O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Neft va gaz namoyonligining belgilarini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Neft va gaz namoyonligining belgilarini aniqlash 
Neft va gaz namoyonligining uzviy belgilarini aniqlashda aerometodlar katta 
ahamiyatga ega. Masalan, aerovizual kuzatilganda dengiz tubining neft va gazli 
uchastkalari neftli dog‘ va “jimirlanuvchi” suv sathi orqali ajralib turadi. Bunday 
dog‘larning tasodifiy dog‘lardan, masalan kemalar qoldiradigan dog‘lardan farqi 
shundaki, ularni shamol har tomonga olib ketmaydi, o‘zining turg‘un joyiga ega 
bo‘ladi. Bu dog‘lar zamindan sizib chiqib, er sathidan ko‘tarilayotgan neftga va 
dengiz tubi ostida neft koni mavjudligiga ishora beradi. Dengiz tubidan gazning 
ko‘tarilishi ham aerometodlar yordamida aniqlanadi. Gaz chiqayotgan joyda 
qaynayotgan suvni eslatadigan oq ko‘pik paydo bo‘ladi. 
Quruqlikdagi neft va gaz alomatlari aerofotosuratlarda etarli darajada tiniq 
ifoda etilgan: neft chiqish joyi, neft ko‘li (asfaltli) va boshqalar. Yirik 
masshtabdagi suratlarda neftning har qanday chiqish joyi atrofdagi hududga 
qaraganda qorong‘iroq rang (fon) bilan ajralib turadi. 
Uzilmali buzilishlarni aniqlanash 
Aerometodlar bilan ayrim hollarda neft va gaz uyumlari, konlari, hatto neft 
va gaz yig‘ilgan zonalar bog‘liq bo‘lgan uzilmali buzilishlar ham aniqlanadi. 
Aerofotosuratlarda uzilmalar strukturaviy-geologik, geomorfologik va gidrografik 
alomatlari orqali o‘z aksini topadi. Uzilmalarni bevosita bloklarning siljishiga 
qarab aniqlash imkonini beruvchi belgilar strukturaviy-geologik alomatlar 
hisoblanadi.
Qatli qatlamlar bo‘lgan taqdirda markirovkalovchi gorizont bo‘lib xizmat 
qiluvchi qatlar siljishi bo‘ylab uzilmalar kuzatiladi. Bu holda tutash tog‘ jinslari 
tarkibidagi farq qanchalik kam ifodalangan bo‘lsa, shunchalik ishonchli tarzda 
uzilmalar trassirovka qilinadi. Uzilma chizig‘i bo‘ylab turlicha rasmlarning 
fototasvirda kuzatilishi uzilma bo‘yicha katta siljish amplitudasi mavjudligini 
ko‘rsatadi. 


26 
To‘g‘ri chiziqli yoki yoysimon pog‘onalar, jo‘yaklar, oqimlar tekisliklari
to‘g‘ri suv oqimlari, ko‘llarning, botqoqlarning, pog‘onali yon bag‘irlarning 
to‘g‘rilangan qirg‘oqlari, o‘zanli va qayir hosilalarning to‘g‘ri chiziq bilan 
kesilishi va boshqalar aerofotosur’atlarda ko‘rinib turgan uzilmali buzilishlarning 
geomorfologik va gidrografik alomatlari hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə