O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Gaz s’emkasi
an’anaviy yondoshishga ko‘ra erning yuzasiga siljib 
chiqadigan tabiiy gazlarning tarkibini o‘rganishga asoslangan geokimyoviy metod 
deb qaraladi. Neft va gaz konlarini, qattiq qazilma boyliklarni (sulfidli rudalar va 
chuqurda joylashgan ruda jismlarining oksidlanish zonalari), mineral suvlarni 
izlashda, shuningdek geologik xaritalashda mazkur metoddan foydalaniladi. 1930-
31 yy.larda V.A. Sokolov birinchi marta taklif qilgan. Bir muncha vaqt o‘tgandan 
keyin bu metod Germaniyada joriy qilingan.
Zamonaviy bosqichda mazkur gaz s’emka metodi O‘zbekistonda ixtiro 
qilingan termogeoximik s’emka doirasida yuvinil nouglevodorod gazlarni tuproq 
ostidagi belgilarini va tarkibini aniqlashga qaratilgan. Bunday nouglevodorod 
gazlarning siljishi, erning bo‘shashgan zonalari, uzilmalar kesishgan joylari - 
kanallar bo‘ylab yuqoriga migratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi.
Gaz s’emkasida tuproq ostidagi “havodan”, tog‘ jinslaridan, quduqlardan 
(ba’zi hollarda er osti suvidan) gaz namunasi olinib, ularda yutilgan va erigan 
gazlar 10
-5 
- 10
-6 
% aniqlik bilan talil qilinadi. Gazning miqdori maydondagi fon 
(o‘rtacha) miqdoriga nisbatan anomal holida bo‘lsa, bu o‘z navbatida chuqurlik 
issiqmassasi harakatlanuvchi kanal mavjudligidan dalolat beruvchi termogeoximik 
metodning bir mezoni hisoblanadi.
Bunday xaritalashda karbonat angidridi gazi, oltingugurt gazi, vodorod, 
radon, geliy, argon, kislorod, simob bug‘lari hisoblab chiqiladi.
Taxlil natijalari qayta ishlanib, geokimyoviy xaritalar, kesimlar, 
diagrammalar tuziladi va gazning geokimyoviy anomaliyalari belgilanadi. Hal 
etiladigan vazifalariga qarab gaz s’emkasi rekognossirovka va mufassal turlarga 
bo‘linadi. Birinchisida regional profillarda o‘lkaning umumiy geoximik 
anomaliyalari o‘rganiladi. Mufassal gaz s’emkada esa anomal zonalar 
chegarasining holati, shuningdek, shu zonalarda chuqurlik issiqmassasi 
harakatlanuvchi kanallar mavjudligi aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə