O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

GLOSSARY
297 
REFERENCES 
306 



 
G-m.f.d., professor Abidov Asror Abbasovich
yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi

 
KIRISH 
Neft va gazning turli ierarxik darajadagi geotuzilmalarda shakllangan 
makonlari neftgaz to‘plamlari (uyumlari) yuqori tartibdan quyi tartib tomon 
quyidagi tizimda ma’lum qoidalarga binoan neftgazgeologik rayonlashtirish 
asosida ajratiladi: neftgazi provinsiyalar → neftgazli oblast → neftgazli rayon → 
neftgaz yig‘uvchi zona → neft va gaz koni → neft yoki gaz uyumi. 
Neft va gaz uyumlarini izlash va razvedka ishlari, ularning metodlari haqida 
o‘zbek tilida yozilgan maxsus adabiyotlari deyarli mavjud emas. Bunday ishlar 
adabiyotlarda neft va gaz uchun olib boriladigan geologiya-razvedka ishlari deb 
ham ataladi. 
Neft va gaz uyumlarini izlash va razvedka ishlari neftgazli xududlar va 
akvatoriyalarning geologik, genetik xususiyatlariga qarab turli metodlarda tizimiy 
asosda olib boriladi. 
Tizimiy asosda olib boriladigan geologiya-razvedka ishlarining yakuniy 
maqsadi uglevodorodlarning razvedka qilingan, sanoat ahamiyatiga molik 
zahiralarini tayyorlab, neft va gaz sanoatining xom ashyo bazasini 
mustahkamlashdan iborat. Bu esa suyuq uglevodorodlar (neft va tabiiy gaz 
tarkibida gaz kontensati) va tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari dinamikasini 
ta’minlashga asos yaratadi. 
Izlov-razvedka ishlari regionning va uning geologik kesimining geologo-
geofizik o‘rganilganlik darajasi bilan uzviy bog‘liq hamda investitsion bloklar 
xududida yoki investorlar hoxish-istaklari bo‘yicha biror regional, investitsion 
bloklarda integrallashgan yo‘nalishda bajarilishi ham mumkin. 
Ushbu darslikda neft va gaz uyumlarining izlashlik va razvedkasida 
qo‘llaniladigan geologo-razvedka ishlari metodlarining turlarini, bu ishlarni 



bajarishdagi bosqich va pog‘onalarni, genetik turlicha bo‘lgan neft va gaz uyumlari 
uchun bajariladigan ishlarning xususiyatlarini yoritib berilgan. 
Darslik neft va gaz konlar geologiyasi, izlash va razvedkasi yo‘nalishidagi 
bakalavr va magistrlarga, doktorant hamda neft va gaz konlarini geologo-razvedka 
ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga va ilmiy-tadqiqot institutlari 
xodimlariga mo‘ljallangan. 
Darslik birinchi bor yaratilayotganligini e’tiborga olib, u ba’zi kamchilik va 
xatolardan holi ekanligini va uni to‘ldirish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha 
barcha hoxish-istaklarni, takliflarni Toshkent – 100095. Universitet-2. Islom 
Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, “Neft va gaz konlari 
geologiya” kafedrasiga yo‘llashni mualliflar iltimos qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə