O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

 
 


156 
1-topshiriq 
Windows tarixida hozirgi kungacha bo’lgan siz bilgan versiyalarini tartib
bilan joylashtirib chiqing! 
 
 
 
 
 
2-topshiriq 
3-
topshiriq 
Windows versiyalari 
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Windows deganda nimani tushunasiz? 
2.
Windows OT tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
3.
Windows ishchi muhitida nimalar qilish mumkin? 
4.
Windows OT versiyalariga misollar ayting?


157 
15-AMALIY MASHG’ULOT; FAYLLARGA HIZMAT KO'RSATUVCHI 
DASTURLAR 
Kompyuterga drayver o‘rnatish: 
Bu birinchi qarashdagina murakkab tuyuladi. Aslida barcha drayverlar uchun bir xil 
bo‘lgan 
ketma-ketlikdagi 
bir 
necha 
amallar 
bajarilsa, 
kifoya. 
Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘ladi. Ular odatda Install.exe yoki 
setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu fayllarni bosganingizda ketma-ket darchalar 
ochiladi. Ulardagi «Dalee» «(Keyingi) tugmasini bosib borasiz. O‘rnatishga oid 
boshqa barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi. 
Drayver o‘rnatayotganingizda bitta muammo chiqishi mumkin. Bu ham bo‘lsa, 
tegishli qurilma topilmaganligi haqida xabar paydo bo‘lishi. Bu muammoni hal etish 
uchun avvalo o‘rnatilayotgan drayver haqiqatan yangi qurilmaga tegishli ekanligini 
tekshiring (barcha qurilmalar uchun universal drayver hozircha o‘ylab topilmagan!). 
Agar drayver aynan shu qurilmaniki bo‘lsa, unda u qurilmaga qaraganda ancha keyin 
chiqqan bo‘ladi, shuning uchun eski talqindagi drayverni topib, o‘rnating. 
Drayver o‘rnatishning kompleks uslubi: 
Drayver o‘rnatishning ikkinchi uslubi biroz murakkabroq bo‘lsa-da, bir marta unnab, 
tushunib olsangiz, keyin har qanday drayverni muammosiz o‘rnata oladigan bo‘lasiz. 
1. «Пуск» menyusiga kirasiz, «Мойкомпьютер» (Mening kompyuterim) 
tugmachasiga strelkani olib borib, sichqonchaning o‘ng tomonini bosasiz. Paydo 
bo‘lgan ro‘yxatdan «Свойство» (Xususiyatlar) ni tanlang. 
2. «Оборудование» (Qurilmalar) sahifachasini tanlang va «Диспетчер устройств» 
(Qurilmalar dispetcheri) tugmachasini bosing. 
3. Paydo bo‘lgan darchada drayver o‘rnatish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang va 
sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing. Ro‘yxat ochiladi, undan «Свойства» 
(Xususiyatlar) ni tanlaysiz. 
E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib 
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, 
bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi. 
4. «Драйвер» sahifachasini tanlang va «Обновить» (Yangilash) tugmasini bosing. 
5. «Нет, невэтотраз» (Yo‘q, bu gal emas)ni tanlaysiz va «Далее» tugmasini bosing. 


158 
6. Ikkita variant mavjud. Oldin «Автоматическая установка (рекоммендуется)» 
(Avtomatik o‘rnatish (tavsiya etiladi))ni bosing, bunda kompyuter drayverni o‘zi 
qidirib topish va o‘rnatishga harakat qladi. Agar topa olmasa, bu haqda xabar ekranda 
chiqadi. Agar u topa olmasa, ortga qayting («Назад» (Orqaga) tugmasi yordamida) va 
«Установка из указанного места» (Ko‘rsatilgan joydan o‘rnatish)ni tanlab, «Далее» 
tugmasini bosing. 
7. Keyingi darchada ham sizni ikkita yo‘l kutmoqda. Agar drayverli diskingiz bo‘lsa, 
uni diskovodga joylasangiz va «Поиск на сменных носителях (дискетах, компакт-
дисках...)» (Almashinuvchan tashuvchilar (disketlar, kompakt-disklar va b.)larda 
izlash) qarshisiga belgi qo‘yib, «Далее» tugmasini bossangiz bo‘ldi. 
8. Kompakt-diskingiz bo‘lmasa, drayverni Internetdan yuklab olgan 
bo‘lsangizu, arxivda setup.exe fayli bo‘lmasa, mana shunday hollarda drayverga 
boradigan yo‘lni qo‘lda ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Oldingi bosqichda tasvirlangan 
darchaga qaytasiz. 
«Включить следующее место поиска:» (Qidiruv uchun quyidagi joyni 
qo‘shish:) qarshisiga belgi qo‘yasiz va «Обзор» (Sharh) tugmasini bosasiz. Paydo 
bo‘lgan ro‘yxatdan yuklab olingan drayver turgan joy (papka)ni tanlab, «OK» 
tugmasini bosing. Yo‘lni ko‘rsatib bo‘lganingizdan so‘ng «Далее» tugmasini bosasiz 
va drayverning o‘rnatilishi boshlanadi. 
Ko‘rib turganingizdek, drayver o‘rnatish unchalik murakkab emas. Ha, yana bir 
gap – yuklab olgan drayveringiz «drayvernomi.inf» ko‘rinishida bo‘lsa, bu faylga 
sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdagi 
«Установить» (O‘rnatish) ni tanlang. 
Familiya nimani anglatadi? Qaysi oilaga mansubligimizni. Xuddi shu kabi, 
fayllar formatlari ularning qaysi turdagi fayllar «oilasiga» tegishli ekanligini, ularni 
qaysi dastur bilan ochish kerakligini ko‘rsatadi. Fayl nomi va formati o‘rtadagi nuqta 
bilan ajratiladi (masalan: maqola.doc). fayl nomini foydalanuvchining o‘zi tanlashi 
mumkin. Format esa, (ba’zida uni «расширение» – «kengaytma» deb ataydilar) fayl 
turiga qat’iy biriktirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirish taqiqlanadi (albatta, istisnolar bo‘ladi, 
lekin ularni keyinchalik ko‘rib o‘tamiz). 
Har kim o‘z qiziqishi doirasidagi fayllar bilan ishlaydi. Musiqachi – musiqali 
fayllar, dizayner – grafika, jurnalist – matnli fayllarni ko‘p ishlatadi. Lekin shunday 
fayl formatlari borki, ularni barcha birdek ko‘p qo‘llaydi. 
Arxivlar: 
RAR – RAR-siqish yordamida siqilgan fayllar yoki fayllar guruhi (u ZIPga qaraganda 
ko‘proq siqadi). «RAR» atamasi «Roshal ARchive»dan yasalgan (WinRar dasturi 
yaratuvchisi – Yevgeniy Roshal). 
ZIP – ZIP-siqish yordamida siqilgan fayl, u aksariyat arxivator dasturlar 
(siqilgan fayllar ustida ishlovchi dasturlar)ga tushadi. Windows foydalanuvchilari 
WinZip 
dasturi 
yordamida 
ZIP-fayllar 
yarata 
oladilar. 
Video: 
AVI – turli kodeklarda kodlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ega videofayllar 
formati. Unda siqish boshqa formatlarga qaraganda kamroq qo‘llaniladi. AVI-fayllar 
turli pleyerlarda ijro etilishi mumkin, lekin pleyerga tegishli videoni kodlash uchun 


159 
ishlatiladigan kodek tushishi kerak (kodek so‘zi KOdlash va DeKodlash (qayta 
kodlash) so‘zlaridan olingan). 
MPEG1-2(MPG) – ma’lumotlarni siqish va o‘chirish yordamida video va ovozni 
saqlash formati. 
MPEG4(MP4) – MPeG-4 standartida siqilgan film yoki videoklip bo‘lib, odatda 
Internetda video-fayllarni almashish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi. Bu formatda 
audio- 
va 
videoyo‘lkalar 
uchun 
alohida 
siqish 
qo‘llaniladi. 
SWF - ShockWare Flash. SWF fayllari Macromedia Flash dasturi yordamida tuziladi. 
Uni yana Flash Player formati deb ham ataladi. Bu format vektorli grafika va ovozli 
animatsiyali kliplarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘rish uchun Flash Player 
proigrivateli, shuningdek, zamonaviy veb-brauzerlardan foydalaniladi. SWF fayllarni 
tahrir 
qilib 
bo‘lmaydi. 
Grafika: 
BMP – rastrli grafik format. Windows uchun standart grafik fayllar formati. Windows 
dagi barcha tasvirlarni tahrir qilish dasturlari BMP fayllarni yarata va o‘qiy oladi. 
Tasvirning rangini oq-qoradan to to‘liq ranglargacha belgilash mumkin. Bu formatda 
tasvir 
siqilmaydi. 
Taxminan 
16,7 
million 
xil 
rang 
ishlatiladi. 
GIF – Graphics Interchange Format (grafik ma’lumotlarni almashish formati). 
CompuServe firmasining standarti, u rastrli rangli tasvirlarni aniqlash uchun 
qo‘llaniladi. Tarmoq orqali tarqatish uchun mo‘ljallangan ushbu format fayllari juda 
kichkina bo‘ladi. Format kulrangning 256 xil jilosi yordamida oq-qora tasvirni va 256 
xil yoki undan kam rangni qo‘llab, rangli tasvirni yozib oladi. Tasvirni animatsiyada 
ham ishlatish mumkin. 
JPEG (JPG) – asosan rastrli tasvirlar (fotosuratlar, rasmlar va b.) uchun ishlatiladi. 
JPEG formatida yuqori darajada siqilganligi tufayli, tasvir fayli hajmi sezilarli darajada 
kamayadi. Lekin bunda tasvir sifati yo‘qoladi. Bugungi kunda JPEG fotosuratlar va 
ko‘psonli ranglar ishlatilgan tavsirlar uchun eng yaxshi format sanaladi. U Internetda 
ishlatish va elektron pochta orqali jo‘natishga qulay. Taxminan 16,7 million xildagi 
rang qo‘llaniladi. 
PSD – Photo Shop Data. Fotosuratlarni qayta ishlovchi fotoshop dasturida yaratilgan 
fayllar formati. Taxminan 250 trillion xil rang qo‘llaniladi. 
TIFF(TIF) – Tagged Image File Format (tasvirli fayllarning teglangan formati), rastrli 
grafik format. Bu format tasvirlarni yuqori sifatini ta’minlaydi va kompyuterlar 
o‘rtasida ma’lumotlar almashishdagi standart format sanaladi. TIFF formati tasvirni 
ma’lumotlarni 
yo‘qotmay 
siqish 
imkonini 
beradi. 
Raqamli 
kameralar 
foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llaniladi. Taxminan 16,7 million xildagi ranglar 
mavjud. 
Hujjatlar, matn: 
DOC – Microsoft Word da yaratilgan fayl. U matn, surat, jadval, grafika, 
diagrammalarni, sahifalarni formatlash va chop etish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi. 


160 

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə