O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


II-BOB. NEFT VA GAZ UCHUN GEOLOGIYA-RAZVEDKA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

II-BOB. NEFT VA GAZ UCHUN GEOLOGIYA-RAZVEDKA 
ISHLARINING TURLARI VA METODLARI 
Neft va gaz uchun bajariladigan geologiya-razvedka ishlari o‘zining mazmuni va bajarilish 
uslubiga qarab to‘rt turga bo‘linadi: 
- aerokosmik yoki distansion tadqiqotlar;
- geologik va termogeoximik tadqiqotlar;
- geofizik tadqiqotlar;
- quduq burg‘ilash.
Qayd etilgan har bir geologiya-razvedka ishlarining turi ma’lum metodlar majmuidan iborat. 
Bu metodlar echilishi talab etiladigan masala asosida tanlanadi, lozim bo‘lgan taqdirda bir necha
turlar va metodlar uyg‘unlashgan, ya’ni kompleks tarzda amalga oshiriladi.
Quyida geologiya-razvedka ishlarining turlari va ular tarkibiga kiruvchi metodlarni ko‘rib 
chiqamiz. 
 
2.1. Aerokosmik yoki distansion metodlar 
Aerokosmik metodlar
– Erning chuqur strukturalarini aks ettiruvchi turli 
xildagi fototasvirlarni tadqiq etishga va taxliliga asoslangan. Aerokosmik metodlar 
deb atalishining sababi – Er suratlari (fotografiyasi) koinotdan samolyot yoki 
kosmik kema, Er yo‘ldoshi orqali tasvirga tushiriladi va tatbiq etiladi. Demak, Er 
tuzilishi fazodan, ya’ni masofadan turib olingan suratlar yordamida o‘rganilganligi 
bois bu metodlar distansion (“distansiya” - masofa) metodlar deb ham yuritiladi. 
Orbital masofadan bajarilgan birinchi kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, keng 
miqyosda katta sathdagi maydonlarni operativ ko‘rib chiqish, shu jumladan 
o‘zlashtirilmagan, inson qadami qiyinchilik bilan etadigan joylarni uzluksiz 
kuzatish imkoniyati hamda tabiiy resurslar, jumladan neft va gaz konlarini izlashlik 
bilan bog‘liq turli masalalarni hal qilishda aerokosmik s’emka metodlari o‘z o‘rni 
va samaradorligiga ega ekan. 
Distansion metodlar turli masalalarni hal etishda va tabiiy boyliklarni 
o‘rganishda keng qo‘llaniladi. YAqin kunlargacha bu metodlar orasida 
aerometodlar qo‘llanilgan: aerofotos’yomka (samolyot yoki vertolyotlardan 


19 
suratga olish), aerovizual kuzatuv (qurolsiz ko‘z bilan yoki durbin orqali) va 
instrumental aviarazvedka (asboblar yordamida razvedka qilish, masalan 
aeromagnitrazvedka).
XX asrning 60-yillariga kelib kosmik tadqiqotlar rivojlanishi va taraqqiy 
etishi natijasida kosmik s’yomkalar amalga oshirila boshlandi. 
Aerokosmik metodlarni qo‘llash tabiiy boyliklarni izlash va razvedka 
ishlarini ancha engillashtiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə