O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Gidrogeologik s’emka 
tadqiqotlarning gidrogeologik va gidroximik 
usullari gidrodinamik tuzilmalarning regional va mahalliy hususiyatlarini, er osti 
suvlari va ularda erigan gazlar tarkibini o‘rganishga asoslangan, chunki 
uglevodorodlarning hosil bo‘lishi, to‘plamlarining shakllanishi va buzilishi 
gidrogeologik sistemaning evolyusiyasi bilan uzviy bog‘liq. 
Regional va qisman izlov bosqichda tabiiy va sun’iy suv havzalarini (suv 
manbalarini, quduqlarni, suv quduqlarini va boshqalar) tekshirish yo‘li bilan 
gidrogeologik s’yomka va tayanch, parametrik va izlov quduqlarida gidrogeologik 


34 
tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Bunday ishlarning vazifasi - suvlarning 
kimyoviy tarkibini o‘rganish (tuz, organik moddalar va boshqalarni o‘z ichiga 
olgani), eritilgan gazni tavsiflash (tarkibi, to‘yinish bosimi); cho‘kindi 
havzasining yoki unda rivojlangan yirik strukturalarning gidrodinamik tavsifi
rayonning paleogidrogeologik rivojlanish holati va shunga o‘xshash. Bularning 
barchasi regionning neftgazli qatlamlarini prognoz qilishga va neftgaz to‘plangan
eng istiqbolli rayon va zonalarni ajratishda qo‘llaniladi. 
Gidrogeologik tadqiqotlar izlov burg‘ilashga tayyorlash uchun ob’ektlarni 
aniqlash bosqichida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin. Izlov 
bosqichida gidrogeologik tadqiqotlardan foydalanib hal etiladigan asosiy 
masalalar: quduqlardagi mahsuldor gorizontlarning o‘tkazuvchanligini, mahsuldor 
gorizontlarni ochish, sinash va perforatsiyalash shartlarini prognoz qilish; suvneft, 
gazsuv tutash yuzalarini aniqlash; mahsuldor gorizontlarning o‘zaro gidravlik 
bog‘lanishini aniqlash; suvda erigan gaz zaxirasini aniqlash; neftgaz-suvli 
qatlamlar tartibini prognoz qilish (A.A.Karsev, A.M.Nikanorov, 1983). Bunday 
ma’lumotlar na faqat izlov quduqlarini, ishlatish quduqlarini burg‘ilashning ham 
eng qulay tartibini ishlab chiqishda, balki uglevodorodlar zaxirasini hisoblashda 
va kon yoki uyumni ishlashlikning texnologik sxemasini tayyorlashda ham zarur. 
GTMP kanallari mavjud zonalarda qazilgan chuqur quduqlarida cho‘kindi 
qoplamining ostki jinslaridan olingan qatlam suvlarining maxsus gidrogeologik
laboratoriya taxlili natijasida ular tarkibida noyob elementlar miqdorining ortib 
ketishligi 
kuzatildi. 
Bunday 
ishlar 
G‘arbiy O‘zbekistonning CHorjo‘y 
pog‘onasidagi ostki yura va yuqori paleozoy qatlam suvlari uchun bajarildi (V.A. 
Kudryakov, 1995).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə