O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Izlov quduqlari 
Izlov quduqlari - bajarilgan mufassal ishlar asosida izlov burg‘ilashiga 
tayyorlangan istiqbolli maydonlarda yangi ochilgan konlarni hamda ishlayotgan 
konlar chegarasida ma’lum neft va gazli gorizontlardan pastki qatlamlardagi yangi 
uyumlarni izlash maqsadida qaziladigan quduqlar toifasi. Bu toifaga sanoat 
miqyosidagi birinchi neftgaz oqimi olingunga qadar qazilgan quduqlar kiradi. Izlov 
qudug‘i geologik-razvedka jarayonining shu nom bilan ataladigan bosqichidagi 
masalalarni hal etish uchun qaziladi. Joriy qilingan yo‘riqnomaga asosan izlov 
quduqlari toifasiga ma’lum gorizontdan neft va gaz oqimi sanoat miqyosida 
olingunga qadar yangi maydonga qo‘yilgan barcha quduqlar, hamda tektonik 
bloklardagi gorizontlarga qazilgan quduqlar kiradi. 
Izlov quduqlarining kesimi mufassal darajada o‘rganilishi shart. Buning 
uchun mahsuldor qatlam deb taxmin qilinayotgan intervalda butun kesim bo‘yicha 
kern olinishi, quduqdagi geofizika tadqiqotlarining barcha metodlarining 
kompleksi bajarilishi, burg‘ilash jarayonida shlam olinishi va qatlam sinagichi 


45 
yordamida sinash ishlarini o‘tkazish va burg‘ilash ishlari tugagandan so‘ng 
eksplatatsion quvur orqali perforatsiya ishlarini sifatli amalga oshirish zarur. 
Razvedka quduqlari 
Razvedka quduqlari
 
kon va uyumlar geologik tuzilishini o‘rganish, neft va 
gazning C
1
toifadagi zaxiralarini hisoblash va tayyorlash hamda konni ishlash 
loyixasini tuzish uchun dastlabki ma’lumotlarni olish. Razvedka qudug‘i sanoat 
miqyosida neftgazliligi belgilangan maydonlarda hamda ishga tushirilgan konlarda 
burg‘ilanadi. Geologik-razvedka ishlarining bosqichi pog‘onalariga, kon va 
uyumni o‘rganilganlik darajasiga qarab qazilgan har bir razvedka qudug‘i ma’lum 
bir vazifani hal qiladi. 
Razvedka ishlarining tanlangan metodi va olingan natijalarning taxlili 
asosida qaziladigan razvedka qudug‘ining maydonda joylashishi, vazifasi, samarasi 
va boshqa belgilariga qarab ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: samarali va 
samarasiz, chegara ichida va chegara tashqarisida joylashgan, chegaralovchi, 
baholovchi va b.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə