O‘zbekistonning ekoturistik tashkilotlari va faoliyati
Ushbu Konsepsiyada Vatanimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, tashkiliy-huquqiy masalalar ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda tarixiy-madaniy, me’moriy, arxeologik jihatdan qiziqarli bo‘lgan 7,0 mingdan ortiq ob’ekt bor. Ana shular xorijliklarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. B. To‘raevning ta’kidlashicha, “... ulardan 545 me’morchilik, 575 tarixiy, 1457 sa’nat yodgorliklari, 5500 dan ortiq ob’ekt arxeologik jihatdan qadrli hisoblanadi. Lekin turistik talabga ulardan atiga 140 tasi jalb qilingan.
O‘zbekiston hududini ekoturistik rayonlashtirilishi
O‘zbekiston hududini ekoturstik rayonlashtirishda birinchi navbatda hududlarnining tabiiy va ijtimoiy hususiyatlari hisobga olinsa, ikkinchidan xorijdan tashrif buyuruvchilarning eng ko‘p qismi borishi aniqlangan hududlar e’tiborga olinadi. O‘zbekistonda turstlarning hududlar bo‘yicha taqsimotida Toshkent shahri (50,1%), Buxoro viloyati (19,1%), Samarqand viloyati (15,4%), Xorazm (8,94%) va Surxondaryo (3,88%) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. SHunday qilib, Navoiy viloyatiga kelgan turistlarning 94,8% boshqa mamlakatlarning fuqarolaridir. Buxoro viloyati bo‘yicha bundaylar 73,9% ni, Samarqand viloyati bo‘yicha 51,7% ni, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 84,2% ni, Xorazm viloyati bo‘yicha 50,1% ni tashkil qiladi.
Ekoturistik servis va uning asosiy yo‘nalishlari
Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko‘rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish (Excursions), sport bilan shug‘ullanish (Skiinq, Divinq, Fishinq), poxodlar uyushtirish (Activity Adventure), ekzotik dam olish (Exotic Travel), tematik safar (Theme Trips, based around cultural themes inarts, history, archalology, etc)lar kiradi.
Ishga doir turizmga kongressli (Conference Travel), ishga doir muzokaralar olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional (kasbiy) maqsadlardagi (Business Talks, ete), shop turlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |