘zbek xalq musiqasi» nomli to‘plamlarning juda oz miqdorda, hammasi bo‘lib o‘n ming nusxalarda nashr etilganiga 40 yildan oshdi. Hozirgi vaqtda bu to‘plamlar faqat yirik kutubxonalardagina saqlanmoqda. SHuning uchun ham estetik tarbiya bilan mashg‘ul va qo‘shiqchilik san’ati bilan bog‘langan tadqiqotchilar, pedagog-tarbiyachilar ularni topishda juda qiynaladilar. Boshqa durustroq yozma manbalar deyarli yo‘q. Ko‘p hollarda biz notaga olingan, jo‘rsiz xor ijrochiligiga moslashtirilgan halq qo‘shiqlaridan kerakli hollarda foydalandik. Agarda mazkur majmualarni mutaxassislar va san’at tashkilotlari e’tiborini jalb etgan holda qayta ishlangan va to‘ldirilgan nusxalarini qayta nashr qilinsa nafaqat musiqashunoslik, balki estetik tarbiya sohasida ham hayrli ish bo‘lar edi.
Xalqimiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Domla Halim Ibodov, Sadirxon, Jo‘raxon Sultonov, Siroj Aminov, Ortiqho‘ja Imomho‘jaev, Ma’murjon Uzoqov, Boboxon va Akmalxon Sufixonov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov singari xalq hofizlarining nomlarini yaxshi biladi va e’zozlab keladi. Biroq ularning ijro etgan mumtoxz qo‘shiqlariga kelganda ayrimlarini radioda «noyob yozuvlar» sifatida onda-sondagina eshitib qolish mumkin. Yillar o‘tgan sari ularning repertuarlaridagi bir-biridan o‘tkir, mukammal qo‘shiqlari unut bo‘lib borayotir. SHunday ekan ularning ijodlaridagi bebaho durdonalarni xalqimiz madaniy xazinasiga qaytarish, ulardan yosh avlodni keng bahramand qila borish maqsadida har birlariga atab maxsus musiqali albomlar chiqarilsa, qo‘shiqlari nota yozuvi bilan chop etilsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqiy pedagogika ixtisosligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, ayni paytda folklor qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashning metodik asoslarini mukammallashtirish sezilarli tarzda ortadi. Natijada professional musiqa o‘quv yurtlari, ijrochilar va ansambllarining faoliyatini samaradorligi, mazmundorligi ham ta’minlanadi.
Respublikamizning Farg‘ona vodiysi, Xorazm vohasi, Qashqadaryo va Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlariga folklor-etnografik ekspeditsiyalarini tez-tez tashkil qilish va xalq orasidagi keksa ijrochilar repertuarlarini chuqur va atroflicha o‘rganish, ularni magnit lentalariga yozib olish zarur. Folklor qo‘shiqlarining keng xalq ommasini, yoshlarni estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlariga yanada katta yo‘l ochish lozim.
Eng yaxshi xalq san’atkorlarining, qo‘shiqchi hofizlarning ijodiy faoliyatlari to‘g‘risida videofilmlar yaratilsa, kelgusida birinchidan, avlodlarga bizdan, davrimizdan san’atimizdan yaxshi yodgorlik qoladi, ikkinchidan, ular o‘quvchilarni estetik tarbiyalash mazmunini boyitadi. Biz san’atga ishtiyoqmand yoshlarni to‘plab ular bilan darsda ish olib borar ekanmiz xalq orasida mashhur bo‘lgan qo‘shiqlar bilan birgalikda san’tga bir yoqlama qarashning oqibati tufayli xalqimiz xotirasidan unitilib ketgan tarixiy qo‘shiqlarni tiklashga, ularga yangicha sayqal berib ijro etishga intildik. Folklor qo‘shiqlarining aksariyati ijrochidan o‘ziga yarasha mehnat va mahorat talab qilganidan ba’zi xonandalar engil yo‘l tanlab, ularni ijro etishdan qochadilar, masalan, «Sadirxon ushshog‘i», «Toshkent irog‘i», «Bayot besh», «Koshki», «Girya» va shu singari ko‘plab qo‘shiqlar borki, ularning ijrochilari barmoq bilan sanaladilar. Hozirgi yosh, iqtidorli, taniqli xonandalarning hammasi ham bunday qo‘shiqlarni o‘rinlatib ijro etolmaydilar. Havaskorlar esa professional ashulachilar ijrosidagi qo‘shiqlarni radio, televidenie orqali ko‘rib, eshitib o‘rganishga urinadilar. Kuzatishlar, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlar bu kabi urinishlarga yo‘l qo‘ymaslikka, birinchi navbatda havaskorlarning ovoz imkoniyatlarini va ijrochilik iqtidorlarini hisobga olgan holda unitilayotgan, kam ijro etiladigan qo‘shiqlarga ko‘proq e’tibor berish maqsadga muvofiq. Folklor qo‘shiqlarining noyob namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish, ularni ko‘pchilik yoshlar ma’naviyatiga olib kirish, kelgusi avlodlarga etkazish maqsad va muhim vazifamiz ekanligini unutmagan holda tadqiqot jarayonida quyidagi holatlarga alohida ahamiyat berib ish olib borish o‘quvchilarni estetik tarbiyalashni samaradorligini ta’minlashini ta’kidlaymiz:
1. Qiziqarli va mazmundor repertuar yaratish, unga o‘zbek xalqining asrlar sinovidan o‘tib kelayotgan qo‘shiqlaridan eng yaxshi namunalarini kiritish. Mehnat, do‘stlik, insonparvarlik, umuman didaktik xarakterdagi g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek sevgi, vafo, pand-nasihat mavzusidagi qo‘shiqlarga keng o‘rin berish.
2. Xalq tarixining muhim bosqichlarida yaratilgan bosqinchilarga qarshi kurashga chorlovchi, qahramonlikni madh etuvchi, xalq dostonlaridagi jasoratga undovchi, baynalmilallikni tarannum etuvchi qo‘shiqlarga ko‘proq e’tibor berish.
3 Tinchlik va barqarorlikni kuylaydigan asarlar, do‘stlik va qardoshlikni ifodalovchi raqslarga, badiiy kompozitsiyalarga jiddiy yondashish.
4. Axloqiy poklik, halollik, birodarlik, sahiylik, oliyjanoblik kabi insoniy fazilatlarni madh etuvchi diniy qo‘shiqlarni ham o‘rni bilan o‘rganish.
5. Ona tabiatga mehr-muhabbatni oshiruvchi, uning go‘zalligini kuylovchi qo‘shiqlarga keng o‘rin berish.
6. Hayotimizdagi keng nishonlanadigan xalq bayramlari (Navro‘z, Mustaqillik kuni, xotin-qizlar kuni) va turli sanalar bilan bog‘liq shodyonalarga atalgan asarlarni ham kezi kelganda ijro etilishi uchun tayyorlab qo‘yish.
7. Repertuarda yakkaxon ijrochilarga atalgan qo‘shiqlar, juft bo‘lib ijro etiladigan, ko‘pchilik ijrochilarga mo‘ljallangan va qiz-yigitlar birgalikda ijro etadtgan asarlarni ham e’tiborda tutish va o‘rni kelganda sahnaga olib chiqish.
8.Xalq qo‘shiqlari tarbiyaviy ta’siri vositasida o‘quvchilar ommasida go‘zallikka mehr uyg‘otish, ularning ma’naviy olamlarini boyitish va dunyoqarashlarini shakllantirish, san’atdan zavqlanish hissini o‘stirish.
9. O‘quvchilarda qardoshlik tuyg‘ularini tarbiyalash uchun qo‘shiqlarni tez-tez ijro etib turilishiga erishish.
SHu maqsadda repertuarga quyidagi qo‘shiqlar, kuylar, raqslar, vokal-xoreografik kompozitsiyalar kiritildi. Bunda darsning tarkibidagi guruhlar va ularning ijodiy imkoniyatlari hisobga olindi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə