O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Regional bosqichning 2-pog‘onasida neft va gaz yig‘ilish zonalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Regional bosqichning 2-pog‘onasida neft va gaz yig‘ilish zonalarini 
ajratish va baholash bo‘yicha umumlashtirish tadqiqotlari 
 
Regional bosqichning prognoz pog‘onasida aniqlangan neft va gaz yig‘ilish 
zonalari keyingi pog‘onadagi tadqiqotlar natijasida neftgazga istiqbolligi bo‘yicha 
baholanadi. Buning uchun tegishli rayonlarda quyidagi ishlar olib boriladi. Bu 
ishlarning vazifasi quyidagicha: 
-
Turli litologik-stratigrafik, jumladan, neftgazli komplekslar orasidagi 
o‘zaro strukturaviy munosabatni o‘rganish; neftgazgeologik rayonlashtirish 
sxemasini aniqlashtirish; 
-
istiqbolli yotqiziqlar shakllanishining paleogeografik belgilari va 
kollektor hamda qopqoq jinslarni fizik xususiyatlarini o‘zgarishi va tarqalishini 
aniqlash; 
-
turli genetik turdagi yirik tutqichlarni ajratish; 
-
neft va gaz yig‘ilish zonalari istiqbolini va ularda navbatdagi 
bajariladigan izlov ishlarining yo‘nalishini va hajmini aniqlash; 
-
region va alohida yirik geotuzilma elementlari bo‘yicha neft va gazning 
prognoz resurslarini D
2
va D
1
toifalari bo‘yicha baholash. 
 
3.2. Izlov bosqichining pog‘onalari - vazifalari va bajariladigan ishlar 
kompleksi 
Izlov bosqichi ko‘zlagan vazifalarni hal qilish xarakteri va kompleks ishlarni 
amalga oshirish metodlari bo‘yicha ikki pog‘onadan iborat. Izlov bosqichining 
birinchi pog‘onasida asosiy maqsad ob’ektlarni izlov burg‘ilash ishlari uchun 


60 
aniqlash va tayyorlash, ikkinchi pog‘onada esa – tayyorlangan ob’ektlarda izlov 
burg‘ilash ishlarini amalga oshirish.
Bu bosqichda olib boriladigan ishlarning samaradorligi sezilarli darajada 
avval olib borilgan regional izlov bosqichi ishlarining natijalariga bog‘liq.
Eslatma:
Regional izlanishlarni to‘xtab qolishi va shunga bog‘liq holda, 
asosiy struktura elementlarining geologik tuzilishi haqida, jinslarning litologik-
fatsial tarkibi va o‘rganilayotgan hududning geologik rivojlanish tarixi haqida 
aniq tasavvurning yo‘qligi asosan izlov ishlarini noto‘g‘ri yo‘naltirishga olib 
keladi. 
Izlov bosqichida keng ko‘lamli kompleks ishlar olib boriladi: geologik, 
geofizik, termogeokimyoviy, gidrogeologik, shuningdek burg‘ilash. Bajariladigan 
ishlarning samarali kompleksi, masshtabi, ketma-ketligi va metodlari tadqiq 
qilinayotgan rayonning geologik sharoiti, uning o‘rganilganlik darajasiga, 
shuningdek alohida ish turlarining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asosida 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə