O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Tektonik, strukturaviy-formatsion, paleotektonik tadqiqotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Tektonik, strukturaviy-formatsion, paleotektonik tadqiqotlar
natijasida 
geostrukturalar elementlarining morfologiyasi, o‘lchami va geologik rivojlanishi 
o‘rganiladi va buning natijasida hududning geotektonik rayonlashtirish sxemasi 
ishlab chiqiladi. Natijada, genetik jihatdan turlicha bo‘lgan regional va zonal 
strukturalar ajratiladi hamda regional struktura xaritasi va geologik profillar ishlab 
chiqiladi. Tadqiqot hududining geologik rivojlanish tarixini aks ettiruvchi 
paleotektonik xaritalar va qalinlik xaritalari tuziladi. 
Litologik-fatsial va paleogeografik tadqiqotlar
asosida barcha stratigrafik 
birliklar kesimining litologik tarkibi o‘rganiladi va bu birliklarning (maqsadga 
bog‘liq holda turli stratigrafik tabaqadagi birlik tanlanadi) paleogeografik sharoiti 
aniqlanadi, kollektor qatlam va qopqoq jinslarning kesimda mavjudligi o‘rganilib, 
maydon bo‘ylab tarqalganligi taxlil etiladi. SHu maqsadda alohida stratigrafik 
bo‘limlar bo‘yicha kollektorlarning tarqalganligi, fizik xususiyatlarining 
o‘zgarishi, qalinligi va qopqoq jinslarni aks ettirgan holda litologik-fatsial xaritalar, 
hamda paleogeografik sxemalar tuziladi. 
Termogeokimyoviy tadqiqotlar
regional bosqichda muhim ahamiyatga ega 
va hududning issiqlik oqimi va geokimyoviy fonlari, ularga nisbatan anomal og‘ish 
zonalari aniqlanadi. SHuningdek geokimyoviy tadqiqotlar natijasida kesimni 
bitumligi va cho‘kindi to‘planishini geokimyoviy sharoitlari taxlil etiladi Bu 
tadqiqotlar natijasida termogeoximik xaritalar va profillar, ularda neftgaz hosil 
bo‘lishiga va neft va gaz to‘plamlari shakllanishi uchun qulay bo‘lgan zonalar 
belgilanadi. 
Gidrogeologik tadqiqotlar
suvli (gidrogeologik) komplekslarni vertikal 
kesimda ajratish, turli mineralizatsiyadagi suvlarning har bir kompleksda maydon 
bo‘ylab tarqalishini o‘rganish, ularni mineralizatsiyasi, gazga to‘yinganligini, statik 
darajasi, oziqlanish rayonlarini aniqlash asosida neftgazlilik istiqbollari va neftgaz 
to‘plamlarini saqlanish darajasini baholash imkonini belgilash kabi masalalarni hal 


59 
qiladi. Bunday tadqiqotlar natijasida gidrogeologik va gidrokimyoviy xaritalar 
tuziladi.
YUqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha tadqiqotlar natijasini kompleks taxlili 
asosida o‘rganilayotgan hududning yirik stratigrafik kompleksi bo‘yicha 
neftgazlilik istiqbollari baholanadi. Har bir tadqiqot turi natijasida tuzilgan 
geologik xaritalar asosida o‘rganilayotgan hududning neftgazlilik istiqbolini aks 
ettiruvchi umumiy xarita ishlab chiqiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə