O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
Geotermik s’emka
neft va gaz izlov ishlarida bajariladigan termogeoximik 
metodning tarkibiy qismi bo‘lib, maydonlardagi jins temperaturasi, gradient, 
issiqlik oqimi kabi parametrlarni o‘lchashga asoslanadi. Geotermik anomaliyalar 


33 
tog‘ jinslarining issiqlikni turlicha o‘tkazishi, qizigan er osti flyuidlarining 
(kanallardan ko‘tarilayotgan yuvinil gazlarning) migratsiyasi hamda ekzo- va 
endotermik jarayonlarning geologik massivda sodir bo‘lishi hisobiga yuzaga 
keladi. Jinslarning issiqlik o‘tkazuvchanligi hisobiga yuzaga keladigan 
anomaliyalar miqdori 

0,05-0,5 

C, ekzoendotermik reaksiyalar yoki katta 
chuqurlikdan chiqib kelayotgan flyuidlar hisobiga - 5-100 
o
C ga to‘g‘ri keladi. 
Anomaliyalar shakli va o‘lchami anomaliya hosil qiluvchi jism

plikativ va 
diz’yunktiv dislokatsiyalarning, jinslar ichiga kirib kelayotgan magmaning, 
uyumlarning 
morfologiyasini 
aks 
ettiradi. 
Geotermik 
s’yomkalarning 
aerogeotermik, dengizda suzib, avtomobilda, piyoda yurib va quduq ichida 
bajariladigan turlari mavjud. Bunda datchik sifatida issiqlikka sezgir asboblar: 
metall termometrlar, termistorlar, termoparlar, sig‘imli elementlar va h.k. 
ishlatiladi. Signallarni qayd etish uchun potensiometr, mikrovoltmetr, chastota 
o‘lchagichlardan foydalaniladi. Temperaturaning o‘lchashdagi hatolar 

0,01-
0,03 

C bo‘lishi mumkin, bu miqdor nisbiy temperatura foniga nisbatan 

0,03-
0,09 

C amplitudali anomaliyalarni qayd etish imkonini beradi.
Geotermik s’yomka natijalari gaz s’emkasi natijalari bilan uyg‘unlashib, 
chuqurlik issiqmassasi harakatlanuvchi kanallar ustida hosil bo‘lgan geotermik 
anomaliyalarni xaritalash imkonini beradi. Bunda termodinamik modellashtirish 
ishlari o‘tkazilib, ular natijalari geofizik ishlar natijalari bilan uyg‘unlashtirilib 
kanallar mavjud zonalarning profillari va uch o‘lchamli fizik-geologik modellari 
yaratiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə