299
uyumni konturlash:
Neft va gaz uyumlarining
neftlilik va gazlilik
konturlari (chegaralari)ni belgilash.
mahsuldor gorizont:
Umumiy gidrodinamik sistemaga ega neft-gazli
kompleks
ichidagi erkin fazali, harakatchan uglevodorodlari bo‘lgan va ularni
sanoat ahamiyatiga molik miqdorda beraoladigan hamda maydon bo‘ylab
izchil
tarqalgan qatlam-kollektor (yoki qatlam-kollektorlar guruhi).
uyum va konlarni razvedka qilish:
Neft va gazlar uchun bajariladigan
geologik-razvedka ishlarining yakuniy bosqichi bo‘lib, razvedka burg‘ilashi va
seysmik-razvedka
ishlari natijasiga, geologik-geofizik va laboratiriya tadqiqotlari
tahliliga asoslanadi. Uning asosiy vazifasi kon (uyum)lar
zaxirasini
S
1
, qisman
S
2
toifalarda
hisoblab, ishlab chiqarishga tayyorlashdan iborat. Razvedka ishlari
zaxiralari
S
1
+S
2
va b. toifada hisoblangan va geologik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
bo‘yicha sanoat miqyosida ijobiy baholangan neft va gaz konlarida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: