297
GLOSSARIY
gaz (neft) zaxiralari va resurslarini geologik-iqtisodiy baholash:
Hozirgi
davr va kelajak uchun gaz (neft) zaxiralari va
resurslarini tayyorlash va
o‘zlashtirishning qiymat (bahosi) ifodasiga ko‘ra maqsadga muvofiqligi bo‘yicha
va ularning sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra majmuaviy baholash.
qatlam-kollektorning qiyiqlanish chegarasi:
Qiyiqlanayotgan
qatlamning
yuqori va pastki qismlarining struktura xaritalarini bir-birining ustiga qo‘yganda bir xil
qiymatli ikkita izogips chiziqlarining kesishgan
nuqtalarini tutashtiruvchi, ya’ni
qatlamning nul qalinligini ifodalovchi chiziq.
qatlam-kollektorning o‘rin almashinish chegarasi:
Qatlam-kollektorning
maydon bo‘ylab tarqalishini chegaralovchi shartli vertikal yuzaning gorizontal tekislikka
bo‘lgan proeksiya chizig‘i.
neft va gaz uyumi:
Turli tipdagi tutqichlarda neft va gazning to‘planishi,
bunda uyumning o‘lchami va shakli ko‘p hollarda
tutqichlar tarkib topgan
jinslarning genetik tipi va rezervuarning parametrlari bilan aniqlanadi.
qatlam uyumi:
Qatlam tipli saqlagichdagi neft va gaz uyumi;
u yuqori va
pastki tomonlaridan o‘zidan suv o‘tkazmaydigan jinslar bilan chegaralanadi, ostida
saqlagich hajmining katta qismini to‘ldirib turuvchi suv bilan tiralgan bo‘ladi.
gumbazsimon qatlam uyumi:
Mahsuldor
maydonning hamma qismida
qatlamga xos xususiyatlarga ega saqlagichdagi uyum bo‘lib,
gumbaz shaklida
egilgan bo‘ladi.
struktura xaritasi:
Biron-bir struktura yuzasi (qatlamning
yoki svitaning
ustki
yoki pastki qismi, rif massivlari yuzasi va sh.k.)
ning absolyut balandliklari
qiymati (xarita parametri)ning maydon bo‘ylab taqsimlanishini ma’lum
masshtabda chizmali (izoliniyali) ifodalash.
Dostları ilə paylaş: