O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 


43 
Parametrik quduqlar 
 
 
Parametrik
 
maydonning geologik tuzilishi va neftgaz yig‘iluvchi 
zonalarining neftgazlilik istiqbolini qiyosiy baholash, yotqiziqlarning kesim 
bo‘ylab geologik-geofizik ma’lumotlarini aniqlashtirish, seysmik va boshqa 
geofizika ishlari natijalari samarodorligini va ishonchliligini oshirish uchun 
qaziladi. 
Parametrik 
burg‘ilash natijalari va geologik-geofizik tadqiqotlari 
ma’lumotlari taxlili asosida izlov ishlari birinchi navbatda olib boriladigan 
maydonlar tanlanadi. Parametrik quduqlar alohida lokal tuzilmalarda yoki yirik 
tektonik elementlarni regional o‘rganish uchun profillar usulida qaziladi. 
Parametrik quduqlar regional seysmorazvedka ishlari bilan muvofiqlashtirilgan 
holda burg‘ilanishi shart. 
Quduq chuqurligi “fundament”ni yoki maksimal mumkin bo‘lgan 
chuqurlikni ochishga loyixalashtirilishi lozim. Stratigrafik kesimlar va ularni 
geofizik tavsifini o‘rganish uchun parametrik quduqlarda maksimal hajmda kern, 
shlam va yonlanma namunaolgichlar yordamida quduq devorlaridan namunalar 
olinadi. Bundan tashqari, quduq geofizika tadqiqotlarining to‘liq kompleksi, 
jumladan, seysmokarotaj, geokimyoviy metodlar, neft, gaz va suv namunalarini 
olish amalga oshiriladi; karotaj kabeli yoki qatlamsinagichi yordami bilan quduq 
ochiq devorida sinash ishlarini burg‘ilash jarayonida amalga oshirib, istiqbolli 
gorizontlar mahsuldorligi aniqlanadi. 
Strukturaviy quduqlar 
Strukturaviy 
quduqlar 
odatda 
istiqbolli 
strukturalar 
tuzilishini 
muffassallashtirish, alohida tektonik bloklarni ajratish va uzilmalar yo‘nalishi va 
amlitudasini kuzatish maqsadida maydonlarni izlov burg‘ilashga tayyorlash 
bosqichida burg‘ilanadi. Strukturaviy quduqlar struktura xaritalari tuziladigan 
belgili gorizontlargacha qaziladi. Bunday gorizontlarning yotishi katta chuqurlikda 
bo‘lmasligi kerak (1000 – 1200 m) va bu gorizontlarning struktura plani ostki 


44 
gorizontlar tuzilishini aks ettirishi kerak. Regional tadqiqotlarda strukturaviy 
burg‘ilashni geofizik va birinchi navbatda seysmorazvedka ishlari bilan kompleks 
tarzda olib borilishini ta’minlash yaxshi samara beradi. 
Ayrim vaziyatlarda strukturaviy burg‘ilash yirik tektonik elementlar 
tuzilishini, ularning umumiy chegaralarini o‘rganish maqsadida chuqur quduqlar 
sifatida (1200 m dan ortiq chuqurlikka qazish) regional profillar bo‘ylab 
joylashtirilib, qaziladi. Strukturaviy quduqlarni bunday profil metodida qazish 
regional ishlar bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Bunday quduqlar amaliyotda 
strukturaviy-profilli quduqlar deb ataladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 
razvedkaning 
geofizik 
metodlarining, 
jumladan 
seysmorazvedkaning 
mukammallashishi, ularning samaradorligi ortgani tufayli va yuza gorizontlardagi 
istiqbolli strukturalarning imkoniyati tugab borishi bilan strukturaviy quduqlarni 
burg‘ilash hajmi keskin kamaygan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə