O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Kosmik metodlar 
Kosmik metodlarga
Er atmosferasi tashqarisida turgan apparatlar, ya’ni Er 
sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kema va b. yordamida Er, osmon jismlarini suratga 
olish (s’emkalar bajarish) ishlari kiradi. Bunday s’emkalar elektromagnit 
spektirining turli sohalaridagi tasvirni beradi. Kosmik metodlar bilan amalga 
oshirilgan s’emkalarda juda katta maydonning – bir necha o‘n ming kv. km dan 
tortib, deyarli Erning yarim shari sirtigacha bir butun xarakterli tasvirini suratga 
olish imkonini beradi.
Demak, bu metodlar aerometodlardan farqli ravishda regional va umuman 
global darajadagi ob’ektlarni tadqiq qilish imkonini beradi. 
Kosmik s’emkaning bir necha metodlari mavjud: 
1)
aylanish davri qisqa bo‘lgan kosmik apparatlar yordamida 150-300 km 
balandlikdan; 
2)
aylanish davri uzun bo‘lgan kosmik apparatlar yordamida 300-950 km 
balandlikdan; 
3)
radiotelevizion sistemalar asosida tasvirlarni Erga uzatish; 
4)
36 ming km balandlikdan geostatsionar yo‘ldoshlardan tasvirlar olish va 
Erga uzatish; 
5)
Oy va sayyoralar sirtidan Erni suratga olish va radiotelevizion yo‘l bilan 
axborotlarni Erga uzatish. 
Olingan kosmik fotosuratlar deshifrovkasi, ya’ni ma’lum fototonlarni 
mukammal taxlili va ma’lum geostrukturalar bilan chog‘ishgan talqini 
litosferaning global, regional, hatto zonal ba’zida lokal xususiyatlarini o‘rganishga 
imkon yaratadi. 


21 
Kosmik s’emkalar va fanning yangi yo‘nalishi – kosmogeodeziya 
ma’lumotlarining taxlili, XX asrning 60-yillarida ilmiy-texnik inqilob yasagan, 
yangi global tektonika nazariyasining tamal toshi bo‘lgan litosfera plitalarining 
mavjudligini va ularning gorizontal harakatda bo‘lishligini uzil-kesil, shubhaga 
o‘rin qoldirmay isbot qilib berdi. 
Demak, aerometod bilan solishtirganda bu metodlarning imkoniyati ancha 
regional va umuman global xarakterga ega, murakkab hududlarni an’anaviy 
metodda tadqiq qilishni, qayta, davriy va doimiy s’yomkalarni maydonlarda 
bajarish imkonini beradi. SHuningdek, keng hududlarni s’yomka kilishda tezkor 
natijalarni olishga imkon yaratadi. 
Kosmik metodlar aerometodlar bilan uyg‘unlashgan holda foydali qazilma 
konlarini, jumladan neft va gaz izlov ishlari bilan bog‘liq geologik vazifalarni 
echish imkonini beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə