O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion asoslari 
hamda uning turkumlari 
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko‘rinishda: ikki o‘lchovli yoki 
uch o‘lchovli shaklda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti (x, y) 
koordinata sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D 
ko‘rinishidagi tasvirdir.
Uch o‘lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti tekis ekranda (x,y,z) (3D) 
koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini beradi.


30 
4D grafigi vaqt sistemasidagi uch o‘chovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D 
turidagi tasvir ham mavjuddir. Bu 2D ko‘rinishli tasvir bo‘lib, 3D tasvirining ba’zi 
xususiyatlari bilan to‘ldirilgan (masalan, ustunli diagrammada har bir ustun 
yo‘g‘onligi ham ko‘rinib turadi).
Grafik vositalarning asosiy (dasturiy, texnik, informatsion) xususiyatlarining 
kompyuter grafikasining har bir sinfiga tegishli bo‘lgan xossalarini ma’lum 
bazaviy 
funksiyalar 
to‘plamini 
ajratib 
olishga 
mo‘ljallangan 
dasturiy 
ta’minotlarining alohida belgilari bilan tanishib chiqamiz.
Tijorat grafikasi dasturiy ta’minotining bazaviy funksiyalar to‘plamiga 
quyidagilar kiradi:

ikki yoki uch o‘lchovli berilgan sonlar massivi;

har bir koordinata o‘qidagi matn belgilari;

aks ettiriladigan axborot uchun umumiy bo‘lgan matn izohi;

o‘lchov birligining nomi va shakli.
Ko‘pchilik integrallashgan (yig‘ma) amaliy dasturlar paketlari grafik 
vositalarning ushbu sinf funksiyalarini o‘z ichiga olgan.
Berilgan ikki o‘lchovli koordinatalar sohasida x va y o‘qlari bilan bog‘langan 
holda yoki uch o‘lchovli x, y, z fazoviy koordinatalarda beriladi. 2D turidagi 
grafiklarning xillari: aylanma diagramma — 
Pie
; chiziqli grafik — 
Line
; ustunli 
gistogramma — 
Bar
;
ustunli bo‘lakli gistogramma — 
Stacred Bar

min
va 
max
qiymatli diagramma 
— 
HI-LO
; zonali diagramma — 
Area;
x va y li diagramma — x-y.
2D turidagi bunday grafiklarni jadval protcessorlarining eng sodda 
variantlarida ham hosil qilish mumkin: SC3, SC4, MS Excel, LOTUS 1G‘2G‘3, 
FW-1G‘2G‘3 va hokazo.
3D turidagi grafika amaliy dasturlar paketining eng oxirgi versiyalarida 
amalga oshirilgan. (masala, SC5.6; FW-4; FaxGraph, Statgraphics - 3.5; 
QuattroPro 4.0 va xokazo).


31 
Mukamallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturiy vositalar 
nafaqat ekranda berilganlarni aks ettirish usulini tanlashga, shuningdek tasvirning 
ekrandagi elementlar o‘lchamlarini, holatini o‘zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chiradi va shunga o‘xshash ishlarni ham bajaradi.
Ammo bu qo‘shimcha imkoniyatlar, foydalanuvchiga ma`lum qiyinchiliklar 
tug‘diradi hamda grafika tuzish vaqtini uzaytirib yuboradi.
Ko‘rgazmaviy grafika amaliy dasturlar paketini ko‘pincha grafik tahrirchi 
bilan almashtiradilar. Aslida grafik tahrirchi shu sinfga oid amaliy dasturlar 
paketining bir bo‘lagi, xolos.
Masalan, Story board Plus amaliy dasturlar paketida grafik tahrirchi - Picture 
Maker, undan tashqari stcenariy tahrirchisi - Story Editor, tayyor slayd-filmlarni 
qo‘yishga mo‘ljallangan tahrirchi - Story teller va amaliy dasturlar paketidan 
kerakli bo‘laklarni ko‘chiruvchi dastur Pictyre Taker ham mavjud.
Ushbu sinfga mansub bo‘lgan dasturiy vositalar qatoriga 2D grafikasida 
ishlay oladigan dasturlarni ham kiritish mumkin. Ular hosil qilgan tasvir va 
matnlardan slaydfilmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foydalangan 
holda namoyish qilishga imkoniyat yaratadi: diagonal bo‘yicha, ekranning 
markaziy nuqtasidan uning chetlariga yo‘nalgan holda, bir - birini qoplovchi ikki 
to‘siq shaklida va boshqacha effektlar bilan namoyish eta oladi.
Bu sinfga oid bo‘lgan dasturlar vositasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi 
zarur:
• 
shrift tanlash;
• 
rangning jilolarini tanlash; chiziq qalinligini tanlash;
• 
ilgari hosil qilingan va grafika kutubxonasidagi tasvirlarga murojaat 
hamda ularni tanlash;
• 
hosil qilingan tasvirni saqlash va uni kutubxonaga joylashtirish;
• 
tasvirga matnni joylashtirish;
• 
tasvirni qirqish, ulash va o‘chirish;
• 
tasvirlarni slayd rejimida maxsus effektlar bilan birgalikda tomosha qilish;
• 
tasvirlarni sharhlash vositalari;


32 
• 
ish grafikasi vositalarining mavjudligi.
Ushbu sinfga tegishli bo‘lgan keng tarqalgan amaliy dasturlar paketi 
quyidagilar:
Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, PC Paint Brush, PC Storybord, PC 
Storybord Plus, Dr.Hallo Fantavision, Buku, Bgraf, Bukount.
Yuqorida keltirilgan amaliy dasturlar paketlarning eng keyingi versiyalari
masalan, Corel Draw
8.0 va 10.0 lar 3D grafikasi bilan ishlaydi, ularda “rasm chizish asboblari” 
kengaytirilgan: retush vositalari, maxsus filtrlar, fon uchun tayyor tasvirlar 
kutubxonasi va hokazolar mavjud. Bu dasturlarning ko‘pchiligi multiplikatsiya 
vositalarini ham o‘z ichiga oladi va imkoniyatlari bo‘yicha animatsion grafika 
sinfiga o‘tib ketadi. Injenerlik grafikasini ikki asosiy funksiyasi mavjuddir:
-
ob`ektni konstruksiyalash;
-
ob`ekt yordamida turli xil harakatlar hosil qilish.
Bunday bo‘linish ikki va uch o‘lchamli koordinatali sistema kontsepsiyasiga 
olib keladi.
Injenerlik grafikasida ilk bor haqiqiy ob`ektlarini uch o‘lchovli koordinatada 
modellashtirish imkoniyati tug‘ildi. Injenerlik grafikasi tasvirlarni avvalo o‘zaro 
tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan boshlab zamonaviy murakkab 
ob`ektlarni ekranda turli ranglarda va turli ko‘rinishdagi tasvirlarini olishgacha 
bo‘lgan rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘rgazma grafika tijorat va namoyish 
grafikasining yig‘indisidan iborat. Shunday qilib ko‘rgazma grafigi tijorat va 
namoyish grafikalarini bazaviy funksiyalari to‘plamidan iborat va u quyidagi uch 
xil masalani echishga imkon beradi:
• 
grafika va diagrammalar bilan ishlash;
• 
tasvirlarni taxrirlash va saqlab qo‘yish;
• 
kurgazma materiallarini Asosiy savollarlashtirish va tayyorlash.
Bunday sinfdagi dasturiy ta`minotiga quyidagilarni kiritish mumkin:


33 
HarvardGraphies, FreelancePlus, Hollywood, Microsoft Power Point for 
Windows va xokazo. Animatsion grafika quyidagi masalalarni hal etadi:
• 
karkasli 3D ob`ektini modellashtiradi va konstruksiyalaydi, uni 
murakkablashtirilgan holda har xil sharoitda ishlatib ko‘radi;
• 
yaratilgan karkasli ob`ektning yuzasini qoplash uchun kutubxonadan 
tayyor materialni olish yoki uni o‘zi yaratish (teksturani) imkoniyatini tug‘diradi;
• 
ilgari yaratilgan modellarni fazoda joylashtirish, boshqacha aytganda
yaratilgan ob`ektlar uchun sahna, ish joyini hosil qilish;
• 
ob`ektlarni matnlar bilan bog‘lab chiqish;
• 
yoritish xarakterini aniqlash, yorug‘lik manbalarini joy-joyiga qo‘yish, 
kamerani sahnaga joylashtirish;
• 
kadrlar ketma-ketligini aniqlash va kadrdan kadrga siljishini ta`minlash;
• 
yakka kadrni yoki bir necha kadrlarning ranglar jilosini, yorug‘ligini, 
soyalarini, qarash burchagini, ob`ektlarning o‘zaro joylashishini va kadrdan kadrga 
o‘zgarishi – renderingi (rendering)ni nazarda tutgan holda namoyish etish;
• 
yakka tasvirni yoki olingan kadrlar ketma-ketligini ekranga film sifatida 
namoyish etish.
3D animatcion grafikasi amaliy dastur paketlaridan tashqari (3D Studio Topas 
va boshqalar) 2D amaliy dastur paketlari ham mavjud (Flash 5, Limena, Animator 
PRO). Bular tasvir hosil qilish uchun mo‘ljallangan tasvirning dastlabki va oxirgi 
kadrlarini hosil qiladi, qolgan oraliq kadrlar esa avtomatik ravishda hosil qilinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə