298
gaz-suv tutash yuzasi (GSTYU):
Gaz uyumida gazga to‘liq to‘yingan zonani
o‘tish zonasidan shartli ravishda ajratadigan yuza bo‘lib, unda gazga to‘yinganlik
chuqurlik bo‘yicha nulgacha kamayib boradi. GSTYU odatda gorizontal, ayrim hollarda
bir oz qiya holatda bo‘ladi..
gaz-neft tutash yuzasi (GNTYU):
Neft-gaz uyumida
neftni gazdan ajratuvchi
shartli yuza bo‘lib, unda neft-gaz aralashmasiga to‘yingan
oraliq zonaning qalinligi
uyumning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
qiya tutash yuzalar:
Neft va gaz uyumlaridagi suv-neft va gaz-suv tutash yuzalari
bo‘lib, ular qiya holatda uchraydi. Qiyalik gidrodinamik yoki kapillyar kuchlar ta’sirida
hamda tutqichlarning tektonik qayta shakllanish jarayonlarida vujudga keladi.
neftlilik (gazlilik) konturi:
Suv-neft (GSTYU, GNTYU)
tutash
yuzalarining mahsuldor qatlamning ustki qismi (tashqi kontur)
yoki pastki qismi
(ichki kontur) bilan kesishgan chizig‘ining gorizontal tekislikdagi proeksiyasi.
Neftlilik (gazlilik)ning ichki konturi doirasidagi neft (gaz)
uyumining bir qismi
qatlamning “neft (gaz)ga to‘liq to‘yingan zonasi” deb ataladi.
kontur chegarasi:
Bloklar oralig‘idagi chegaralar
bilan kesishgungacha
bo‘lgan hamda uyumning taxmin qilinayotgan konturiga parallel joylashgan yopiq
chiziq. Kontur chegarasi tashqi va ichki turlarga bo‘linadi.
neft (gaz)ga to‘yinish koeffitsienti:
Qatlamning g‘ovaklari (bo‘shliqlari)dagi neft
(gaz) hajmining qatlam sharoitidagi neft (gaz)li qatlamning umumiy g‘ovak (bo‘shliq)lari
hajmiga nisbati.
Dostları ilə paylaş: