18
qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim
sharlarning orqa qismiga
tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan).
3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi
(peshona qismida joylashgan).
Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi.
hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo’lgan bir vaqtda
odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo’lib, o’ng miya yarim
shari esa unga bo’ysungandir va bu o’ng qo’lning yetakchi roli bilan bog’langan
(chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o’chib ketadi, yoki o’ng yarim sharga
o’tadi).
Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati
va faoliyatining murakkab
shakllarini idora etish bilan bog’liq bo’lgan nutq markazlari joylashgan.
Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik
afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi
o’ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur
komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi.
To’plangan ilmiy ma'lumot asosida shuni ta'kidlash
mumkinki, chap miya
yarim sharining miya o’ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir.
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan
funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
№
Dostları ilə paylaş: