O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Gravirazvedka (yoki gravimetriya) tadqiqot metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Gravirazvedka (yoki gravimetriya) tadqiqot metodi
Erning gravitatsion 
maydonini va uni makonda o‘zgarishini hamda Er shaklini aniqlashda ishlatiladi.
Gravitatsion maydon sayyora qa’rida jismlarning taqsimlanish xarakterini 
hamda taqsimlanish ko‘lamini Erning shakli bilan uzviy bog‘liqligini ifodalaydi.
Gravitatsion anomaliyalarni aniqlash, ularni fizik va geologik jihatdan taxlili 
asosiy masalala hisoblanadi. Gravitatsion anomaliyalarni baholash orqali Er 


36 
qa’rida yuzaga keladigan urunma kuchlanishlarni va ular ta’sirida moddalarning 
harakatlanishini aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Geomagnetizm
 
geomagnit maydonni va uning makonda vaqt davomida 
o‘zgarishini o‘rganadi. Geomagnit maydonning asrlar davomida o‘zgarishi Er 
yadrosida (geomagnit maydon o‘choqlari joylashgan erda) gidromagnit oqimlar va 
tebranishlar yuzaga kelishidan darak beradi. Geomagnit maydonning o‘zgarishi 
yadro va mantiya chegarasidagi elektrmagnit ta’sir doirasida bo‘lib, uni sutka yoki 
qisqa vaqt davomida o‘zgartiradigan manba atmosferada va magnitosferada 
joylashgan bo‘ladi. 
Tog‘ jinslarining magnitli xossalarini arxeomagnitli va paleomagnitli 
metodlar yordamida o‘rganish orqali uzoq o‘tmishdagi geomagnit maydonlarni 
tiklash mumkin. Geomagnit maydonlar qutbini yuz ming va million y.lar 
davomida o‘zgarish hodisalari geomagnit xronologik shkalasini tuzishda asos qilib 
olinadi. Bu shkala tarixiy geologik vaqt davomida okeanlar po‘stini va 
materiklarning siljishini belgilash imkoniyatini beradi. Geomagnit tadqiqotlar 
natijasidan tektonika masalalarini echishda, neft va gaz, ma’dan konlarini izlash va 
razvedka qilishda foydalaniladi. 
Geoelektrika
 
Er qobiqlarining elektrli xususiyatlarini, zotan elektr 
o‘tkazuvchanligini o‘rganadi. Uning yordamida er po‘sti va mantiyaning elektr 
o‘tkazuvchanligi hamda Erning chuqur qismining termodinamik va fazoviy holati 
aniqlanadi. Geoelektrik masalalar tabiiy va sun’iy elektrmagnit maydonlarni 
o‘rganish orqali echiladi. Bu maqsadda amaliy geoelektrikadan yoki 
elektrrazvedkadan foydalaniladi. Global va regional tadqiqotlar yordamida Erning 
geoelektrik modeli ishlab chiqilgan, unda er po‘stining o‘tkazuvchan zonalari va u 
bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal hodisalar hamda astenosferadagi jinslarning 
qisman erish jarayonlari o‘z ifodasini topgan. Neft, gaz, ma’dan va b. konlarni 
hamda 
gidrogeologik, 
muhandislik-geologik 
izlanishlarni 
bajarishda 
elektrrazvedkadan keng foydalaniladi. 


37 
2.3.1- rasm. Tellurik tok (TT) usuli bo‘yicha kuzatuv natijalarini 
seysmorazvedka ma’lumotlari bilan solishtirish (G‘arbiy Sibir, YU.S.Kopelev 
bo‘yicha) 
1 – TT maydonining o‘rtacha kuchlanganligi (E); 2 – TT tayanch elektr gorizonti; 3 – 
singan to‘lqinlarni korrelyasiyalash metodi (“KMPV”) ma’lumotlari bo‘yicha asos 
YUqoridagi 2.3.1- rasmda G‘arbiy Sibir rayonlaridan biri uchun 
eletrrazvedkadagi tellurik tok (TT) metodi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni va 
seysmorazvedkaning 
singan 
to‘lqinlarni 
korrelyasiyalash 
(“korrelyasiya 
perelomlennыx voln” – KMPV) metodi asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi 
bilan taqqoslanishi ko‘rsatilgan. 
2.3.2- rasm. Elektrrazvedkaning bo‘ylama elektr zondlash (“VEZ”) usuli 
bo‘yiycha ma’lumotlari asosida tuzilgan karbon ohaktosh jinslari yuzasining 
struktura xaritasi 


38 
2.3.2- rasmda yuqori qarshilikka ega bo‘lgan tayanch gorizontli karbon 
qatlamining ohaktosh jinslari yuzasi bo‘yicha olingan elektrorazvedka 
ma’lumotlari asosida tuzilgan struktura xarita namoyish etilgan. Xaritada 
Volgograd o‘lkasining Povolje rayonlaridan biridagi bir qator mahalliy (lokal) 
ko‘tarilmalar tuzilishining xususiyatlari ko‘rsatilgan. 
Regional va izlov bosqichlarida samaradorligi yuqori bo‘lgan maydonli 
aeromagnitli va gravimetrik, tellurik tok uslubida elektrrazvedka (TT), MTP, MTZ, 
VEZ chuqur seysmik azmoyishlash uslubida kesmalar bo‘yicha seysmorazvedka 
usulida s’yomkaga olishdan foydalaniladi. Regional geofizik kesmalar shartli 
ravishda tayanch va parametrik quduqlarga bog‘lanishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə