O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Geofizik ishlar asosida
barcha neftgazli hudud va akvatoriyalarda tuzilmalar 
chuqur burg‘ilashga tayyorlanadi. 
CHuqur burg‘ilashga tayyorlanilayotgan maydon strukturasi tuzilishini 
mufassal xaritalashda (detalizatsiyalashda) izlov ishlarining geofizik metodlaridan 
hal qiluvchi ahamiyatga ega seysmorazvedka (asosan MOGT, shu jumladan 3D) 
ishlari bajariladi. Bu metod ob’ektlarni izlov burg‘ilashga ishonchli darajada 
tayyorlashga imkon beradi. Buning uchun asosiy izlov ishlari 1:100 000 – 1:25000 
masshtabda bajariladi. Ob’ektlarni aniqlash va burg‘ilashga tayyorlash pog‘onasida 
bajariladigan elektrrazvedka ishlari turli modifikatsiyada hamda termogeoximik 
s’emka 1:200000-1:25000 masshtablarda bajariladi. 
Qator hududlarda mufassal gravirazvedka lokal strukturalarni, rifli 
massivlarni va tuzli gumbazlarni aniqlashga imkon beradi. Alohida hududlarda 
ko‘tarilmalar, riflar tuzilishini detallashtirishda gravirazvedka metodini qo‘llash 
samarasi isbotlangan. Oxirgi vaqtlarda neft va gaz konlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


62 
izlashda (aniqrog‘i lokal strukturada neft va gaz uyumi mavjud deb prognoz 
qilishda) mufassal gravirazvedkani qo‘llash bo‘yicha ba’zi tajriba ishlari olib 
borilgan. O‘rganilayotgan strukturalarda neft, gaz mavjudligini istiqbolli baholash 
maqsadida termogeokimyoviy s’emka ishlari alohida ahamiyatga ega. Taxlil 
etilayotgan pog‘onada shuningdek strukturaviy va alohida hollarda parametrik 
quduqlarni burg‘ilash amalga oshiriladi. 
Strukturali burg‘ilash
, lokal tuzilmalarni tayyorlash uchun geofizik 
metodlar bilan kompleks ravishda bajariladi.
O‘rganilayotgan hududning geologik 
xususiyatlariga bog‘liq holda, strukturaviy burg‘ilash turli chuqurlikkacha va 
tayanchli 
gorizontlarni 
xaritalash 
maqsadida 
olib 
boriladi. 
Tayanchli 
gorizontlarning yotish chuqurligi quduq chuqurligi va turli gorizontlar bo‘yicha 
lokal tuzilmalarning strukturaviy planlari bir-biriga mos kelmasligi, geologik 
kesimning murakkabligini hisobga olgan holda strukturaviy burg‘ilash ishlari 
o‘rganilayotgan 
hududning 
geologik 
xususiyatlaridan 
kelib 
chiqib 
rejalashtirilishligi lozim. Bu esa strukturaviy burg‘ilashni amalga oshirishni 
sezilarli darajada murakkablashtiradi. Natijada unchalik chuqur bo‘lmagan 
tayanchli gorizontlar bo‘yicha strukturaviy burg‘ilash yo‘li bilan xaritalangan lokal 
strukturalar ba’zi hollarda chuqur izlov burg‘ilash bilan ochilgan chuqur qatlamlar 
bo‘yicha o‘z tasdig‘ini topmasligi mumkin. Strukturaviy-profildagi burg‘ilash va 
geofizik izlanishlarni kompleks olib borish yuqoriroq samara berishi mumkin. Bu 
kompleks ishlar lokal ko‘tarilmalar zonasining o‘ziga xos geologik tuzilishini 
aniqlash va o‘rganishga imkon beradi, zonaning regional stratigrafik 
nomuvofiqligini, fatsial o‘zgarishlarini prognoz qilishga asos yaratadi. Strukturaviy 
burg‘ilashni hozirda asosan uncha chuqur bo‘lmagan litologik, stratigrafik va 
boshqa turdagi ekranlashgan tutqichlarni xaritalashga yo‘naltirish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə