O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Aerokosmik metodlarning neft va gaz konlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Aerokosmik metodlarning neft va gaz konlarini 
izlashdagi asosiy belgilari va ahamiyati 
Neft va gaz konlarini izlashlik masalalarini hal etishda asosiy vazifalardan 
biri aerokosmik s’emkalar deshifrovkasida uglevodorod to‘plamlari uchun qulay 
bo‘lgan struktura shakllarini aniqlashtirib, ularning geologik xaritalarini tuzishdir.
Bunday strukturalar toifasiga uzilmalar, buzilgan va buzilmagan 
antiklinallar, braxiantiklinallar va gumbazsimon ko‘tarilmalar, tuzgumbaz 
ko‘tarilmalar, balchiqvulqonli ko‘tarilmalar, uzilamalar zonalari bilan 
murakkablashgan monoklinallar, stratigrafik nomuvofiq yotgan qatlamlar bilan 
kesilgan antiklinallar va monoklinallar, erozion asoslar, ko‘milgan rif massivlari
va regional di’yunktiv buzilma zonalari va b. kiradi. 
Neft va gaz izlov ishlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina 
umumgeologik masalalar kosmik suratlar yordamida muvaffaqiyatli hal etilishi 
mumkin. Ular Erning sun’iy yo‘ldoshlaridan, uchib yurgan kosmik kemalar – 
orbital kosmik stansiyalardan va sayyoralararo avtomatik stansiyalardan 
olinyapti. Bu suratlarga asoslanib turli masshtabdagi tuzilmalarni aniqlash va 
tasniflash, buzilishlar turini, tektonik harakatlarning yo‘nalishini, uzilmalar 


22 
yoshini va ularning chuqurlik tuzilmalari bilan bog‘liqligini aniqlash, geologik 
xaritalash kabi ishlar amalga oshirilishi mumkin. 
Kosmik suratlar yordamida tuzilgan geologik xaritalardan olish mumkin 
bo‘lgan axborotlar, oddiy xaritalardan olinadigan axborotdan kam emas. 
Kosmik metodlarning afzalligi, ko‘p marotaba kuzatuvlar o‘tkazish va
vaqtning turli bo‘laklarida, jumladan yilning turli faslida suratga olish 
mumkinligidadir (Er yuzining Quyosh nuri bilan turlicha yoritilganligini hisobga 
olgan holda!). 
Bu tadqiqotlarning asosiy vazifasi - foydali qazilmalar, jumladan neft va 
gaz to‘plamlari bog‘liq bo‘lgan geostrukturalar xususiyatlarini, neft va gaz 
to‘plamlari joylashgan anomal shaklli releflarni izlashdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə