O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
 
3.1. Geologiya-razvedka ishlarining regional bosqichi: vazifalari va 
metodlari 
Regional neftgaz izlov izlov ishlari kam o‘rganilgan yoki umuman tadqiq 
etilmagan hudud va akvatoriyalarda olib borilishi - bu neftgazgeologiya sohasidagi 
ananaviy yondashishga xos. Hozirgi davrga kelib bunday hududlar (akvatoriyalar, 
ayniqsa okean shelflari va qita yon bag‘rlari mustasno) deyarli kam qolgan va 
qit’alarning deyarli barcha neftgazli provinsiyalari va oblastlari ananaviy cho‘kindi 
qoplamasi kesimi bo‘yicha regional bosqich ishlari bilan qoniqarli darajada 
o‘rganilgan.


55 
Ammo, cho‘kindi qoplama asosida yotgan ananaviy “fundament”ga bo‘lgan 
munosabat fanning yangi yo‘nalishi – geodinamika nuqtai nazaridan o‘zgarib 
bormoqda va ma’lum bo‘lgan neftgazli provinsiya va oblastlarda bu geologik 
kesimning xususiyatlarini qaytadan xaritalash maqsadida regional geologiya-
razvedka ishlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. 
Demak, bu bosqich ishlari geologik tuzilishini o‘rganish, keyingi izlov 
ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun birinchi navbatdagi rayonlarni aniqlab olish va 
uglevodorod resurslarini hisoblash asosida ularni neftgazliligini baholash 
maqsadida mutlaqo o‘rganilmagan yoki etarli darajada o‘rganilmagan hududlarda 
yoki geologik kesimning ostki qavatini tadqiq etish maqsadida o‘tkaziladi. 
Regional bosqichning pog‘onalari va geologiya-razvedka 
ishlarining metodlari 
 
Regional bosqich ikki pog‘onada olib boriladi: 1-pog‘onada umumiy 
neftgazlilik prognoz qilinadi va 2-pog‘onada esa 1-pog‘ona natijalariga asoslanib 
hamda qo‘shimcha ishlar olib borilib neft va gaz yig‘ilish zonalari ajratiladi va 
baholanadi. 
Mazkur bosqichda geologik, geofizik, termogeokimyoviy, gidrogeologik, 
burg‘ilash, hamda ilmiy-tematik ishlarning kengaytirilgan kompleksi olib boriladi. 
Geologik ishlar o‘rganilayotgan hudud cho‘kindi qoplamining stratigrafiyasi 
va umumiy geologik tuzilishini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan 1:1000000 va 
1:500000 masshtablardagi tuzilma-geomorfologik va regional hamda yarim 
mufassal – geologik-s’emkalarni o‘z ichiga oladi. Bu s’emkalar termogeokimyoviy 
va gidrogeologik tadqiqotlar bilan mujassamlangan holda bajarilishi maqsadga 
muvofiq.
Regional termogeokimyoviy tadqiqotlarda
hududning issiqlik oqimi va 
regional fondan og‘ishgan anomal zonalari hamda yuvinil gazlar sizib chiquvchi 
anomal 
zonalarning 
tarqalish 
xususiyatlari 
o‘rganiladi. 
Gidrogeologik 
tadqiqotlarda
suv namoyon bo‘lishi, ular bo‘yicha mineralizatsiyasi va qatlam suvi 
turi aniqlanadi; ularda tarqalgan mikroelementlar, organik moddalar, erigan gazlar 


56 
va ularni tarkibi; qatlam suvi harakatining yo‘nalishi va sharoiti hamda kesimda va 
bo‘shliqda ularni tavsifi va o‘zgarishi o‘rganiladi. Barcha belgilangan ma’lumotlar 
neftgazlilik istiqbollarini baholash uchun zarurdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə