O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov


 Neft va gazga izlov-razvedka ishlarida burg‘i quduqlarining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
2.4. Neft va gazga izlov-razvedka ishlarida burg‘i quduqlarining 
nomenklaturasi va vazifasi 
Neft va gazga bajariladigan izlov-razvedka ishlarining turli bosqich va 
pog‘onalarida burg‘ilanadigan quduqlar o‘zining maqsadi va vazifasiga muvofiq 
quyidagicha tasniflangan. Regional va izlov bosqichida tayanch, parametrik, 
strukturaviy, izlov quduqlari; razvedka bosqichida – razvedka va ildam 
ekspluatatsion quduqlar burg‘ilanadi. . Bundan tashqari, eksplutatsion quduqlar 
quyidagi toifalarga ajratiladi: baholash, suv yoki gaz haydovchi, eksplutatsion va 
kon suvlarini yig‘uvchi, ochiq fontanlarni bartaraflovchi quduqlar hamda er osti 
omborlari quduqlari va b. 
Quduqlarning 
har 
bir 
toifasi 
izlov-razvedka 
ishlarining 
ma’lum 
bosqichlarida alohida aniq vazifalarni bajaradi (2.4.1-jadval). 
Har bir kompaniya o‘zining neft va gaz zahirasini yillik ko‘paytirish 
hajmidan kelib chiqib yoki investor ma’lum investitsion blokblok bo‘yicha olgan 
majburiyatiga asosan har yili har bir quduq toifasi bo‘yicha burg‘ilash ishlarining 
hajmi belgilanadi va bu ko‘rsatkichlar Respublika bo‘yicha umumlashtirilb 
tasdiqlanadi.


42 
Tayanch quduqlar 
 
Tayanch quduqlarni burg‘ilash
regional geologik-geofizik ishlar 
bosqichidagi kam o‘rganilgan hududlarni geologik tuzilishini tadqiqot qilish va 
neftgazlilik istiqbolini baholash, yirik geotuzilma elementlari va ularni hosil 
qiluvchi tog‘ jinslarini o‘rganish, geologik rivojlanish tarixini aniqlashtirish, neft 
va gaz hosil bo‘lishi va to‘planishi sharoitlarini belgilash, o‘rganilayotgan hududda 
neft va gazga bo‘lgan izlov-razvedka ishlari surati va maqsadga muvofiqligini 
aniqlash kabi masalalarni hal etish uchun yo‘naltiriladi. 
Nisbatan yaxshi o‘rganilgan rayonlarda avval burg‘ilash bilan ochil-magan 
kesimni ostki qismini har tomonlama o‘rganish uchun, yoki geologik tuzilishini 
aniqlash, rayonning neftgazlilik istiqbollarini va neft va gazga bo‘lgan geologik-
razvedka ishlarini samaradorligini oshirish maqsadida prinsipial masalalarni 
yoritish uchun tayanch quduqlar qaziladi. 
Tayanch quduqlar, odatda tektonik vaziyatning qulay strukturaviy sharoiti 
mavjud bo‘lgan joylarga qo‘yiladi. Ularni burg‘ilash ananaviy “fundament”gacha, 
chuqur botiqli tektonik vaziyatlarda esa - texnik jihatdan etarli ikoniyatdagi 
chuqurlikgacha loyixalashtiriladi. Tayanch quduqlarda ochiladigan kesimlar har 
tomonlama o‘rganiladi. SHu maqsadda quduqlar kesmasi bo‘yicha imkoniyatdagi 
maksimal darajada kern va shlam olish, quduqlardagi geofizik va geokimyoviy 
tadqiqotlar kompleksi, neftgazsuv namoyon bo‘lishi ustidan kuzatuvlar o‘tkaziladi. 
Tanch qudug‘ida burg‘ilash tugatilgandan so‘ng - istiqbolli gorizontlar mahsulot 
olish maqsadida sinaladi. Olingan ma’lumotlarni tadqiqot qilish va ilmiy jihatdan 
umumlashtirish ishlari “Tayanch quduqlarni loyixalashtirish va ma’lumotlarni 
kameral ishlash bo‘yicha” maxsus yo‘riqnoma doirasida amalga oshiriladi. 
Tayanch quduqlar haqiqatdan ham tayanch geologik-geofizik ma’lumotga 
ega bo‘lib, bu ma’lumotlarga izlov-razvedka ishlarining regional bosqichidagi 
boshqa, jumladan geologik, geofizik gidrogeologik, geokimyoviy va h. tadqiqotlar 
bog‘lanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə