O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
Seysmik tadqiqot metodlar 
Seysmik metodlar zaminda tarqalgan zilzila to‘lqinlarining er qa’ridagi aniq 
bir qatlamidan o‘tishi va er sathiga qaytishini qayd etishlikka asoslangan.
O‘tgan asrning 70- yillarida regional tadqiqotlar jarayonida chuqur seysmik 
zondlash (“glubinnoe seysmicheskoe zondirovanie” – GSZ) metodi yuqori 
aniqlikka ega magnitorazvedka va gravirazvedka bilan mujassamlangan holda olib 
borilganda yaxshi natijalar ko‘rsatganligi ma’lum. Bunda “qo‘zg‘atish manbai” 
sifatida er silkinishi va kuchli sanoat miqyosidagi portlashlardan foydalanilgan. 
Keyingi yillarda seysmorazved-kaning umumiy chuqurlik nuqtasi (obshey 
glubinnoy tochki - MOGT) metodi keng tadbiq etila boshlandi. So‘nggi yillarda 
esa seysmorazvedka ishlari uch o‘lchami – 3D metodi asaosida bajarilishi yo‘lga 
qo‘yilgan. 
Tadqiqotlar mufassallashgan sari seysmik metodlar katta ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda. Izlov ishlarida ob’ektni aniqlash va ularni izlov burg‘ilashga 
tayyorlash bosqichida hozirgi kunlarda MOGT seysmorazvedka ishlaridan 
foydalanilmoqda. 
2.3.3- rasmda taqqoslash uchun MOV va RNP seysmik kesimlar namoyish 
etilgan. RNP kesmada, g‘arbiy qismi surilma orqali murakkablashtirilgan tuzli 


39 
gumbaz tuzilishi juda aniq namoyish etilgan, MOV kesmada esa faqat gumbaz 
qanotlarini aks ettirgan alohida maydonchalar qayd qilingan. 
Ob’ektlarni aniqlash va izlov burg‘ilashga tayyorlash jarayonida an’anaviy 
metodlar TT va VEZ bilan bir qatorda, yangi, sun’iy tuzilgan o‘zgaruvchan 
elektrmagnit maydonlarini o‘zgarishidan foydalanishga asoslangan metodlar ham 
qo‘llaniladi (ZSBZ, VP va boshqalar). 
So‘nggi yillarda neft va gaz konlarini “uyum” turidagi geofizik 
anomaliyalarni (“anomaliya tipa zalej - ATZ”) seysmorazvedka va bir qator 
hollarda yuqori aniqlikka ega elektrorazvedka va gravirazvedka metodlariga 
asoslangan holda aniqlash ishlari olib borilib, “konlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri geofizik 
izlash” (“pryamoy poiks skopleniy nefti i gaza”) yo‘nalishdagi ishlar ishonchli 
natijalar bermoqda.
2.3.3- rasm. Ural oldi egikligida (Aktyubinsk o‘lkasi) RNP dan 
foydalanishning geologik natijalari (V.V.Znamenskiy va boshqalar bo‘yicha). 
a - Seysmorazvedkaning qaytgan to‘lqinlar metodi (“MOV”) ma’lumotlariga ko‘ra 
kesma ko‘rinishi; b - RNP seysmorazvedka ma’lumotlariga ko‘ra kesma ko‘rinishi 


40 
2.3.3.-rasmda taqqoslash uchun MOV va RNP seysmik kesimlar namoyish 
etilgan. RNP kesmada, g‘arbiy qismi surilma orqali murakkablashtirilgan tuzli 
gumbaz tuzilishi juda aniq namoyish etilgan, MOV kesmada esa faqat gumbaz 
qanotlarini aks ettirgan alohida maydonchalar qayd qilingan. 
Ob’ektrlarni aniqlash va izlov burg‘ilashga tayyorlash jarayonida an’anaviy 
metodlar va TT va VEZ bilan bir qatorda, yangi, sun’iy tuzilgan o‘zgaruvchan 
elektrmagnit maydonlarini o‘zgarishidan foydalanishga asoslangan metodlar ham 
qo‘llaniladi (ZSB, VP va boshqalar). 
So‘nggi yillarda neft va gaz konlarini “uyum” turidagi geofizik 
anomaliyalarni (“anomaliya tipa zalej – ATZ”) seysmorazvedka va bir qator 
hollarda yuqori aniqlikka ega elektrorazvedka va gravirazvedka metodlariga 
asoslangan holda aniqlash ishlari olib borilib, “konlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri geofizik 
izlash (“pryamoy poisk skopleniy nefti i gaza”) yo‘nalishdagi ishlar ishonchli 
natijalar bermoqda.
Ob’ektlarni izlov burg‘ilashga tayyorlash jarayonida geofizik metodlar 
axamiyati borgan sari o‘sib bormoqda. 
Texnika va geofizik tadqiqotlarning zamonaviy rivojlanishi ulardan na faqat
regional va izlov ishlaridagi tektonik masalalarni hal etish uchun geologiya-
razvedka jarayonining boshlang‘ich davr va bosqichlarida, balki konlarni
razvedka davrida, ob’ektlarni ishlatishga tayyorlashda hamda neft va gaz konlarini 
ishlatish jarayonida foydalanishga imkon beradi. Ushbu bosqichlarda ham er 
ustidagi ham quduqdagi mufassal seysmorazvedka neft va gaz to‘plangan joyning 
tuzilish hususiyatlarini, quduq atrofi bo‘shlig‘idagi mahsuldor qatlam 
geometriyasini aniqlashti-rishga, kesimning litologik tuzilishini va uning 
o‘zgaruvchanligini prognoz qilishga imkon beradi.
Geologik kesimni seysmorazvedka metolari bilan o‘rganish va kesimni 
stratigrafik va litologik jihatdan tabaqalash ishlari ham so‘nggi yillarda 
muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Bu yo‘nalish seysmostratigrafiya deb ataladi. 
Seysmorazvedkaning yana bir yangi yo‘nalishi so‘nggi yillarda fanga va 
tadqiqot ishlariga kirib keldi. Bu seysotomorafiya nomini oldi va okeanlar bilan 


41 
qitaning to‘nashgan mintaqalaridagi subduksion tuzilmalarni xaritalash imkonini 
berdi. 
Seysmorazvedka ishlari elektrrazvedka metodi bilan uyg‘unlashgan holda 
topilgan uglevodorod uyumlarining suvneft va suvgaz tutash yuzalarini kuzatish va 
aniqlashtirish imkonini ham bermoqda. 
Qayd etilganlarning barchasi neft va gaz bo‘yicha izlov ishlarining 
samaradorligini anchaga oshirishga, ko‘pgina qimmatbaho chuqur quduqlarni 
burg‘ilashdan qutulishga imkon beradi. 
SHu sababli yaqin kelajakda an’anaviy dala geofizikasi deb nomlangan 
geofizika o‘zining foydalanish doirasini keskin kengaytiradi va kon-geologik 
tadqiqotlarda keng foydalaniladi deb xulosa chiqarish asosli bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə