O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Image [disk yurituvchi nomi] 
Agar disk yurituvchi ko’rsatilmasa, faol (joriy) disk yurituvchi tushuniladi.
Disklarni formatlash. 
Disklarni formatlash deb, yangi yoki oldin ishlatilgan disk yoki 
disketlarning sirtlarini keraklicha yo’l va sektorlarga ajratish hamda yaroqsiz joylarni 
aniqlab, to’g’rilab berishga aytiladi. Formatlash jarayonida oldingi yozilgan barcha 
yozuvlarning buzilishi, ba’zi hollarda hattoki qayta tiklab bo’lmaydigan darajada 
tozalanishi kuzatiladi. 
Defragmentatorlar
– bu qattiq diskni difragmentatsiya qilish uchun 
mo’ljallangan kompyuter dasturlaridir. Bu jarayonni muntazam bir oyda 1-2 marta 
o’tkazish zarur. Ba’zi paytlarda faylni qattiq diska yozishda operatsion tizim uni 
qismlarga bo’lib tashlaydi. Faylning bu fragmentlari qattiq diskning turli qismlariga 
tushadi. Masalan, bir qismi o’rtasiga, boshqa qismi oxiriga, yana bir qismi esa diskning 
boshiga tushadi. Shu sababli qattiq disk boshchasi (golovka) bir qismni boshka qismiga 
tashib ulgurish uchun tezroq ishlashi kerak bo’ladi. Bunday zo’riqib ishlashdan 


162 
vinchester tezda ishdan chiqadi. Defragmentatorlar bu muammoni echishga yordam 
beradi. Ular qattiq diskning turli joylaridagi fayl qismlarini bir butun qilib terib oladi. 
Auslogics Disk Defrag 
Defraggler 
Kompyuterdagi disklarni tozalash – bu uncha murakkab bo’lmagan va zarur 
jarayon bo’lib hisoblanadi. Ko’pchilik holatda dastur o’chirilgandan so’ng sozlash 
yoki ma’lumot fayllarini qoldiradi. Vaqt o’tishi bilan bu kabi ishlatilmaydigan va hech 
kimga kerak bo’lmagan fayllar ko’payib, ular qattiq diskning sezilarli qismini egallab 
qo’yadi. 
CCleaner 
PC Tools Privacy Guardian 
Wise Disk Cleaner 
Topshiriq 
1.Disk DVD-ROM ga solingan bo’lsa yuqori qismdagi uskunalar 
panelidagi Zapisiyvaet tekushiy proyekt uskunasi faol holatda bo’ladi va 
biz uni bosamiz shundan so’ng quyidagi oyna chiqadi va biz undan diskka 
yozish metodlari va tezlik va boshqa parametrlarini tanlashimiz 
mumkinligini kursating. 
2.Projig tugmasi bosiladi, shundan so’ng bir muloqot oynasi va undan da 
ni bosib, undan so’ng ushbu zapis na disk oynasi ochilishini bajarib 
kursating. 
3. Shundan so’ng ma’lumotli oynacha ochiladi va undan ok ni bosib disk 
tayyor bo’lganini ko’ramiz va kompyuter o’zi diskni chiqarib tashlaydi shu 
holatni kampyuterda bajarib kursating. 


163 

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə