O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

2.3. Geofizik tadqiqot metodlar 
Geofizika
 
- Er qobig‘i va litosferasi (astenosfera, mantiya, yadro qatlarini 
ham), atmosfera va gidrosfera kabi qatlarni tuzilishidagi hossa-xususiyatlarni, 
ularda yuzaga keladigan jarayonlarni (tabiiy va texnogen) fizik metodlar bilan 
o‘rganadigan fan.


35 
Tadqiqotlarda 
geofizik 
maydonlarning 
(gravitatsiya, 
geomagnit, 
elektrmagnit, geotermik va b.) tabiatini, strukturasini, makonda har xilligini, vaqt 
davomida o‘zgarishi va me’yordan chetga og‘ishini o‘rganishga asoslangan. 
Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi Er tarkibini har xilligi va murakkab 
tuzilganligiga, unda yuzaga keladigan jarayonlar sifatiga, Quyosh, Oy, sayyoralar, 
kosmik nurlanishlar hamda biosfera va texnogen faoliyat ta’siriga bog‘liq.. 
Bu fan umumiy geologiya, tektonika, vulkanologiya, petrofizika, geokimyo, 
astronomiya, matematika, fizika, fizik geografiya va bir qator texnika fanlari bilan 
bog‘liq.
Neft va gaz izlov-razvedka ishlarining barcha bosqichlarida tadqiqotlarning 
geofizik metodlari qo‘llaniladi.
Geofizik 
metodlarning 
umumiy 
vazifasi
– 
yirik 
hududlar 
geotuzilmalarining xususiyatlarini o‘rganish, turli tartibdagi tektonik elementlarni 
va ularning tuzilishini aniqlash va mufassal xaritalashdan iborat. Hal etiladigan 
masalalardan va o‘rganilayotgan regionning geologik xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda eng qulay geofizik metodlar majmuasi tanlanadi. Geofizika 
metodlari o‘zining mohiyatiga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi: 
noseysmik va 
seysmik
. Har bir guruh bir necha metodlarni qamrab olgan. 
Noseysmik 
tadqiqot 
metodlarga
gravirazvedka, 
magnitrazvedka, 
elektrrazvedka metodlari, ularning turli modifikatsiyalari kiradi. Bu metodlar 
o‘lkaning 
regional 
xususiyatlaridan 
biror 
mintaqasida 
kuzatiladigan 
anomaliyalarga asoslanadi. Masalan bunday anomaliyalar gravirazvedka va 
elektrorazvedka ishlari natijasida aniqlaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə