O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


Tadqiqotlarning geomorfologik metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Tadqiqotlarning geomorfologik metodi
regional ko‘tarilmalar va 
mahalliy tuzilma zonalarini izlashda qo‘llaniladi. Ulardan ayniqsa kam ochilgan 
rayonlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki burg‘i quduqlarini to‘g‘ri 
joylashtirish hisobiga strukturaviy xaritalash quduqlari sonini anchagina 
qisqartirishga imkon beradi. 
Ko‘p rayonlarda yirik tuzilma elementlari va mahalliy tuzilmalar yangi 
davrga meros sifatida shakllanganligi va ko‘p hollarda zamonaviy relefda aks 
etganligi sababli geomorfologik tadqiqotlar qo‘llaniladi. 
Tuzilma shakllarni geomorfologik ajratish zamonaviy relefni, uning kelib 
chiqishini, uni tashkil etgan jinslarning yangi va juda qadimgi tektonik harakatlari 


31 
va geologik tuzilishi bilan bog‘liq holda rivojlanish tarixini o‘rganish asosida 
amalga oshiriladi. Bunda zamonaviy relefni shakllantiruvchi jarayonlar, gidro 
tarmoq, tuproq-o‘simlik va ko‘l-botqoqlik singari landshaft xususiyatlari taxlil 
etiladi, tektonik rivojlanishning eng yangi davrining morfometrli va morfografik 
taxlili amalga oshiriladi. Geomorfologik tadqiqotlar jarayonida yirik va o‘rta 
masshtabli topografik xaritalar, aerofotomateriallar, geologik, geomorfologik
tuproq-geobotanik va boshqa maxsus xaritalardan foydalaniladi va neogen-
to‘rtlamchi yotqiziqlar geologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘llaniladi. 
Termogeoximik s’emka 
Neft va gaz konlarini izlashlikning termogeoximik metodi mualliflar jamoasi 
(A.A.Abidov, T.L.Babadjanov, A.B.Bigaraev, I.I. Diveev, F.G.Dolgopolov, 
A.A.Polikarpov, I.X.Xalismatov, U.N.Raxmatov) tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu metod O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan 
05.02.2009 y.da “Uglevodorod konlarini qidirish va razvedka qilish uchun 
istiqbolli bo‘lgan maydonlarni aniqlashning usuli” nomli ixtiro (№ I AР 03894) 
sifatida ro‘yxatga olindi. 
Ushbu metodning vazifasi - Erning chuqur qatlaridan (ostki va yuqori 
mantiya) issiqmassa yuqoriga ko‘tariluvchi (“glubinniy teplomassoperenos” - 
GTMP) kanallar mavjud bo‘lgan chegaralarda izlov burg‘ilash uchun lokal 
istiqbolli strukturalarni ajratish va tayyorlash, neft va gaz uchun bajarilayotgan 
geologik-izlov ishlari samaradorligini oshirish. Ixtiro mohiyati quyidagicha. 
Uglevodorod konlarining istiqbolli izlov ishlari uchun maydonlarni aniqlash dala 
sharoitida gaz s’emkasi va issiqlik oqimi s’emkasini amalga oshirib, ularni yagona 
profillar bo‘ylab bajarish va prinsipial yangi masalani hal etishga yo‘naltirili 
birinchi bor uyg‘unlashtirib amalga oshirilishligi tufayli bunday kompeleks 
tadqiqot ishlari termogeoximik metodi deb nomlangan. Quyida dala ishlari 
bajarilayotgan mintaqada yuvinil gazlar anomaliyasi va unga hamohang bo‘lgan 
issiqlik anomaliyasining lokal uchastkalarini aniqlash uchun bajariladigan gaz 
s’emka va issiqlik oqimi s’emkasini bajarish ishlari ko‘rib chiqiladi.


32 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə