O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/383
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167153
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   383
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

V.P.Yagunkovaning
ma'lumotlari bo’yicha idrok qilishning 
aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur kuchi 
va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi bilan, so’z boyligi va 
til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba'zi birlarida voqelikka mulohazali, mantiqiy 
munosabatda bo’lish ustun tursa, boshqalarida obrazli emosional munosabat 
ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham mujassamdir. V.P.Yagunkova 
sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi ko’rsatkichlarni 
mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish va xotiraning aniqligi; b) emosional 
ta'sirchanlik; v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish kabilar. 
S.P Kudryavseva
tadqiqotida ilk o’spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga 
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni 
tushunchalar asosida tahlil?ilishning o’sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda 
adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish
ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi. 
V.A.Kruteskiy
matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga 
matematik ob'ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish 
matematik materialga o’ziga xos "yig’ma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati 
qayd qilish lozim 
2)Qobiliyatli o’quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy 
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; 
b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar 
jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash 
jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda 
ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo’ladigan tashqi 
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir: 
1)o’quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim 
majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil 
shug’ullanishga moyillik; 
2)muayyan matematik ko’nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda 
o’zlashtirish qobiliyati; 
3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish; 


322 
4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. 
Mamlakatimiz psixologi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə