O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Birinchi avlod
mashinalari 50 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lib, asosiy 
komponent-lari elektron lampalardan iborat bo’lgan. Bu EHMlardagi minglab 
lampalar elektr energiyasini ko’p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib 
chiqargan va ko’p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarning bajarish tezligi past, 
xotira sig’imi kichik va tez-tez ishdan chiqib turgan.
Dasturlar mashina kodida 
yozilgan. Dastur tuzuvchi o’zi xotira yachekasini dastur orqali taqsimlangan. Sobiq 
ittifoqda birinchi elektron hisoblash mashinasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida 
1951 – yili Ukraina Fanlar Akademiyasi elektron institutida yaratildi va 
“MESM”(Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron mashinasi deb nom 
oldi. 1954-yili aniq mexaniqa va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev 
rahbarligida “BESM”(Bolshaya eletronno-schetnaya mashina) katta elektron 
mashinasi yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo’lib sekundiga 9 ming amalni 
bajarar edi. O’sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina edi. Birinchi avlod 
mashinalariga BESM -2 strela M-3 , Minsk Ural-1, Ural -2, M-20 va boshqalar kiradi.
60-yillarning boshlarida elektron lampa o’rniga yarim o’tkazgichli bazasida 
yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, o’lchamlari va 
iste’mol qiladigan energiyani, issiqlik ajratishini 
keskin 
kamaytirish 
imkonini 
berdi. 
Yarim 
o’tkazgichli mashinalar EHMning 
ikkinchi avlodi
bo’ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi 
ancha oshdi. Bu avlodga mansub mashinalarning 
o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo’llanish 
sohasi 
bo’yicha 
ixtisoslshtirilishidir. 
Bu 
mashinalarda qo’yilgan masalalarni yechish uchun 
dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.
Apparatlar bloklari – mujassamlangan integral 
sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 60 –yillarning 
oxirida 
uchunchi avlod
EHM larning yaratilishiga olib 
keldi. Sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o’rtacha 
EHMlar (Ural-11,Ural-12, Ural-15 va yagona tizimli ES EHM lari ) va SM seryali 
EHMlar shular jumlasiga kiradi. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan ES-
1060 sekundiga 1.5 mln. amalni bajarar edi. ES-ning joriy xotirasi yuzlab kilobayt va 
megabayt bilan o’lchanadi. Uchinchi avlod EHMlarini joylashtirish uchun maxsus 
jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi. 
Katta integral sxemalarning paydo bo’lishi sonli axborotlarni qayta ishlab 
chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar – mikroprotsessorlarning 
yaratilishiga olib keldi. 
Sanoatda 70-yillarda mikroprotsessorlar asosida 

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə