scrolling=VALUE> Foydalanuchiga
frеymdagi
o’tkazish
yo’lakchasi (linеyka prokrutki)ni boshqarish imkonini bеrish.
Frеym o’lchamlarining o’zgarmasligini ta'minlash.
CSS - qisq.: Cascading Style Sheets Stillarning kaskadli jadvallari. HTML-
hujjatni aks ettirish haqidagi axborotni yozish usulini tavsiflovchi W3C standarti.
Faqat aks ettirishga javobgar ko‘rsatmalarni ayrim faylga ajratadi va ularni xar xil
HTML-hujjatlarga tatbiq qilishga imkon beradi. CSS ning asosiy maqsadi hujjatni
tuzilmasini uning rasmiylashtirilishidan ajratib olishdir va mazmunning u yo bu
elementi qanday bo‘lishini sahifa muallifiga havola qilishdir. CSS u yo bu teglarni
(masalan, sarlavhalarni yarim qalin qilib chizish) faqatgina «majburiy»
formatlashdan ozod qilibgina qolmay, balki, oldin orzu qilinmagan yangi erkin
harakat pog‘onalarini ham kiritadi (masalan, o‘zarolinyajni – matn qatorlari
orasidagi masofani, o‘zgartirish imkoni). Odatda CSS stillar kutubxonasini yaratish
uchun ishlatiladi, ular keyin ko‘pchilik HTMLsahifalarda ko‘p marotaba
ishlatiladi. Buning evaziga, butun veb-saytning stillarini o‘zgartirish uchun birgina
CSS faylida o‘zgartirish kiritish yetarli.
JavaScript tili - ingl.: JavaScript language rus.: язык JavaScript SUN
Microsystems va Netscape kompaniyalari tomonidan o‘zaro faol veb-saytlarni
yaratish uchun ishlab chiqilgan Skriptlar tili. Soddaligi va foydalanilayotgan
maslaklarga nisbatan mustaqilligi bu tilning ustunliklaridir. jarayon Nomlarining
o‘xshashligiga qaramay Java va JavaScript bir biridan sezilarli darajada farqlanadi.
Agar Java – to‘la funksional obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmali dasturlash
tili bo‘lsa, JavaScrip esa, gipermatnli markerlash tillariga yaqinroq. JavaScript tili
HTML kodi bilan o‘zaro ishlashi mumkin va barcha asosiy brauzerlar tomonidan
quvvatlanadi, shu jumladan Netscape Navigator va Microsoft I nternet Explorer
tomonidan ham.
288
JTS - qisq.: Java Transaction Service Java tranzaksiyalarining xizmati. Java
ni kengaytmasi. Java tilida OMG OTS ni amalga oshiradi, JTA bilan
uyg‘unlashuvni quvvatlaydi.