O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Tuz gumbazli strukturalar belgilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Tuz gumbazli strukturalar belgilari 
Tuz gumbaz tektonikasi namoyon bo‘lgan oblastlarda o‘simliklar va tuproq 
qoplamalarining namoyonlik tavsiflari tuz gumbazlarni aniqlash imkonini beradi. 
Masalan, sho‘r cho‘l mintaqalaridagi tuz gumbazli tuzilmalar aerofotosur’atlarida 
qubba strukturalarning gumbaz qismida kuchli namlanganlik deflyasion 
pasayishlikda o‘simliklar kuzatilmaydi. Pasayishlik markazida tuzning diapirsimon 
do‘ngligi fotosuratda ochiq rang bilan qayd etiladi. CHuqurliklar yon bag‘ri 
emirilgan va mayda tartibdagi erozion kesishishlar bilan qoplanadi. 
Balchiq vulqonli tuzilmalarning deshifrovkalash belgilari 
Aerofotosuratlarda juda yaxshi namoyon bo‘ladigan balchiq vulqonlari 
yopiq (er sathida aks etmagan) neftgazli tuzilmalarning yondosh deshifrovkalash 
belgisi sifatida xizmat qiladi. Odatda ular antiklinallarning gumbaz qismlari bilan 
bog‘liq.
Masalan, Turkmanistonda balchiqli vulqon strukturalar chukurlikdagi 
antiklinallarning asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi. Quruqlik aerofotosuratlarida 
balchiqli vulqonlar o‘simliklar mavjud bo‘lmagan uchastkalarni aniqlash bilan 
xaritalanadi, yirik masshtabdagi suratlarda esa - suyuq konsistensiyali tepalik 
brekchiyalari yoki suv bilan to‘lgan aylana shaklidagi vulqon og‘zi (kraterlar) 
orqali aniqlanadi. 
Balchiqli vulkanizm bilan murakkablashgan suv osti tuzilmalarini 
aniqlash 
Aerometodlar yordamida balchiqli vulkanizm bilan murakkablashgan suv 
osti neftli tuzilmalarni aniqlash mumkin. Suv osti ob’ektlarini aerosur’atga 
tushirish bo‘yicha maxsus metodika ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamida 
ma’lum dengiz burmalarining tuzilishi aniqlashtiriladi.
Bunday metodni qo‘llash asosida Kaspiy, Qora va Azov dengizlarining suv 
osti yon bag‘irliklarida yangi tuzilmalar aniqlangan. 
Aerofotosuratlar yordamida balchiqli vulqonlarni xaritalash neft va gaz 
to‘plamlarini izlashda muhim ahamiyatga ega, chunki ular neftli va gazli joylar 
alomati hisoblanadi va qoidaga ko‘ra antiklinal burmalarning buzilgan qismlariga 


25 
joylashgan bo‘ladi. Aerosuratalarda suv osti balchiqli vulqonlar qattiq jinsli 
harsang tepalik brekchiyalaridan yuvilib tushgan pastliklarni to‘ldirgan chig‘anoq 
yotqiziqlar bilan ifodalangan konsentrik yoy sifatida aks etgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə