O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/383
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167153
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   383
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

M.G.Davletshin
texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot 
ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat 
deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o’ziga xos 
birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va 
u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullana olishini aniqlaydi. 
M.G.Davletshin ham an'anaviy yo’ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita 
o’sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o’zgarishsiz 
qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o’laroq, bunda yetakchi xususiyatlar 
rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, 
texnikaviy iste'dodli shaxs bo’lish uchun unda a) amaliy jihatdan
fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib 
qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo’lishi shart.
M.G.Davletshin texnikaviy iste'dod ko’rsatkichlarini an'anaviy baholashni tan 
olgan holda (ko’z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil
konstruksiyalash qobiliyati) o’zining original yondashuvini ishlab chiqqan. 
Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan 
eksperimental masalalarning to’qqizta seriyasidan foydalanadi. 
Keyingi yillar ichida o’zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste'dod 
masalalari bo’yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada 
B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning 
tadqiqot ishlari ma'lum bo’lib, qobiliyat, iste'dod tushunchalariga o’z ta'riflarini 
berganlar. 
B.R.Qodirovning
fikricha: "Ma'lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat 
haqida gapirib bo’lmaydi. Va o’z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali 
iste'dodli degani emas. Ko’p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste'dodli bola 
shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste'dodli bola qobiliyatsiz 
bo’lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, iste'dodli bola sof fikrli, har 
xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan hozirjavob, nodir 
shaxsiy xususiyatlarga to’la boladir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə