O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Izlov bosqichining 1 – pog‘ona ishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
Izlov bosqichining 1 – pog‘ona ishlari: 
Ob’ektlarni izlov burg‘ilashga aniqlash va tayyorlash. 
Asosiy geologik vazifalar 
 
Bu pog‘onada asosiy geologik vazifalar quyidagilardan iborat: 
1) strukturalar va turli strukturali qavatlar bo‘yicha ko‘tarilgan alohida lokal 
zonalarni izlash; 
2) 
stratigrafik 
nomuvofiqliklar, 
tektonik 
buzilmali 
zonalarni, 
kollektorlarning qiyiqlanish zonalarini va ularning fatsial almashinuv zonalarini 
izlash; 
3) o‘rganilayotgan strukturalar va maydonlarda, alohida litologik-stratigrafik 
komplekslarning strukturaviy nisbatlarini (mutanosibli-gini) aniqlash bilan 
burg‘ilash ishlarini rejalashtirish uchun lokal ko‘tarilmalar tuzilishini 
mufassallashtirish va ma’lum maydonlarni izlov burg‘ilash ishlariga tayyorlash. 
Geologik vazifalarni hal etish uchun qo‘llaniladigan geologik-geofizik 
ishlar
izlov ishlarining kompleks geologik-geofizik metodlari asosida hal etiladi: 


61 
geologik s’emka, seysmorazvedka, gravirazvedka, elektrrazvedka va ba’zi hollarda 
magnitrazvedka qo‘llaniladi. 
Geologik va strukturaviy geologik s’emka
1:100000 – 1:25000 
masshtablarda bajariladi. Ularning maqsadi – izlov ishlarini (geofizik, burg‘ilash 
va b.) rejalashtirish maqsadida rayonning geologik tuzilishini, maydonini va 
strukturasini o‘rganish. Bu s’emkalar odatda instrumental s’emka deb ataladi. 
To‘rtlamchi davri jinslarining qalin qoplami bilan yopilgan oblastlarda ular 
sezilarli hajmda strukturaviy burg‘ilash quduqlari (yoki shurflar va b. qazish) 
yordamida ochilib, ostki cho‘kindi jinslar yoshi, litologik tuzilishi, struktura 
elementlari o‘rganilib, geologik-strukturaviy s’emka ishlari amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari struktura-geomorfologik izlanishlar ham olib boriladi. Natijada 
ob’ektlarni izlov burg‘ilashga aniqlash va tayyorlash ishlarini bajarish uchun asos 
vazifasini bajaradigan rayonning geologik va geologik-strukturaviy xaritalari 
yaratiladi. 
Strukturali burg‘ilash kam samara beradigan hududlarda geofizik metodlar 
katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə