O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

Aerometodlar 
Aerometodlar geologik va geomorfologik tadqiqotlarda qoplama jinslar 
relefini, o‘simlik, kon va suv resurslarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. 
Aerometodlar geologik s’emka jarayonlarini engillashtib, geologik xaritalash 
ishlarining mufassallik darajasi va sifatini oshiradi.
Aerometodlar: aerofotos’yomka (samolyot yoki vertolyotlardan suratga 
olish), aerovizual kuzatuv (qurolsiz ko‘z bilan yoki durbin orqali) va instrumental 
aviarazvedka (asboblar yordamida razvedka qilish, masalan aeromagnitrazvedka) 
ishlaridan iborat.
Aerometodlar yordamida quruqlik relefi – morfologiyasi, akvatoriyalar 
tubining relefi xaritalanadi, ruda va sochma konlarini izlash ishlari, neftgazli 
hududlar hususiyatlari kuzatiladi va izlash ishlari uchun tavsiyalar tayyorlash 
maqsadida turli tartibdagi geostrukturalar o‘rganiladi. Bu metod mahsus engil 
kamerali va og‘ir avtomatik harakatlanuvchi uskunalar yordamida bajariladi hamda 
uni amalga oshirish jarayonida vizual tarzda aerokuzatuv olib boriladi, 
aerogeofizik s’emka ishlari ham bajariladi. 
Aerometod yo‘li bilan s’emka amalga oshirilayotganda tasvirning 
aniqligini oshirish maqsadida maxsus ob’ektivlar, nur o‘tkazgichlar va hilma hil 
fotoplyonkalar qo‘llaniladi. Keyingi vaqtlarda rangli suratga olish metodi 
qo‘llanilmoqda. Aerometod s’emka natijasida fotosxemalar, fotoxaritalar, 
fotoplanlar, va montaj reproduksiyasi tayyorlanadi.
Aerometod s’emka mahsulotlaridan turli tarmoqlarda, ayniqsa neft va gaz 
izlov ishlarida, geodezik tadqiqotlarda, turli geologik, geografik va b. turdagi 


20 
xaritalarni tuzishda foydalaniladi. Bu metod yordamida quruqlik relefi 
morfologiyasi o‘rganiladi, akvatoriyalar tubi relefi tadqiq etiladi, ruda va boshqa 
foydali qazilma konlari qidiriladi, maydon bo‘ylab turli darajali struktura 
elementlari kuzatiladi, neft va gaz to‘plamlarini izlash uchun istiqbolli maydonlar 
xaritalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə