O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Regional bosqichdagi geofizik ishlarning vazifasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Regional bosqichdagi geofizik ishlarning vazifasi
:
- “Fundament”ning tuzilmaviy belgilarini va yotish chuqurligini aniqlash
“fundament” va cho‘kindi qoplami tuzilmaviy shakllari planining o‘zaro 
munosabatini aniqlash; 
-
vertikal 
kesimning 
litologik 
tarkibini, 
stratigrafik 
tabaqalanish 
birliklarining qalinligini va neftgazli formatsiyalar hamda strukturaviy-tektonik 
qavatlarni ajratish, cho‘kindi qoplamining tuzilishini aniqlash; 
-
yirik tuzilma elementlarini va regional buzilish zonalarini o‘rganish. 
Regional 
bosqichda 
ko‘zlangan 
masalalarni 
echish 
uchun 
aeromagnitrazvedka, regional gravirazvedka, elektrrazvedka va seysmik profillar 
o‘tkaziladi.
Seysmik tadqiqotlar
yaxshi natijalarni beradi. Singan to‘lqinlar kompleks 
metodini (“kompleksnыy metod perelomlennыx voln” - KMPV) qo‘llab, ananaviy 
“fundament” relefi o‘rganilsa, qaytaruvchi to‘lqinlar metodi (“metod otrajennыx 
voln - MOV”) va umumiy chuqurlik nuqtasi metodi (“metod obshey glubinnoy 
tochki - MOGT”) esa – cho‘kindi qoplamining regional tuzilishini oydinlashtirib
uning struktura elementlarini xaritalash uchun asos bo‘ladi. Bunda tadqiqotlar 
asosan seysmik profillash yo‘li bilan, boshqa holatlarda esa – seysmik zondlash
yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
Elektrrazvedka metodi
ham neftgazli hududlarni regional bosqichda 
o‘rganish uchun muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Ananaviy “fundament” yotishi 
nisbatan chuqur bo‘lmagan (2-3 km gacha) rayonlarda cho‘kindi qoplamini 
umumiy qalinligini aniqlash, yirik litologik-fatsial majmualarning tarqalishini va 
ularning tektonik belgilarini aniqlash uchun vertikal elektr zondlash (VEZ), tellurik 
toklar (TT), qo‘shqutbli zondlash metodlarini qo‘llash mumkin. Hozirda, fanning 
yangi yutuqlari neftgazgeologiya faniga joriy qilinib, yangi noan’anaviy regional 
ob’ektlar – paleorift sistemalari, surilma osti kamarlarini (cho‘kindi havza bortiga 


57 
tog‘ massivlarining surilib chiqqan mintaqalari) xaritalashda elektrorazvedkaning 
zamonaviy “5V Sistem 2000” uch o‘lchamli metodi yaxshi natijalar bermoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə