O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


 Geologik va termogeoximik metodlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

2.2. Geologik va termogeoximik metodlar 
Geologik va termogeoximik metodlar dala sharoitida bajariladi.
Geologik metod
– bu er sathida namoyon bo‘lgan tog‘ jinslarini 
xaritalashga asoslangan va bu metod geologik s’emka deb ataladi. Geologiya 
ilmiga aerokosmik metodlar kirib kelishi bilan uning natijalari bunday geologik 
xaritalarni yaratishda ham foydalana boshlandi.
Termogeoximik metod
ham dala sharoitida amalga bajariladi va u er 
qa’ridan issiqlik oqimi hamda sizib chiquvchi yuvinil gazlar namoyonligining 
xususiyatlarini xaritalashga asoslangan. Bu metodni mazmun mohiyatiga ko‘ra 
geofizik turdagi metodlar toifasiga ham o‘tkazish mumkin. Ammo bu erda 
geologik metodlar bilan birgalikda bir bobda berilishining sababi, bu metod qolgan 
geofizik metodlarga nisbatan avval bajarilishi hamda uni amalga oshirish ko‘p vaqt 
talab qilmay, tezkor, eng asosiysi kam, ya’ni arzon sarf-harajatlar asosida 
bajarilishidir. Quyida geologik va termogeoximik metodlarni ko‘rib chiqamiz. 
Geologik metodlar ikki turga bo‘linadi
:
geologik s’emka va geologik-
strukturaviy s’emka. Geologik s’emkaning geologik-strukturaviy s’emkadan farqi 
unda asosan turli yoshdagi tog‘ jinslarining er sathida yotish holatlari (yoshi, 
tarqaganlik chegaralari, qatlamlarning og‘ish burchagi va h.) aks ettiriladi. 
Neft va gaz izlov ishlarining ilk yillari bunday xaritalardan keng miqyosda 
foydalanilgan va o‘sha davrda ochilgan konlar aynan er yuzasida aks etgan 
antiklinal strukturalarda aniqlangan. Hozirda, bunday xaritalarni faqat ochiq 
bo‘lmagan, “yopiq”, ya’ni tog‘ jinslari hozirgi davr yotqiziqlari bilan ko‘milib 
ketgan joylardagi strukturalarni xaritalash bilan kompleks tarzda tuzish metodi 
ishlab chiqilgan. Bu geologik-strukturaviy s’emka deb ataladi. 
Geologik-strukturaviy s’yomka 
ochiq er yuzasida namoyon bo‘lgan 
yotqiziqlarning geologik xaritasini tuzish, ularning stratigrafiyasini, litologiyasini, 
tektonik tuzilishini aniqlash va yuzadagi neft va gaz namoyonligini belgilash 
maqsadida geologik-strukturaviy s’yomka amalga oshiriladi. Bu s’yomka o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra, 2.2.1-jadvalda keltirilgan ishlar bajariladi. 


29 
Davlat geologik s’yomka ishlari 1 : 1 000 000 va 1 : 500 000 masshtabda 
bajariladi va kam o‘rganilgan hududlarda joyni oldindan tekshirib bilish
(rekogonossirovka) marshrutli razvedka ishlari bilan birga olib boriladi. Bundan 
maqsad – u yoki bu foydali qazilmalar turi bo‘yicha, jumladan neft va gaz izlov-
razvedka ishlarini keyingi bosqichga o‘tkazish uchun geologik tuzilishning 
umumiy sifatlarini aniqlash va qulay rayonlarni ajratish. 
Geologik-strukturaviy s’yomkada foydalaniladigan eng samarador kompleks 
ishlar quyidagilardan iborat: erogeologik, fotometrik, kosmik tadqiqotlar va 
geomorfologik xaritalash. Ular, ayniqsa geologik-geografik va iqlim sharoiti 
murakkab bo‘lgan hudud va akvatoriyalarda (ko‘l-botqoq, chakalakzorlashgan 
rayonlar, vulqon hodisalari bilan bog‘langan o‘lkalar va h.) geologik-strukturaviy 
s’yomka jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə