O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar 
Talabalarning informatika fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va 
zamonaviy usullaridan foydalanish, bunda axborot va pedagogik texnologiya yutuqlari 
va imkoniyatlaridan foydalanish ko’zda tutiladi. Ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar turli 
o’quv ko’rgazma qurollari va texnik vositalar bilan jihozlanishi kerak. Fanni o’qitishda 


216 
darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, internet 
saytlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni 
savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va 
mul’timedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, o’ylantiradigan 
muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin 
muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
―Informatika kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan 
foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. 
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining
barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni 
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib
chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. 
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini 
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. 
Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga 
yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə