Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fargʻona davlat universiteti Magistratura boʻlimi Biologiya



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/11
tarix26.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#112958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Obidova Gulmira kurs ishi populyatsiya (3)

Kurs ishi maqsadi: Mavzuning maqsadi shundan iboratki, biologlar tomonidan populyatsiyalar samaradorligini oshirish omillarini o’rganish, hamda populyatsiyaning zamonaviy muammolarini hal qilishdan iborat.
Kurs ishi ob’ekti: Biologiya faniga hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz me'rosiga asoslanib populyatsiyaning muammolarini oʻrganish.
Kurs ishi predmeti: Hozirgi zamon biologlarini populyatsiyaga oid fikrlari va qarashlari asosida populyatsiyaning zamonaviy muammolarini hal qilishni oʻrganish.
Kurs ishining vazifasi:
- Insonlar, hayvonlar hamda oʻsimliklar populyatsiyaning zamonaviy muammolarini oʻrganish usullari va ularning yechimlarini izlash;
-Populyatsiyaning ekologiyasi hamda hayvonlarning etologik xatti-harakatlari asosida populyatsiyaning zamonaviy muammolarini oʻrganish;
-Populyatsiyaga oid ilmiy tadqiqot ishlari hamda izlanishlar natijasidan foydalanish usullarini ilmiy amaliy jihatlarini tadqiq qilish.
I.bob. Populyatsiya haqida umumiy tushuncha
1.1. Populyatsiyaning mohiyati va xususiyatlar
Populyatsiya (lotincha populus-so`zidan olingan bo`lib,xalq,aholi degan ma`nolarni bildiradi) atamasi XVIII asrning oxirlaridan boshlab,to 40-50-yillarga qadar biologiya fanida xar qanday individlar yig`indisi sifatida qo`llanib kelindi.Ekologik nuqtai nazardan esa populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o`sadigan) va bir turga mansub bo`lgan individlar yig`indisiga aytiladi.
Populyatsiya – tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega bo‘gan, o‘z-o‘zini ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir turga mansub har xil individlar majmuasidir. Bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi ochiq sistema bo‘lib, tur mavjudligining elementar formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga ajratiladi. Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud bo‘ladi. Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi ham har xil yashash muhitining tа`siri tufayli sodir bo‘ladi. Biologik polimorfizm qanchalik yaqqol ko‘zga tashlansa, individlar shuncha rang-barang bo‘ladi va tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o‘zgarishlariga asosan moslashadi. Shu sababli mo‘tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial mintaqadagi turlarga nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng doirada, akvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi.
Bir pupulyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi.Populyasiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o`zini son jihatidan idora etishidir.Ayni sharoitda optimal songa individlarning saqlab turilishi populyatsiya gomeostazideyiladi.Yuquqoridagi ta`rifdan ko`rinib turibdiki,populyatsiya guruhli birlashma xisoblanadi.Guruhli xayot tarzi populyatsiya uchun o`ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi.Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1.Populyatsiyaning soni
2.Zichligi
3.Tug`ilish
4.O`lish (nobud bo`lish)
5.Populyatsiyaning o`sishi
6.O`sish sur`ati
Individlarning ma`lum xududda tarqalishi,jins va yosh nisbatlari,morfologik,fiziologik,hulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiya- bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalari xisobi8ni aks etdiradi. Populyatsiya a’zolarining hayotiy belgilari: tur vakillari qalinligi tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotik patensiali ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genetik xususiyatlarga ham ega bo’lib bu xolati organizmning to’griudan-to’g’ri ekologik moslashishi qayta ko’payishi va tug’ilishiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saql;ab qolishidir (Dobsxansky, 1968).
Populyatsiya “biologik” va “guruhlik” xususiyatiga ega bo’ladi. Biolgik xususiyatiga: populyatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati faqrlanishi va o’zining son sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani xosil qiluvchi organizmlarga taalluqlidir. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzulishlariga ega. Populyatsiya belgilari ularning tuzulishi va sonlarning nisbati bilan bog’lanadi va umumiy genetik xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.
Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan ekologik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun-bu muhitdagi juda oz, chegaralangan zahiralardan foydalanib kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bu holat populyatsiya a’zolari miqdorining o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiradi.
Populyatsiya-bu tur vakillarining guruhlik uyushmalari bo’lib, ular o’zlariga xos spetsifik xususiyatlarga egaki, bunday xislatlar ayrim vakillarga taalluqli emas.
Populyatsiya klasssifikatsiyasi. Populyatsiyani klasifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini prof.N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi; elementar (boshlang’ich sodda),ekalogik va jo’g’rofik populyatsiyalar.Ularning qisqacha ta’rifi quyidagicha;
1)Elementar populyatsiya-bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchradigan yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti xar xil bo’lsa, papulyatsiyalarning soni ko’p bo’ladi va ko’p sonli papulyatsiyalar hosil qiladi.Bir xil sharoitda bunday holat kam bo’ladi;
2)Ekologik populyatsiya sodda ,elementar populyatsiyala yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma’lum biogetsenozdan, tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxonning “qarag’ay”, “qora qarag’ay”, “oq qarag’ay” kabi populyatsiyalari uchraydi. Lekin, bu populyatsiyalar bir –biridan keskin chegaralanmaydi, ular o’rtasida genetik informatsiya tez-tez o’tib turadi.
3) Jo’g’rofiki populyatsiuya-ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil jo’g’rofik sharoit va hududda uchraydi. Lekin jo’g’rofik ppulyatsiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bo’lib o’lchamlari, ko’payish qobiliyatlari ekologik moslashishlari, fizologik va xulqiy xususiyatlari biln farqlanadi.
Populyatsiyalarning yoshga qarab tuzulishi. Populkyatsiyalarning yosh bo’yicha tuzulishi uning muhim belgisi bo’lib, populyatsiyaning tug’ilishi va o’lishiga ta’sir qiladi. Populyatsiyadagi turli guruhlarning bir-biriga nisbati uning ko’payishini aniqlaydi. Tez ko’payayotgan populyatsiyalarning asosiy qismini yosh vakillar tashkil qiladi. Soni kamayib borayotgan populyatsiyalarda qari vakillar ham uning ancha qismini tashkil qiladi. Populyatsiyaning yosh bo’yicha tuzulishi uning soni o’zgarmasa ham o’zgarishi mumkin. Har bir populyatsiya uchun “o’rtacha” yoki turg’un yosh bo’yicha taqsimlanish xosdir. O’rtacha va turg’un holatning buzulishiga ko’p tug’ilish yoki o’lish sabab bo’lishi mumkin. Populyatsiya ichida tug’ilgan vakillarning ayrimlari balog’atga yetmasdan nobud bo’ladi va ulardan nasl qolmaydi. Uzoq yashaydigan onalik vakillari ko’p nasl qoldiradi va ulardan tug’ilgan yosh avlod soni populyatsiyada tug’ulganlarning o’rtacha sonidan ko’p bo’ladi. Agar onalik organzim bittadan ortiq onalik jinsi tug’sa, populyatsiyaning soni ortib boradi, ammo onalik jinslar o’zlarining o’rtacha sonini ta’min qilmasa, otalik ko’p bo’lsa, populyatsiyaning soni kamayib ketadi.
O’simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi. O’simliklarda senopopulyatsiyaning taqsimlanishi-bu ma’lum fitosenoz ichidagi guruhlar yoshi nisbatidan kelib chiqadi. O’simlik yoshini absolyut yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki o’simlik bir kalendar yoshda har xil yosh holati (bahorda unish, ko’karish, barg chiqarish, gullash; yosh faslida urug’ tugish, pishish va hk.)da bo’ladi. O’simliklarning siklik rivojlanish yoshlari (davri) urug’dan urug’gacha, ya’ni:
urug’ zarodish o’simta (yuvenil davr, mustaqil oziqlanishga o’tish) immatur holat (o’simlikning hamma belgilari hosil bo’lgan, shakllanishning boshlanishi) turning hamma xislati yer usti va yer osti qismlarida yuzaga kelgan yosh generatiy organizmlarning rivojlanishi urug’, mavaning hosil bo’lishi o’simlikning generativ funksiyalari (o’sish, massa hosil qilish) pasayishi so’lish, qurishining boshlanishi ikkilamchi yuvenil belgilar (gullar, barg, novda chiqarish,masalan, olma, behi, paxta)ning hosil bo’lishi o’simlikning tinchlik davriga o’tishi (urug’ning hosil bo’lishi), ko’p yilliklar esa tinchlik davrida o’tishidan iborat. O’simnliklarning katta-kichikligi bir yoshli guruh ichida turli harakatchanlikni ettiradi. O’simlikning vegetativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, u hayotchan, rivojlanish uchun energiya to’plagan, tashqi muhit omillariga chidamli bo’ladi.
Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi. Hayvonlarning ko’payish xususiyatlariga ko’ra, ularning populyatsiya a’zolari bir yoki bir necha generatsiyataaluqli bo’lishi mumkin. Turli generatsiyalardan hosil bo’ladigan tur vakillari ikki: hayotda bir marta va ko’p marta ko’payadigan guruhlarga bo’linadi. Hayotda bir marta ko’payadigan hayvonlarga hashoratlardan xonqizi kiradi. Har yili generatsiyadan keyin o’z hayot siklini tomomlaydi, nobud bo’ladi, uning o’rnini yangi generatsiya egallaydi. Qayta ko’payadigan turlar populyatsiyasida yosh bo’yicha tug’ilish ancha murakkabdir. Bunga sabab: 1) Tur vakillari balog’atga yetgan vaqti qisqa yashaydi. 2) Balog’atga yetgan vakilar uzoq yashaydi va ko’p martalab ko’payadi. Birinchi holatda har yili populyatsiyaning ancha qismi almashadi, ularning soni qalinligi turg’un emas, qulay va noqulay sharoitli yillari keskin o’zgarib turadi. Masalan, Shimoliy Kaspiy dengizida uchraydigan molluska fasllar va bo’yicha o’zgaradi. Yana bir misol, dala sichqoni (Microtus agrestis) populyatsiyada o’tgan yili bahorda tug’ilgan vakillardan avlod paydo bo’ladi, keyin balog’atga yetish 1 va 2-bo’g’inda yuzaga keladi, populyatsiya butun katta-kichik avlodlar bilan qo’shilib keladi, kuzgi populyatsiya har-xil yoshdagi vakillardan tashkil topib, qarilar nobud bo’ladi. Balog’atga yetgan vakillarning uzoq yashaydigan va ko’p marta ko’payadigan populyatsiyalar tuzulishida turg’unlik bo’ladi va ular ichida turli bo’g’in vakillari uchraydi. Jumladan, Hindiston fillari 8-12 yoshda balog’atga yetadi, ular 60-70 yil yashaydi. Onalik vakillari 4 yilda bir marta bitta, qisman ikkita bola tug’adi. Fillar podasida balog’atga yetgan vakillar 80% ni tashkil eiladi. Yosh avlod vakillari taxminan 20% atrofida bo’ladi. Populyatsiya a]zolarining yosh bo’yicha tuzilishini tahlil qilish ular sonining o’zgarishini bir necha yillar davomida kuzatish imkonini beradi. Bunday prognoz baliqchilikda qo’llanib, ko’p yillar davomida baliq mahsuloti olishni rejalashtirish imkonini yuzaga keltiradi.
Populyatsiyaning fazoviy yoki makonda tarqalishi tuzilishi. Populyatsiyaning hosil qiladigan tur vakillari har xil makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. BU bilan ular o’zaro yashaydigan joy va ozuqa bilan ta’minlanadi hamda o’sish, ko’payish va rivojlanish, nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo’ladi. Populyatsiyada tur vakillari quyidagicha taqsimlanishi mumkin, ya’ni: a) tekis, bir xil; b) notekis; d) guruh-guruh (teng, doimiy, tasodifan emas) Tur vakillari har xil turda taqsimlanishi, ularning turli xislatlari, muhitning bir xilligidan kelib chiqadi va organzimlar turli guruhlarga birlashadi. Tabiatda teng taqsimlanishi juda kam uchraydi.
Tabiatda xol-xol va guruh-guruh bo’lib taqsimlanish keng uchraydi. Bu atrof-muhit va hayvonlarning xulqlari o’zgarishi bilan bog’liqdir. Tabiatda yakka-yakka uchraydigan parazitlar, yirtqichlar ayrim hollarda notekis tarqaladi, bunga ularning tasodifan uchraydigan o’lja (xo’jayin)ni qidirish sabab bo’lishi mumkin. Populyatsiya a`zolarining makonda tarqalishiga qushlardan ham misol keltirsa bo’ladi. Qushlarning xulqi bo’yicha Peru ousha qushlarining inlari bir-birlaridan ma’lum uzoqlikda joylashdiki, ularning uyda o’tirgan balog’atdagi vakillar bir birlarini cho’qib tashlamaydi (Riklefs, 1979).
Populyatsiya vakillarining makonda taqsimlanishini tabiiy sharoitda aniqlash uchun organzimlar tarqalishiga qarab, ma’lum joylar tanlab olinadi. Ular bir-birlaridan vakillarining soni, qalinligi, yosh va jins bo’yicha tuzulishlari bilan farqlanadi. Ko’pincha ularning qalin joyi atrofini siyrak vakillari o’rab turadi. Masalan, beda urug’I onalik (urug’ bergan poya) oldiga tushadi va shu yerda qalin bedapoya hosil bo’lib boradi, agar urug’ nariga borib tushsa, u yerda bedaning yangi tupi yangi o’sib chiqadi.
O’simliklarga qaraganda hayvonlarning harakatchanligi tufayli, ular egallaydigan maydonlar xilma-xil bo’ladi. Hayvonlar makondan foydalanishi bo’yicha o’troq va ko’chib yuruvchi guruhlarga bo’linadi. O’troq yashashda, hayvonlar chegaralangan tabiiy maydon va u yerdagi zaxiralardan foydalanadi. Bunga, olmaxon, qaldirg’och,chug’ur-chug’urlar, uy kaptarlari, tovuqlar, Pomir tog’ sug’;urlarini misol qilib keltirish mumkin.
Hayvonlarning makonga bo’lgan egalik uchun aktivligi quyidagi ikki holat bilan aniqlanadi, ya’ni:
-O’zining yashab qolishini ta’minlash uchun (ozuqa tanlash, topish, maydonni kengaytirish, inlar kavlash) yo’nalgan aktivlik;
-Qo’shni vakillar guruhlari bilan aloqa qilish (o’z joyini saqlash uchun signal berish, tovush chiqarish, saqlash) uchun aktivlik.
Hayvonlarda o’z maydonini “mustahkamlash” turli yo’llar bilan amalga oshiradi, ya’ni: 1) O’z joyining chegaralarini qo’riqlash, begonalarni kiritmaslik, ularni haydab chiqarish; 2) Begonalarni o’z joyiga kiritmaslik uchun maxsus qo’rqinchli o’yinlar, tashlanish; 3) Maxsus signallar (tovush, pishqirish, yernmi tepish) bilan joy band ekanligini (ayiqlar, yovvoyi mushuklar) bildiradi. Hayvonlarning joy bo’yicha xulqiy moslashishlari ko;’payish vaqtlarida ochiq namoyon bo’ladi. Jumladan, dala chumchuqlari o’zlarining polaponlari, chumchuqchalari uchadigan vaqtda gala bo’lib, bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. O’tqor tur vakilarining populyatsiyalari makonda tuzilish bo’yicha quyidagi 4 ta: 1) sochjilgan (diffuz); 2) mozaikali (koshinkor, aralash-quralash); 3) uzilib-uzilib; 4) davriy (siklik) turlarga birikadi. Ko’chib yuradigan hayvonlar populyatsiyalarining hayoti ma’lum joydagi ozuqa zaxiralariga va ularning turlariga bog’liq emas. Populyatsiya a’zolari makonda yakka-yakka yursa, ularning yirtqichlar ta’sirida nobud bo’lishi xavfi ortadi. Shu sababli hayvonlar bir joydan ikkinchi joyga guruh-guruh, gala, poda bo’lib ko’chadi. Qushlar va baliqlar gala bo’lib harakat qilganda, qushlar-aero, baliqlar esa gidrodinamik sharoitda uchadi va suzadi. Hayvonlar populyatsiyasining makonda tuzilishi fasllar bo’yicha, organizmlarning moslashishi, ozuqa manbalari kabi omillarga bog’liq. Abiotik fartorlarning makondagi eng sodda tuzilishi-bu o’z chegrasini qo’shni vakillardan saqlamaslik bo’lsa, eng murakkab tuzilish-o’z chegarasini saqlab, yot vakillarni kiritmaslikdir, bunda populyatsiya vakilarining turlar ichidagi aloqasi kuchayadi.
Populyatsiyaga quyidagi xususiyatlar xosdir:
Tug`ilish va nobud bo`lish. Populyatsiyaning katta kichikligi bir necha sabablarga asoslangan bo`ladi. Populyatsiyalar qo`shni populyatsiyadan kelgan individlar hisobiga yoki bo`lmasa tug`ilish hisobiga kengayib borishi mumkin.
Tug`ilishning fiziologik va ekologik xillari bo`ladi. Fiziologik tug`ilishda ideal sharoitda nazariy hisoblangan, ya`ni individlarning maksimal hosil bo`lish soni tushunilib, bunda cheklovchi omillar ta`sir etmaydi, ko`payish faqat fiziologik sabablarga ko`ra cheklanishi mumkin.
Tug`ilish quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
V =N/t . Ushbu formula ∆N0 = Nn2 – Nn1 – avvalgi va keyingi hisobga ko`ra organizmlar sonining ortishini bildiradi. Ushbu formula esa ∆t = t2 – t1 – ikkita muddatdagi hisob qilingandagi vaqtning farqi. Agar populyatsiyadagi bir individga to`g`ri keladigan yangi individlarni hisobga olinsa, bundan nisbiy tug`ilish kelib chiqadi:
V=N/t populyatsiyadagi individlar sonining ortishi tug`ilish hisobiga ortmay, balki emigratsiya tufayli, ya`ni boshqa populyatsiyalardan individlarning kelib qo`shilishi hisobiga ham o`zgaradi. Emigrantlarning kelib qo`shilishi, ayniqsa, o`simlklar meva hosil qilgan davrda, shuningdek, hayvonlarning yosh individlari voyaga etib tarqalishi davrida kuzatiladi.
Ko`payishning muhim xususiyatlaridan biri bu serpushtlilikdir. Turli xil organizmlarda serpushtlik turlicha bo`ladi. Sut emizuvchi hayvonlarda ko`pincha tug`ilish atamasi bir yilda bitta samkadan olinadigan avlodlarga nisbatan ishlatiladi.
Insonlarda esa har 1000 kishiga bir yilda tug`iladigan bolalar soni bilan ta`riflanadi. Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda tug`ilish taraqiy etgan, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2 barobar ortiqdir.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə