O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Jag‘og‘izlilar bo‘limi. Baliqlar katta sinfi



Yüklə 72,67 Kb.
səhifə10/34
tarix26.05.2023
ölçüsü72,67 Kb.
#113011
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Экология ДАК Экология ва атроф мухит 4 курс 2021

Jag‘og‘izlilar bo‘limi. Baliqlar katta sinfi
Baliqlar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlarning harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar suv hayvoni sifatida: nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog‘ayli baliqlar sinfi sistematikasi. Tog‘ayli baliqlarning amaliy ahamiyati. Suyakli baliqlar sinfi, tuzilishi. Suyakli baliqlar sinfi sistematikasi. Shu’laqanotlilar kichik sinfining ta’rifi, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, suyakdor baliqlar, ko‘p qanotlilar, suyakli baliqlar to‘dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi, katta turkumlari: cho‘tkaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi. Biologik to‘dalar va ularga xos bo‘lgan moslanish xususiyatlari: ko‘payishi, migratsiyasi, ovlanishdagi ahamiyati. Baliqlar ekologiyasi.
To‘rtoyoqlilar katta sinfi. Amfibiyalar sinfi.
To‘rtoyoqlilar katta sinfiga tavsif. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilarning quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida poleozoy davrida yashagan amfibiya – stegotsefallar. Amfibiyalar (Suvda hamda quruqlikda yashovchilar) sinfi. Sinfning umumiy tavsifi. Amfibiyalarning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Sinf sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Amfibiyalar asosiy ekologik guruhlari, ovqatlanish, ko‘payish, rivojlanishi va nasl uchun qayg‘urish usullari. Amfibiyalarning amaliy ahamiyati.
Reptiliyalar (Sudralib yuruvchilar) sinfi
Anamniya va amniotalarning morfologik va fiziologik belgilari: rivojlanishi, tuxumining tuzilishi, murtak qobiqning paydo bo‘lishi. Teri va uning tarkibiy qismlari. Ayiruv sistemasining xususiyatlari va bu xususiyatlarning quruqlikda hayot kechirishga o‘tishga bog‘liqligi. Reptiliyalarning tuzilishi va fiziologiyasi. Hayot kechirishi, ko‘payishi, ovqatlanishi, mavsumiy xossalari, hulq-atvorining issiq iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari. Reptiliyalar sinfining sistematikasi: xartumboshlilar, tangachalilar, timsohlar va toshbaqalar turkumlari. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.
Qushlar sinfi
Qushlar sinfining umumiy tavsifi. Qushlarning tashqi va ichki tuzilishi. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi. Qushlarning ekologiyasi: geografik tarqalishi, ekologik guruhlari, uchishga moslanishi, ko‘payishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg‘urishi, mavsumiy xossalari. Migratsiya. O‘rta Osiyo ornitofaunasining turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo‘riqlanadigan turlari. Qushlarning amaliy ahamiyati.

Yüklə 72,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə